Smartfonlarni quvvatlantirish jarayonidagi muhim 6 qoida
Smartfonlarni quvvatlantirish jarayonidagi muhim 6 qoida
Har yili gadjetlar mutaxassislari quvvatlarni tejash bo'yicha yangidan yangi maslahatlar berishadi. Bu safar ham ular bizni ajablantirishdi. Siz-u biz eshitgan biroq unutib yuborgan bunday maslahatlarning hatto bolalar yaxshi biladilar. Keling, bugun ularni yodga olamiz. Zero, bunday maslaxatlar orqali telefonlarimizning umrini yanada uzaytirishimiz mumkin.

1-qoida

Smartfondan foydalanishdagi eng to’g’ri usuli - bu uni kam-kamdan quvvatlantirishga qo’yishdir.

2-qoida

Telefonning quvvati o%ga tushib ketguniga qadar ishlatib yurish mumkin emas. Imkon qadar so’nggi ikki foizligida uni o’chirib qo’ying.

3-qoida

Hech qachon telefoningizni to'liq 100% bo'lguniga qadar zaryadlamang. Batareya to'liq zaryad olmasidan zaryadlashni to'xtating. Ayniqsa qurilmani noldan zaryadlayotgan bo’lsangiz bu narsaga jiddiy e’tibor qarating. 

4-qoida

Telefoningizni tuni bilan zaryadlangan holda qoldirmang.

5-qoida

Quvvatni 65%dan 75% gacha bo'lgan darajada saqlab turishga harakat qiling.

6-qoida

Smartfon kuchli planshet quvvat manbaidan tezroq quvvat oladi. Ammo doimiy ravishda bajarilgan bunday amaliyot batareyalarni ishdan chiqarishi mumkin.

Foydali maslahatlar

Telefon akkumlatorini salqin tuting, uni quyoshdan va isitish vositalaridan uzoqroqda saqlang.

Mobil qurilmadan o'yinlarni (Pokemon Go kabi) yoki kuchli funksiyalarni bajarishni istasangiz, yetarlicha akkumlatorga ega telefonlarni tanlang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook