просмотров
Abhishek Bachchan va Aishvaria Rai Bachchan
Ularning munosabatlari “Tezlik 2” filmining suratga olish jarayonida boshlangan. Lekin ular ancha oldin 1997 –yilda Aishvariyaning debyut filmini suratga olish jarayonida tanishishgan edi. Bu filmda Aishvariya bilan partnyor bo’lib bo’lajak turmush o’rtog’ining eng yaqin do’sti Bobbi Deol rol ijro etganlar. Kinomotogrof ikki yulduzni yana birlashtirishni istagan, biroq yulduzlar faqatgina do’stona aloqada qolishgan: ikkala yulduzning ham shaxsiy munosabatlari bor edi.
Biroq hammasi 2006-yilda aktyorlar ketma ket 3 filmda suratga tushganlarida o’zgarib ketdi: “Go’zal Laknau”, “Guru” va “Tezlik-2”. Aishvaria Rai va Abhishek Bachchanning munosabatlari tezlik bilan mustaxkamlanib bordi va ular 2007-yil aprel oyida ular unashtirildilar.
2011 – yil noyabr oyida yulduzlar Aradya ismli qizaloqning ota-onasi bo’lishdi. Ular 10 yil oldin ilk sevgi munosabatlarini boshlagan chog’laridagi hurmatni hali hanuzgacha mustaxkam saqlab kelishmoqda.
Karina Kapur va Saif Ali Xon
Aktyorlar o’tasida ishqiy munosabatlar 2007 – yilda boshlangan. “Tashan” filmining suratga olish jarayonlarida bir qancha epizodlar Hind saxrolarida suratga olingan. Bu film ularning ikkinchi filmlari edi, bundan oldin ular birgalikda “Boshqaruv chizig’i" filmida birga ishlaganlar. Ushbu filmlar jarayonida ehtirosga boy saxnalar bo’lmagan.
Lekin muhlislarning ko’z oldida suratga olish maydonchasida ularning o’zlarini tutgan hatti harakatlari muhlislarni hayratga solgan. Ular shaxsiy munosabatlariga ega bo’lsalarda o’z his tuyg’ularini berkita olmaganlar. Karina Kopur o’sha paytlarda Shaxid Kopur bilan ishqiy aloqada bo’lgan (ularning munosabatlari ham aynan suratga olish maydonchasida vujudga kelgan edi). Saif Ali xon oilali va farzandli inson edi. Saif Ali Xon aynan Karina Kopur uchun o’z oilasi va farzandlaridan ketgan. Yulduzli juftlik besh yil davomida qonuniy nikohdan o’tgan holda birgalikda yashab kelmoqdalar. Ular Xind diyorining ananalariga muvofiq munosabatlarini qonuniylashtirishgan. Turmushlarining ikkinchi yilida Karina Saifga turmush qurishlaridan oldin karerasi borasida shart qo’ygani yo’qsa ular ajralishlari tog’risidagi kelishuvlarini aytib o’tdi. Ko’rib turganingizdek Saif Ali Xon rozilik bildirgan va ular turmush qurishgan.
Hozirgi kunda yulduzlar oldingidek birga va ular birgalikda har hil loyixalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Misol tariqasida “Agent Vinot” ni olishimiz mumkin.
Ritik Roshan va Barbara Mori
Qisqa roman juftliklar o’rtasida 2010 – yilda “Uchqunlar” filmining suratga olish jarayonlarida boshlangan edi. Bollivudning yorqin timsoli Ritik Roshan va meksikalik go’zal Barbara Mori sevishganlar ro’lini ijro etishdi. Ularning ishqiy munosabatlarini suratga olish maydonchalaridan tashqarida paparatsiyalar tomonidan olingan rasmlardan bilib qolishdi. Biroq munosabatlari uzoqqa cho’zilmadi. Ular atigi bir qancha oy uchrashib yurishdi. Mish mishlarga qaraganda 2014 –yilda Ritik Roshan va Suzannaning oilasi buzilishidagi asosiy sabab ham aynan shu munosabat bo’lgan emish…
Barbara Mori o’zining munosabatini oshkor bildirishni xohlamasdi. Biroq u bir safar muhbirning “Uchqunlar” filmidagi partnyoriga oshiqligi to’g’risidagi savolga noaniq javob berdi: “Ritik yaxshi inson, muloyim erkak, ajoyib aktyor va katta yurak sohibi. Uni har qanday ayol ham sevib qolishi mumkin” degan edi.
Katrina Kaif va Ranbir Kapur
Aktyorlar 2009 – yilda “G’aroyib oshiq” filmida sevishganlar rolini ijro etdi. Shunday qilib ushbu kartina ikki ishqiy aloqaga yakun yasadi. Katrina Kaif ushbu vaqtlarda Salmon Xon bilan Ranbir Kapur esa Deepika Podukone bilan birga edilar. Bir yil o’tishi bilanoq ushbu ikki juftliklar ajralishdi. Katrina va Ranbir esa yana birgalikda suratga tushishga “Siyosatchilar” filmiga taklif qilindilar. Shundan so’ng ular omma oldida birgalikda namoyon bo’la boshladilar. Lekin munosabatlari to’g’risida hech kimga aniq aytib o’tmadilar.
Muhbir va muhlislarning taxminlari to’g’ri bo’lib chiqdi. Ularni 2012-yilda Nyu Yorkdagi Rojdestvo bayrmida birga uchratishdi, yarim yil o’tar o’tmas paparatsiya Ispaniya orollarida birgalikda xordiq olayotganlarini namoyish qildi. Biroq ish to’ygacha yetib bormadi. Balki endi bormasa ham kerak. Katrina va Ranbir ajraldik deb aniq aytmagan bo’lsalarda, birgalikda namoyon bo’lmay qo’ydilar. Ranbir o'zining yangi “Tomosha” filmida birinchi muhabbati bo’lmish Deepika Podukone (yaqindagina Xindistondagi eng chiroyli ayol deya e’tirof etilgan go’zal aktrisa) bilan birgalikda rol ijro etdi.
Сообщения из Facebook