просмотров
1 stakan tozalangan yong‘oq, shuncha asal va limonni tayyorlab oling. Yong‘oq mag‘zi va limonni maydalang, ustidan suyuq asal quyib, aralashtiring-da, sovutgichga solib qo‘ying. Ushbu aralashmani kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan 2 hafta davomida qabul qilasiz.
2. Yangi siqib olingan uzum sharbatini kuniga 2 osh qoshiq miqdorida ovqatdan oldin ichish ham juda yaxshi natija beradi. Muolajani o‘zingizni yaxshi his qila boshlamaganingizgacha davom ettiravering.
3. Qarag‘ay ignalari ham bu borada juda yaxshi yordam beradi. Buning uchun ignalarni yuvib quritasiz va gaz pechida 15 daqiqa quritib olasiz. Keyin 2 osh qoshiq ignalarni maydalab ustidan 200 ml suv quyasiz va past olovda 30 daqiqa qaynatasiz. Damlamaga 3 oshqoshiq asal qo‘shib bir soatga damlab qo‘ygach, uyqu oldidan 1 osh qoshiqdan 10 kun iste’mol qilib borasiz.
4. Mana bu eski retseptning ham foydasi juda katta. Buning uchun 200 ml sut, 1 osh qoshiq asal va 0,5 stakan quritilgan moychechak kerak bo‘ladi. Sut moychechak ustidan quyiladi va qaynash holatiga keltiriladi. Asal solib eritilgach, dokada suziladi va uyqu oldidan ichiladi.
5.Immunitetni oshirish uchun tozalangan qovoq urug‘lari va asal aralashmasining ham foydasi katta. Buning uchun yarim stakan tozalanagan urug‘ ustiga suyuq asal qo‘shiladi va och qoringa 1 osh qoshiqdan 3 hafta davomida iste’mol qilinadi.
Сообщения из Facebook