просмотров
Dejavyu tushunchasi ilk bor Emil Buarakning “Bo‘lg‘usi ruhshunoslar” kitobi orqali keltirib o‘tilgan. Syujetda 19 asr oxirlari haqida so‘z yuritilib, mashxur ruhshunos o‘zining universitetdagi oxirgi kursini yakunlaydi. Uning tadqiqotlari dejavyuning boshqa murakkab turlari, jumladan “dajavikyu” - avval his qilingan, “dejaentendyu” - avval eshitilgan va “jamevyu” avval hech qachon ko‘rilmagan turlariga ham borib taqaladi. Dejavyuning qarama-qarshi atamasi bo‘lmish jamevyu holatida inson o‘zi uchun odatiy bo‘lgan joyda ham avval hech qachon bo‘lmagandek hissiyot bilan to‘qnash keladi. Ruhshunos o‘z tadqiqotlari davomida qadimiy faktlar bilan ham qiziqib ko‘rgan. Sababi dejavyu effekti antik davrlardan beri insonlar uchun tanishdir. Bu tushuncha turli davrlarga doir kitoblarda ham keltirilgan. 19 asrdan boshlab uni mashhur yozuvchilar qalamga ola boshladilar. Shatobrian, Charlz Dikkens, Marsel Prust, Artur Konan Doyl, Jek London,Klifford Saymak, Lev Tolstoy kabi ijodkorlar aynan shular jumlasidandir. Olimlar dunyosi Buarakning qarashlarini rad etgan. Ammo bu turdagi ruhiy buzilishlar hodisasining tasodifiyligi va juda keng tarqalgani aqlga sig‘maydigan hodisa edi, shu sababli ham ushbu fenomen oxir oqibat rasmiy nomga ega bo‘ldi.
Lev Tolstoy ov qila turib otdan pastga qulab tushgan paytida aynan shunday hodisani o‘z boshidan kechirgan. U birdan 220 yil avval aynan shunday hodisa boshqa otliq bilan ham sodir bo‘lgani va bu otliq uning o‘zi ekanligini eslaydi. Adibning o‘zini 200 yil avval yashagan otliq sifatida tasavvur qilishi uning fantaziyasi namunasi bo‘lishi mumkin. Ammo bunday nodatiy vaziyatning aniqlik bilan ta’riflanishi dejavyu hodisasining biz uchun kutilmagan joylar, kutilmagan daqiqalarda sodir bo‘lishi va uni avvaldan bilib bo‘lmasligi haqidagi teoriyani tasdiqlaydi.
Britaniyalik Doroti Idri 20 asr o‘rtalarida yashab o‘tgan va 3 yoshidan boshlab o‘zining avvalgi hayotini eslagancha barchani qo‘rqitib yuborgan. Yoshi ulg‘aygani sayin u qadimgi Misr rohibasi bo‘lgani, ismi Bentrisheti ekanligini qayd etadi. U 34 yoshida Misrga ko‘chib o‘tadi va barcha arxeologlarni hayratga solgancha fir’avn Set I davriga oid bilimlari bilan atrofdagilarni yoqa ushlashga majbur qildi. U Abidosdagi ibodatxona joylashuvi, mashhur Barelef devori, Kxomanddagi papiruslarning o‘rnini xatosiz aytib berdi va Misr arab respublikasi tomonidan qilgan xizmatlari uchun orden bilan taqdirlandi.
Karl Gustav Yung dejavyu holatini 12 yoshlik paytlarida his qilgan bo‘lib, umining oxirgi kunlariga qadar ikkita hayot bilan yashayotganiga ishonchi komil bo‘lgan. Bu turdagi hissiyotni uning g‘alati tabiati bilan izohlash mumkindir balki. Ammo bu holat kichik bolakay hotirasida butun umrlik iz qolidirish mumkinmi?
Buning sababi esa uning 18 asrga tegishli suratlarning birida bog‘ichli poyabzal kiygan doktor rasmini ko‘rib qolgani bo‘ldi. Bu holat bolaning ongida aynan o‘sha poyabzallarni avval u kiygani haqidagi tugshunchani shakllantirdi.
Ushbu fenomenning tadqiq qilish biror qiyinroq, sababi uni sun’iy ravishda hosil qilish mumkin emas. Ammo bugungi kunda olimlar uning turli-tuman usullar bilan chaqirilishi mumkinligini aytishmoqda. Ular ushbu holatni umumiylashtirish mumkinligini ham aniqlayaptilar. Ularning aytishlarcha, dejavyu holatini bittagina tadqiqot yordamida tushuntirib berish mumkin emas. Buning uchun mazkur holatni keltirib chiqaradigan barcha sabablarni o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Ammo afsuski, bunday ko‘p qirrali tadqiqot shu kunga qadar o‘tkazilganicha yo‘q. Shu sababli ham tajribalar orqali tasdiqlanmagan bir qator versiyalar mavjud.
Ruhshunoslarning aytishlaricha, uning paydo bo‘lishi tushlar olami bilan bog‘liq. Zignmund Freydning fikriga ko‘ra, inson miyasi tush ko‘rish jarayonida yuz minglab turli hodisalarni tasavvur qilish imkoniyatiga ega. Ularning bir nechtasi esa real hayotdagi ayrim vaziyatlarga haqiqatdan to‘g‘ri kelib qoladi. Bu borada Freydning aytilishicha, o‘z turida yashab o‘tilgan hissiyotlar insonning fantaziyasi yordamida shakllantirilgan tushunchalar ekan. Ayrim halqlar, misol uchun eskimoslar, shimoliy amerikalik hindular, yahudiylar, ayrim afrika qabilalari, hindlar reinkarnatsiya teoriyasiga qattiq ishonishadi. Ularnig versiyalariga ko‘ra, har bir insonning ruhi avval boshqa tanalarda yashagan va shu tarzda ko‘plab hayotlar ila yashash, tanish vaziyatlar bilan to‘qnashgan paytda esa bu holatni aval ko‘ragani haqida signal berishi mumkin. Ushbu teoriyaning ishonarsiz tomoni insonlarning o‘z ajdodlari ham ko‘rmagan zamonaviy ob'yektlarni eslashi bilan bog‘liqdir. Bu holat stol ustidagi telefon, planshet va shu kabi narsalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ammo avvalgi hayot o‘tmishda sodir bo‘lmagan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Axir vaqt mutlaqo nisbiy tushuncha. Kaliforniyalik gipnoterapevt Maykl Nyuton o‘zining turli og‘ish va holatlarni to‘g‘irlash, insonlarga o‘z ruhiy “men”ini topishga yordam berish tajribasi bilan mashhur. U o‘zining “Hayotlar orasidagi ruh sayohati” kitobida dejavyu hodisasining paydo bo‘lishiga doir bir qancha qiziq ta’riflarni berib o‘tadi. U o‘zining regressiya texnikasini ishlab chiqish davomida ularning o‘tmishdagi hayotlari bilan bo‘lgan oraliqqa tushirib qo‘yish mumkinligini kashf qildi. Buni tajribalar chog‘ida isbotlab bera oldi ham! U gipnoz holatiga solgan barcha bemorlar yerdagi moddiyat orasida o‘lmas ruhning mavjud ekanligi haqida gapirishgan.
Ruhning ko‘chishi paytdida yangi tanaga Yerdagi hayot davomida ko‘rishi va asl kelib chiqishini tushunishi uchun ma’lum qo‘llanma yoki aniq yo'l belgilab beriladi. Bu hidlar, biror narsani ushlab ko‘rish, liboslar elementi va shu kabi bir qarashda mayda narsalar bo‘lishi mumkin. Misol uchun bemorlardan biri 7 yildan keyin o‘zining bo‘ynida ko‘rishi kerak bo‘lgan kumush shokila haqida gapirgan. Ushbu kumush buyum qanday qilib uning hotira richagiga aylanishi haqidagi savolga esa u taqinchoqning quyoshda tovlangancha unga belgi berishini aytgan. Bu esa ayni hayotida o‘zining avvalgi hayotini eslashi uchun ma’lum belgi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan shunday versiya Planton tomonidan ham keltirib o‘tiladi. Uning Onamezes teoriyasida insonning ruhi adabiy ekanligi haqidagi gaplar uchraydi. Uruhning tana bilan birlashishidan avvalgi hislari, hotiralari, g‘oyalariga tegishli bo‘lgan jaranyonini aniqlashtirishga ham harakat qilgan.
Epilepsiyadan aziyat chekuvchi bemorlarni ko‘p yillar davomida tadqiq qilgan avstraliyalik shifokor Yozef Shpat insondagi dejavyu jarayoni hosil bo‘lgan paytda inson miyasidagi Gippokampning - bosh miyaning hissiyotlar va ularning qisqa muddatli hotiradan uzoq muddat qismiga o‘tishiuchun javobgar bo‘lgan soha o‘chishi haqida aytgan. Aynan shu paytda uzoq muddat uchun ishlaydigan gippokamp yoqilgan holatda bo‘ladi holos. U esa hodisani avval ham boshdan kechirilgan kabi ko‘rsatadi. Ushbu teoriya insonlarning dejavyu holatidan tushni eslagan kabi o‘tishlariga o‘xshash holatlarni izohlay olmaydi. Shu sababli ham Germaniyalik shifokor Uve Folfradt dejavyu hodisasi paytida bosh miyaning turli qismlari ishtirok etishi mumkinligi haqida aytgan. Inson haqiqatan ham kelajakni bir necha soniya avvaldan ko‘rishi mumkinligi haqidagi versiya bilan cheklanib qolish yaramaydi. Balki bu qobiliyatni o‘rgani va rivojlantirish mumkindir? Sababi qadimgi veda kitoblarida inson ma’lum meditatsiya jarayonlari orqali o‘zida hodisalarni avvaldan bilish, eshitish va his qilish qobiliyatini shakllantirish mumkinligi haqida aytiladi. Insonning uchinchi ko‘zi deya ataladigan bu qobiliyati bilan ayni paytdagi haqiqatlarni ham ko‘rish mumkin. Ushbu tajribalar xata va radja yoga usullari orqali taqdim etiladi. Ammo ularning rivojlantirilish jarayoni ruhan mukammal bo‘lmagan insonlar uchun katta xavf tug‘dirishi ham mumkin. Shu sababli ham yoglar avvalo insonning ruhiy-ahloqiy tarbiyasini nazorat qilishadi va uchinchi ko‘z sirini faqat tanlangan insonlarga taqdim etishadi.
Yana bir qiziqarli versiya esa “Matritsa” filmi orqali taqdim etildi. Ularning fikriga ko‘ra, dejavyu hodisasi matritsaning dasturiy aksi, atrofdagi olimning kompyuter emulyatsiyasidir. Bu holat matritsada biror o‘zgarish sodir bo‘lganda yuzaga keladi. Misol uchun eski uy eshigi tomonga qaradingiz va u yerda mushuk turganini ko‘rdingiz, teskari tomonga burilgach esa aynan o‘sha mushukning old tomonda paydo bo‘lganining guvohiga aylanasiz. Bu dejavyu emas, shunchaki, matritsada biror narsa o‘zgarganining belgisidir. Balki derazangizdan barchasi biroz tushkunroq holatda, atrofni agentlar o‘rab olganday ko‘rinar. Ular paydo bo‘lgan paytda esa qochish talab etiladi.
Massachusets texnologiya universiteti olimlarining aniqlashlaricha, dejavyu fenomenining yuzaga kelishi bosh miyaning chakka qismida sodir bo‘ladi. Gippokamning notekis qismi esa hotiradagi anomaliyalarni izlash bilan shug‘ullanadi va o‘xshash obrazlar orasidagi ko‘rinishni aks ettirib beradi. U egiluvchanlik sifati sharofati bilan o‘tmishni hozirgi paytdan, avval ko‘rilgan narsalarni yangi taassurotlardan ajratadi.
Ammo ushbu qism faoliyatida biror o‘zgarish bo‘lsa, ko‘rilgan obrazlar hotira markaziga borib tushadi. Keyin esa aynan o‘sha yerdan gippokampga so‘rov yuboriladi va hotirada shu kabi narsa bor yoki yo‘qligi haqida so‘raladi. Miya shu yerning o‘zidayoq yangi hotiralarni unga qarab uzatadi. Bu esa inson tomonidan uzoq o‘tmish kabi qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda birinchi marta ko‘rgan narsamizni avval ham ko‘rgandek bo‘lib olamiz va birinchi seansni yoddan chiqaramiz. Gippokamp faoliyati tushkunlik, charchoq, hayotdan qoniqmaslik, tashqi muhim sharoitlari, depressiya va turli kasalliklar sabab yuzaga kelishi mumkin. Bugungi kunda olimlar mazkur effektni avvaldan o‘ylagan va real hayotga yaqin bo‘lgan holatdagi tushda ko‘rilganma’lumot ekanligiga doir versiyasini ko‘rib chiqmoqdalar.
Hulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu hodisaning inson uchun hech qanday xavfli tomoni yo‘q. Bu miya yoki ongdagi biror buzilishdan ham darak bermaydi. Bundan tashqari mazkur fenomen juda kam o‘rganilgan. Shu sababli uni kasallik alomati deya qabul qilganlar qattiq adashadilar. Bu mutlaqo tabiiy holatdir.
Сообщения из Facebook