просмотров
Illuziya xonasi
Avstriyalik rassom Piter Kogler keng miqyosda aqlbovar qilmaydigan narsalarni yaratish uchun san'at, musiqa va videodan foydalanadi.
Ko’rib turganingizdek, uning xonalari eng miyani chalg’ituvchi mayda dizaynlar bilan to'ldirilgan.
Yaqinda Xorvatiyadagi Zamonaviy san'at muzeyida bo'lib o'tgan ko'rgazmada rassom oddiy xonani odamlar vaqt va makonda adashadiganjoyga aylantirish uchun devorlarni, shiftni va polni har xil burama quvurlar bilan to’ldirdi.
Nuqtachalardan iborat g’ayrioddiy xona
Yaponiyalik rassom Yayoi Kusama qiziqarli loyihani amalga oshirib, tashrif buyuruvchilarga butunlay oq rangdagi xonani minglab rangli stikerlar bilan to'ldirish imkonini berdi. Oq devorlari, jihozlari va bezaklari bilan "Obliteratsiya xonasi" deb nomlangan kabinet asta-sekin rang bilan to'ldirilib, dastlabki ko’rinishini o’zgartirdi.
Afsuski, xona 2011 yilda taqdim etilgani bois, endi uni o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin emas, lekin siz ushbu rassomning boshqa installyatsiyalarini ko'ra olasiz.
Cheksiz ko’zguli xona
87 yoshli yaponiyalik rassom Yayoi Kusamaning "Cheksiz ko'zgular xonasi - millionlab yorug'likdagi ruhlar" deb nomlangan yana bir ishi "to'xtagan va abadiy davom etadigan" ikki tomonlama vaqt tuyg'usini uyg'otadi.
Xona ommada shunchalik qiziqish uyg’otgan ediki, qiziquvchilar Nyu-Yorkdagi muzeyda uzun navbatlar kutib turishar va mehmonlarga xonada faqat 40 soniya bo’lish huquqi berilgan edi.
Shovqinsiz xona
Nafaqat rassomlar, balki olimlar va muhandislar ham eng g’aroyib xonalarni qanday yaratishni bilishadi. Bunday xonaga shovqinsiz honani misol qilish mumkin. Ularda tovush to'lqinlari tekshirilib, ularni har qanday tashqi ta'sirlardan ajratib turadi. Bular juda sokin xonalar, shu qadar tinchki, agar siz biron birida vaqt o'tkazsangiz, aqldan ozishingiz hech gap emas.
Dunyodagi eng sokin xona AQShning Minneapolisidagi Orfield Laboratoriya xonasi hisoblanadi. Devorlar shu qadar tovushni singdiradiki, ichki organlaringiz ishlayotganini eshitasiz. Ushbu xonada bir oz sukutda o'tirishingiz mumkin. Biroq, odamning kamerada ushlab turishi mumkin bo'lgan eng uzoq vaqt atigi 45 daqiqani tashkil qiladi.
5. “Van Gogning jonlangan chizgilari”
Ko'pchilik Van Gogning u yoki bu asarini qaysidar darajada taniydi. Qanday qilib muzeylar ushbu rassomning ishi bilan tanish bo'lganlarning e'tiborini yanada ko'proq jalb qilishi mumkin? “Van Gogning jonlangan chizgilari” ko'rgazmasi dahoning taniqli asarlarini butunlay boshqacha ko'rinishda ko'rish imkonini beradi.
Dasturlar, ulkan ekranlar va atrofdagi tovushlar yordamida tomoshabinlar Van Gog o'z asarlarini yozayotganda qanday his-tuyg'ularni his qilganini tuyish imkoniyatiga ega, chunki uning hayoti ko'plab burilishlar bilan to'lgan.
Сообщения из Facebook