просмотров
Olimlar bunday xatti-harakatlarining sababini bilishga qiziqib, tadqiqot o'tkazib, uning yordamida turli xil dalillarni topishdi. Ko'pchilik "tirnoq tishlovchilarr" orasida perfeksionizm mavjudligi aniqlandi.
Aslida perfeksioner bo'lish unchalik yomon emas, ammo bunday xatti-harakatlar ma'lum noxush oqibatlarga olib kelshi mumkin.
Perfeksionistlar odatiy ritmda sust ishlaydilar, ular boshlagan ishlarini mukammallikka yetkazishiga ko’proq vaqt talab etiladi. Vaqt va sharoit har doim ham ularning izmida emas. Shu sababli ham ularda boshqa odamlarga qaraganda tushkunlikka tushish ehtimoli ko'proq. Perfeksionistlar o'zlari uchun yuqori maqsad qo'yadilar va har doim ham bunga erisha olmaydilar. Maqsadlarni rejalashtirish- vaziyatni nazorat qilishning eng yaxshi usulidir. Perfeksionerlar nimanidir o’z rejasi bilan amalga oshirsa, buning evaziga mukofot olishadi deb o’ylashadi. Tirnoqni tishlash - bu o'zlariga berilishi mumkin bo'lgan ma'lum darajadagi mukofotni olishning psixologik usulidir.
Tirnoq tishlash odati juda keng tarqalgan!
Bu shunday odatiy odatki, ko'pchiligimiz buni kimdir qilganda ham unga ahamiyat bermaymiz. Ushbu harakatda g'ayrioddiy narsa yo’qdek tuyuladi.
Ushbu odat shifokorlar tomonidan chuqur o'rganilgan.
Ushbu xatti-harakatga nima sabab bo'lganligi haqida olimlar qiziqish bildirishdi va ular bitta asosiy umumiy o’xshashlikni topdilar.
Ko'plab "kemiruvchilar" mukammallikka intilishadi. Aksariyat "kemiruvchilar" perfektsionistlardir. Ular tirnoqlarini tishlab, o’z maqsadlariga erishish, natijasini qo’lga kiritish istagida bo’ladilar.
Perfeksionizm xarakterning boshqa belgilarida ham aks etadi.
Perfeksionizmning sifati xarakterning boshqa xususiyatlariga bevosita ta'sir qilishi mumkin. Bunda umidsizlik va xafsala pir bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Perfeksionizm faqatgina tirnoq tishlashda aks etmaydi.Tadqiqotchilar har qanday "takroriy" xatti-harakatlar, masalan, sochni o’ynash yoki teriga tegish ham perfeksionizmning belgisi bo'lishi mumkinligini aniqladilar.
Ishga biroz “yengil” yondashing
Ishga biroz oson yondashing. Yuqori maqsadlarni qo'yish yaxshi, lekin umidsizlik va muvaffaqiyatsizlik sizni ortiqcha “yutib” yuborishiga yo'l qo'ymang.
Vaziyatni nazorat qiling
Vaziyatni nazorat ostiga oling. Agar siz tez-tez bajarilmagan maqsadlaringiz tufayli tushkunlikka tushsangiz, bu depressiya va boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bu gigienik jihatdan noto’g’ri
Siz hech qachon tirnoq ostida nima borligini bilmaysiz, shuning uchun ehtiyot bo'ling. Qo’llari tez-tez yuving.
Tirnoq tishlashga odatlanganlar barmoqlari qachon og’ziga yetib qolganini ham sezmay qoladilar. Bu holat ularning ongida beixtiyor sodir bo’ladi.
Сообщения из Facebook