просмотров
Kerakli masalliqlar:
750 gr tvorog
500 gr smetana
3,5 stakan shakar
5 stakan
1 choyqoshiq soda
5 dona tuxum
bir chimdim limon kislotasi
1 litr sut
100 gr sariyog‘
1 o‘ram vanilin
3 oshqoshiq kokos qirindisi
bezak uchun qulupnay va yalpiz
Tayyorlanish ketma-ketligi:
1. Tvorog, 2 stakan shakar va 4 ta tuxum sarig‘i o‘zaro aralashtiriladi.
2. Massa blender yordamida qorishtiriladi.
3. Aralashma ichiga limon kislotasida "so‘ndirilgan" soda solib, 15 daqiqa qoldiriladi.
4. Keyin esa 3 stakan elangan un qo‘shiladi. Xamir quyuq holatda bo‘lishi kerak.
5. Qolgan un stol ustiga yoyiladi va ustiga xamir joylashtiriladi.
6. Xamir zuvala shakliga keltiriladi.
7. Tayyor xamirdan 12 ta bo‘lak ajratiladi va 20 daqiqaga tindirib qo‘yiladi.
8. Krem uchun suv kastyulka ichiga quyiladi va qaynash holatiga keliriladi. Keyin esa olov o‘chiriladi.
9. Alohida idishda tuxum oqi, 1ta tuxum va 1,5 stakan shakar o‘zaro ko‘pirtiriladi. Aralashma ichiga 4 oshqoshiq un solinadi va hosil bo‘lgan massa vanilin bilan birga sutga qo‘shiladi.
10. Massa olov ustiga quyiladi va qoshiq bilan asta-sekin aralashtirib turiladi. Quyuqlashganidan keyin esa olov o‘chiriladi. Idish ichiga smetana va sariyog‘ qo‘shiladi.
11. Korjlar uchun har bir sharcha yupqa yoyilib, pergament qog‘oz to‘shalgan patnis ustiga joylanadi va 200 daraja haroratda 15 daqiqa pishiriladi.
12. Pishgan korjlarning cheti tekislab kesiladi.
13. Sovigan krem 250 gr tvorog bilan aralashtiriladi.
14. Krem mikser yordamida ko‘pirtirib olinadi.
15. Har bir korj ustiga krem surtiladi va tort yig‘ib chiqiladi.
16. Tortning ustki qismi kokos qirindisi, qulupnay va yalpiz barglari bilan bezatiladi.
Сообщения из Facebook