просмотров
Tailandda vilka ishlatilmaydi
Bu mamlakat aholisi vilkadan faqatgina past tabaqali insonlar taom yeydi, deb hisoblaydi.
Xitoyda likopchaning bo’shab qolishi
Odatlar ham har xil bo’lar ekan, qarang. Masalan, Yaponiya va Hindistonda mehmonning ovqatni idishda qoldirmay, oxirigacha yeb qo’yishi mezmon uchun maqtovni bildirsa, Xitoyda buning tamoman aksi bo’lar ekan. Mezbon mehmonning bunday harakatidan xafa bo’lar ekan, chunki odat bo’yicha ovqatning mezbon tomonidan oxirigacha yeb qo’yishi mezbon taomni kam suzgani va mehmonning to’ymay qolganini bildirar ekan.
Dengiz mahsulotlari bilan pishloqni aralashtirib bo’lmaydi
Qirqichdan chiqarilgan pishloq taomga o’zgacha bir ta’m beradi. Buni hamma qatori italiyaliklar ham yaxshi bilishadi, ammo ular hech qachon va hech qanday sharoitda pishloqni baliq, qisqichbaqa va boshqa shu kabi dengiz mahsuilotlari bilan aralashtirmaydilar.
Italiyada ovqatdan keyin sut ichilmaydi
Italiyaliklarni qahvani sevuvchi xalq, deb o’ylasangiz xato qilasiz. Haqiqiy italiyaliklar ovqatlanib bo’lgandan keyin sutli qahva ichmaydilar, chunki ularning fikrlaricha, sut hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin ekan.
Chapillatib ovqat yeyish
Yaponiyada taomning mazali ekanligini bildirish uchun chin dildan chapillatib yeyiladi. Bundan tashqari yaponlarning fikricha, chapillatish taomning mazasini yanayam kuchaytiradi.
Xitoyda baliqni to’nkara ko’rmang
U yerda baliqning to’nkarilishi yomon belgi hisoblanadi. Bu shu baliqni tutgan baliqchining qayig’ini ag’anayotganini bildiradi. Shuning uchun baliq yemoqchi bo’lsangiz tinchgina o’tirib yeng!
Portugaliya va Misrda taomga qo’shimcha tuzdan
Portugaliya va Misrda taomga qo’shimcha tuzdan foydalanmaganligingiz ma’qul. Chunki bu narsa oshpaz ovqatni maromiga yetkazib tayyorlamaganligini bildiradi.
Angliyada choyni qonun-qoidasi bilan ichish lozim
Angliyada choyni qoshiq bilan aralashtirayotganda, qoshiqning ovozi chiqmasligi kerak, haqiqiy britaniyaliklar ayni mana shunday yo’l tutadilar. So’ngra ular aralashtirib bo’lgach, qoshini likopchaga qo’yadilar. Siz ham shunday qilishingiz lozim, aks holda “choynak” laqabini olishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook