Tushlar haqida 6 ta qiziqarli fakt
Tushlar haqida 6 ta qiziqarli fakt
Tush – hayotimizning ajralmas qismidir. Tushlarda biz suzganmiz yoki uchganmiz, lekin, aftidan, bunga alohida ahamiyat bermaganmiz va shuning uchun eslay olmaymiz. Xo'sh, biz har kecha koradigan tushlarimiz haqida nimani bilamiz? Ajablanishga tayyor turing!

Biz ularni tez-tez ko'rib turamiz. Ular miyaning yaxshi ishlashida muhim rol o'ynaydi.Tushlar kun davomida olingan ma'lumotlarni qayta ishlashga yordam beradi.Ko'zlaringizni yumib, tushlarning sehrli dunyosiga yana bir bor kirishdan oldin, tushlar haqida 9 ta qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishni taklif qilamiz. Ishoning, bu ma'lumotlar hali ko'pchilikka ma'lum emas.

1.Tushlarsiz yashaydigan inson

Urush paytida Yuvalning boshini jarohatlagan rikoshet jarohati butun dunyo bo'ylab shifokorlarni hayratda qoldirdi. 1982 yilgacha hamma uchun bitta narsa ayon edi-inson uyqusiz va tushlarsiz yashay olmaydi. Kalamushlar va mushuklar tush ko’rish jarayonidan mahrum qilingan tadqiqotlar ko’rsatishicha, tajriba qilingan hayvonlar sinov boshlanganidan bir necha hafta o'tgach nobud bo'lishgan.Ushbu tajribalar shifokorlarda hech qanday shubha qoldirmadi - tushlarning fazasi hayotni davom ettirish uchun juda muhimdir.

Yarador Yuval bilan bog'liq vaziyat mutaxassislarni shubhaga qo'ydi. Hodisa sodir bo'lgan paytdan boshlab bugungi kungacha u hech qanday tush ko'rmadi. Bu odamni ko'pgina professorlar tekshirib ko'rishgan va shuni aniqlashdiki, o'q miyaning "ponce" yoki "ko'prik" deb nomlangan qismiga tegdi. Aynan u tungi tasvirlarni shakllanishiga javobgardir.Shifokorlar, tush ko'rmasa Yuvalning xotirasida jiddiy muammolar paydo bo'lishini taxmin qilishdi. Ammo u muvaffaqiyatli huquqshunos, rassom bo'lib,  to'liq va baxtli hayot kechiryapti.

2.Ona qornidagi tushlar

Tush ko’rish qobiliyati embrionlik patdidayoq paydo bo’ladi. Tush ko’rish go’daklar orasida ayniqsa keng tarqalgan. Kichkintoylar kunning 70% da uxlashadi va bu vaqtning 50% da esa ular turli xil suratlarni ko'rishadi. Hayotning birinchi yillari jadal rivojlanishga, atrofimizdagi dunyoni va o'zimizni o'rganishga bag'ishlangan, shuning uchun uyqu aqliy faoliyatni shakllantirishda juda muhim rol o'ynaydi.

3. 90 daqiqali tush

Biz hayotimizning uchdan bir qismini uyquda o'tkazamiz.Har kecha biz taxminan 5 ta tush ko'ramiz, ularning umumiy davomiyligi bir yarim soatni tashkil qiladi.

4. Uyqudagi hayot

Uyqumizning paradoksal qismida, tush ko’rish paytida,miya uyg'oqlikdagi kabi jadal ishlaydi. Uyquning ko'p bosqichlarida tanamizdagi jismoniy jarayonlar sekinlashadi, tana dam oladi va miya to'lqinlarining chastotasi pasayadi. Ammo tushlar davrida bizning kul rang moddamiz 100%ishlaydi! Puls va nafas olish tezlashadi, ammo mushaklar falaj bo'lib qoladi.

5. Ma’nosiz va tartibsiz dunyo

Kundalik fikrlashdan farqli o'laroq, tushda mantiq yo'q.Siz bir joyda bo'lishingiz, keyin to'satdan, bir vaqtning o'zida butunlay boshqa joyda paydo bo’lib, g'alati narsalarni qilishni boshlashingiz mumkin.

Bunday tartibsizlik kimga kerak? Albatta, o'zimizga! Bu bizning xotiramizni qayta tartibga keltirish uchun kerak. Tushda ong osti barcha yangi ma'lumotlar va tajribalarni to'playdi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki,tushlarni yo'qotgan odamlarning miyasi o'z vazifalarini yomon bajaradi va ularning xotirasi, uxlaydigan va tush ko'radiganlarnikiga qaraganda sezilarli darajada zaiflashadi.

6. Yeqilish va suzish

Siz suzish yoki uchishingizga to’g’ri kelgan tushni bir necha bor ko'rgan bo’lsangiz kerak. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, shunga o'xshash hodisa barcha madaniyat, irq va jins vakillari orasida uchraydi. Bu tushlarning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Fiziologik nuqtai nazardan, bunday parvozlar unchalik muhim emas. Siz suzayotgan yoki cho'kayotgan tushlar,uyquning turli bosqichlariga o’tish paytida yuzaga keladigan, tanadagi o'zgarishlarga bo’lgan psixologik reaktsiya bilan bog'liq. Sizning tanangiz asta-sekin mushaklarning tarangligidan xalos bo'ladi va tushlar paytida bo'shashadi.

7. Miyaning tasviri

Yangi MRT skanerlash qurilmasining yaratilishi,insoniyatni uyqu paytida odamning miyasida nima sodir bo'lishini tushunishda yangi yutuqlarga olib keldi. Shifokorlar bosh suyagi qutisining ba'zi qismlarida qon oqishini kuzatishga muvaffaq bo'lishdi. Shunday qilib, ular tushda ishlaydigan elementlar: gipokamp (xotira bilan bog'liq), bodomsimonlar(hissiyotlar bilan bog'liq) va bosh miya pog'onasidagi ko'prik ekanligini aniqladilar.

8. O’tmish va bugungi kunni aralashmasi

Garchi olimlar uyqu paytida miyaning holatini muvaffaqiyatli namoyish eta olishgan bo'lsa-da, ushbu murakkab mexanizm haqidahali ko'plab savollar mavjud. Ko'rinishidan, tushda miya tasodifiy xotira bankidan ma'lumotlarni oladi. Ushbu ma'lumotlar vaqt jadvalida turli joylarda joylashgan. Shundan so’ng ong osti xotiralarni tasodifiy tartibda aralashtiradi.Tushdagi elementlar oldingi kundan, o'tgan haftadan yoki hatto bir necha oy oldin sodir bo'lgan voqealardan olingan bo’lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki,agar siz biron bir odamni tasodifan ko'chada uchratsangiz, u haqidatushni bir necha haftadan keyin ham, ehtimol turli vaziyatlarda va boshqa joyda ko'rishingiz mumkin.

9. Eng keng tarqalgan tushlar

 - maktabda yoki universitetda imtihonlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash;

- havo kemasining parvozi yoki qulashi;

 - suzish;

- falajlik yoki harakatlanishda qiyinchilik;

- birovdan qochish;

- odamlar, hayvonlar yoki hayoliy mavjudotlar tomonidan o'g'irlanish;

- tabiiy ofatlar;

- tish to’kilishi;

-  tahqirlanish holati;

- avtobusga, poyezdga yoki samolyotga kechikish;

- binoda yashirin xonalarni qidirish;

- pul qidirish yoki yo'qotish;

- o'tmishdagi yoki hozirgi davrdagi odamlar bilan uchrashuv;

 - homiladorlik va tug'ish;

- notanish vaziyatlarda notanish odamlar bilan uchrashish.

 

Tushlar haqli ravishda hayotimizdagi eng sirli va qiziqarli hodisalardan biri deb hisoblanadi. Ular to'g'risida aniq bir narsa deyish qiyin, chunki olimlar hanuzgacha uyqu va unga bog'liq jarayonlarni o'rganish bilan shug'ullanmoqdalar. Ishonch bilan, biz faqat bitta narsani ayta olamiz - to'liq uyqu insonning jismoniy va ruhiy salomatligi uchun juda muhimdir. Uyquning sifatini kuzatib boring! Yoqimli tushlarni tilaymiz!

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook