просмотров
O’z davrining buyuk sarkardasi Amir Temur Samarqandning nomini butun dunyoga yoyib, uni arxitektura va madaniyat markaziga aylantirdi. Sarkarda yurishlardan o’ljalar bilan birga Kichik Osiyodan, Turkiya, Hindistondan qimmatbaho kitoblarni olib kelar edi.
Amir Temurning vafotidan keyin uning imperiyasi ikkiga bo’lindi: Hirotni sarkardaning o’g’li Shohruh boshqargan bo’lsa, Movaraunnaxrda Shohruhning o’g’li Ulugbek hukmronlik qildi. Ulug’bekka bobosidan kutubxona ham meros bo’lib qoldi.
Ulug’bek o’rta asr davrining ma’rifatli hukmdorlaridan biri edi. U o’z atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi sharqning buyuk olimlarini yig’gan edi. Katta davlatning hukdori bo’lishiga qaramasdan Ulug’bek umrining asosiy vaqtini ilmiy ishlarga bag’ishlar va ko’p vaqtini o’zi qurdirgan observatoriyada o’tkazar edi.
Otasining o’limidan keyin Ulig’bek Timiriylar sulolasining yagona hukmdori bo’ldi. Uning ilm bilan shug’ullanishi ko’pchilikka yoqmas edi. Ulug’bekka qarshi fitna uyushtirildi, dushmanlar hatto uning o’g’lini ham o’z tomonlariga og’dirib oldilar.
Yaqinlashib kelayotgan fitnani sezgan Ulug’bek hukumat tepasiga keladigan jaholat vakillari uning yaratgan ilm maskanini vayron qilishlarini bilar edi. Rasadxona yo’q qilinish arafasida edi, ammo kutubxonani qanday bo’lmasin saqlab qolish kerak edi. Olim o’z fikrini shogirdi Ali Qushchiga bildirdi, u esa buning yo’li borligini aytdi. Ali Qushchi Kesh qishlog’idan bo’lgan, shu qishloq yaqinida tog’da ko’plab g’orlar borligini va o’sha yerda kitoblarni yaxshilab berkitib qo’yish mumkinligi ham qo’shib o’tdi. Ulug’bek shunday qildi ham – bir necha yuz tomdan iborat kitoblar sandiqlarga joylanib, yashirin ravishda olib ketildi.
Buning orasida 1449 yilda Samarqandda fojiali voqealar sodir bo’ldi. Ulug’bek hiyonatkorona o’ldirildi, uning rasadxonasi vayron qilindi. Ustozining o’limidan keyin Ali Qushchi ham Turkiyaga o’tib ketdi. Aytishlaricha, u o’zi bilan birga kitoblarning ozgina qismini olib ketgan, qolgani esa maxfiy berkitilgan joyda qolib ketdi. Ali Qushchi Movaraunnaxrga boshqa qaytib kelolmadi, kitoblarning berkitilgan joyini esa faqatgina u bilar edi. Shu tariqa kutubxonaning izlari ham yo’qoldi, uning joylashgan joyi hozirda ham Sharqning yechimi topilmagan jimbog’i bo’lib qolmoqda.
Сообщения из Facebook