просмотров
1. Jinsi.
Jinsini qanday narxda sotib olishingizdan qat’i nazar, uzoq vaqt hizmat qilishi tahsinga sazovor. Shuningdek, u har qanday uslubga xos libos va aksessuarlar bilan a’lo darajada uyg’unlashadi.
2. To’g’ri bichimli yubka.
Ushbu modelni allaqachon klassik liboslar qatoriga kirgan deyish mumkin. Tizzagacha uzunlikdagi va orqa tomonidan kichik yirmoch (razrez) bilan ishlangan yubka muhim tadbirlar chog’ida ham ishbilarmon ayol ko’rinishini berib turadi.
3. Oq bluza.
Xarid chog’ida ishonchingiz komil bo’lsin, pulni havoga sovurayotganingiz yo’q. Sababi, oq bluzani turli uslublarga hos yubka, shim va jinsi bilan uyg’unlashtirish imkoni mavjud.
4. Plash.
Qomatga urg’u beruvchi bejirim plash salqin kunlarda ham zamonaviy ko’rinish yaratishingizga yordam beradi.
5. Charm sumka.
Charm sumka borasida tejamkorlik qilmagan ma’qul. Sababi sifatli sumka sizga yillar davomida beminnat hizmat qiladi.
Сообщения из Facebook