просмотров
Og’ir ish kunidan so’ng kayfiyatni ko’tarishni hohlasangiz, xonada yoqimli hid taratuvchi shamlarni yoqing. Bundan tashqari ilang-ilang va sandal kabi hushbo’y o’simliklar ham charchoqdan holi bo’lishga ko’mak beradi.
Yalpiz, greyfrut, apelsin, dolchin va limonda tetiklashtiruvchi iforlar mavjud bo’lib, ular kunni yaxshi kayfiyatda boshlashga yordam beradi.
Mexmonxona uchun xid tanlash juda muhim:
Agar siz mexmonxonada shunchaki orom olishni istasangiz u holda tinchlantiruvchi hidlarni tanlang.
Agar mehmon kutayotgan bo’lsangiz, hammaga birdek ma’qul keladigan hidni tanlaganingiz ma’qul. Bunda sizga bergamot va atirgul ifori yordam bera oladi.
Yotoqxona uchun esa tinchlantiruvchi va uhlashga ko’maklashuvchi hidlarni tanlang. Lavanda ifori aynan ana shu hususiyatlarga ega.
Bolalar xonasi uchun xid tanlashda extiyotkor bo’lish zarar qilmaydi, chunki o’ta o’tkir iforlar bolalar ruxiyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ular uchun moychechak, atir gul va lavanda islarini tanlang.
Daxliz- bu uyning tashrif qog’ozi sanaladi. Ko’chadan kelgan inson uy va uni egalari haqidagi ilk tasurotini aynan daxlizga kiriboq oladi. Shu bois ham daxliz xidiga axamiyatni kuchaytiring. Bunda archa, atirgul va limon iforli vositalarga murojat qiling.
Atir gul ifori – chaqchoq va stressdan halos etadi.
Limon esa kayfiyatni ko’taradi.
Oshxona- ovqat va yog’ isi muntazam turadigan joy. Shu bois ham ifor tanlayotganingizda buni ham inobatga oling. Efir moyi nafaqat kayfiyat ulashadi. U yana ishtaxani ochish hususiyatiga ham ega.
Dolchin va vanillin hidi esa oshxonangizga ajoyib kayfiyat olib kirish hususiyatiga ega.
Greyfrut isi esa taomlanayotganingizda asab tizimini tinchlantiradi.
Xushbo’y ifor taratuvchi vositalarni tanlaymiz:
Shirin lampalar- yaxshi hid taratadi. Biroq kamchilikdan holi emas. Uni nazorat qilib turish kerak.
Xushbo’y shamlar- romantik kayfiyat timsoli bo’lib, ajoyib kechaga yanada fayz bag’ishlaydi. Uning ifori juda mayin va betekror.
Xushbo’y tayoqchalar- xonadagi tamaki tutunini ketkazishda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Bir necha donasi yoqilib idishga solib qo’yiladi. Sanoqli daqiqalardan so'ng esa hona musaffo hidga ega bo’ladi.
Сообщения из Facebook