Vahima epidemiyasi: Koronavirusdan qo‘rqmaslik, hotirjamlikni saqlash va ehtiyot choralari haqida...
просмотров
Bugungi kunda koronavirus bemorlarining aksariyati tuzalib ketgani, o‘lim ko‘rsatkichlari haddan tashqari katta emasligi, Xitoy ushbu kasallikni yenga olgani haqida unutmang. Ushbu holatda insonlarning vahimaga berilishlari hech narsani o‘zgartira olmaydi, balki vaziyatni yanada murakkablashtirib yuboradi. Sizdan talab etiladigan narsa - ushbu muammoga bo‘lgan qarashlaringizni o‘zgartirishdir. Yangiliklar orqali berib borilayotgan salbiy narsalarni, vahimali yolg‘onlarni o‘qimaslikka harakat qiling. Pashshadan fil yasovchi, vahimachi insonlar bilan so‘zlashmang.
Shuni tushunib olish kerakki, virus faqatgina havo-tomchi yo‘li orqali emas, kir ko‘llar va ushbu qo‘llar bilan ko‘zlarga teginish orqali ham yuqib qolishi mumkin. Koronavirusdan himoyalanishning eng oddiy va samarali usuli - qo‘llarni sovun bilan tez-tez, 20 soniya davomida obdon yuvishdir. Qo‘llaringiz kir bo‘lsa ko‘z, burun, yuz va og‘iz qismlariga teginmang. To‘g‘ri, ushbu qoidalarga amal qilish birozgina qiyin bo‘lishi mumkin, ammo bir necha kun ehtiyotkorlikka befarq bo‘lmasangiz, ular odat tusiga kiradi.
Karatin vaqtida uyda qoling, zarurat bo‘lmagan holatlarda ko‘chaga chiqmang.Uyingizda kichik yoshdagi bolalar bo‘lsa ularning qo‘llarni sovun bilan yuvishlariga ko‘mak bering. Ayni vaqtda hukumat vakillari koronavirusni tarqalib ketishiga qarshi kurashmoqdalar: kasallar karantinga joylashtirilgan, ularning atrofdagilar bilan muloqot qilishlari cheklab qo‘yilgan. Ushbu vaziyatga bosiqlik bilan yondoshish, qoidalarga amal qilish juda ham muhim. Shuni ham unutmangki, katta yoshli, surunkali kasalliklar bilan og‘riydigan, yurak-qontomir kasalliklariga moyil bo‘lgan insonlar eng xavfli guruhga mansub bo‘lib turibdilar. Oila a’zolaringiz orasida shunday insonlar bo‘lsa, ularni imkon qadar himoya qiling, ko‘chaga zaruratsiz chiqishlariga imkon bermang.
Koronavirusdan himoyalanish uchun immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlardan ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sport haqida ham unutmang, ko‘chaga chiqqan vaqtda niqob taqib yuring. Oddiy hamda oson usullar bilan, extiyotkorlik choralariga to‘g‘ri amal qilgan holatda ushbu kasallikdan o‘zingiz hamda oila a’zolaringizni himoya qila olasiz!
Сообщения из Facebook