просмотров
“Insonlar men haqimda istagan narsalarini gapirishlari mumkin. Ammo Devid va farzandlarim - faqat meniki, ularga hech kim tega olmaydi”.
“Devidning men uchun qadrli boʻlgan sifatlaridan biri oila ahamiyatini yaxshi tushunishidir. U juda yaxshi inson va biz yaqin doʻstmiz. Har qanday mavzuda suhbatlasha olamiz”.
“Boshqa futbolchilar ichish uchun barga yoʻl olgan paytda Devid oʻzvaqtini onasi, otasi va opasi bilan oʻtkazishga harakat qilardi. Men munosabatlarimiz boshidanoq uning haqiqiy jentelmen ekanligini bilganman. Bu men uchun juda muhim boʻlgan, sababi oʻzim ham aynan shundayman”.
“Televizor sotib olgan paytingizda unga yoʻriqnoma ham qoʻshib berishadimi? Ammo onalik uchun bunday yoʻriqnomalar yoʻq. Men har safar barchasini tahlil qilib, qilayotgan ishlarim toʻgʻri yoki yoʻqligi haqida oʻzimdan soʻrayman. Farzandlarim bilan faxrlanaman. Ular yaxshi tarbiya olishdi. Biz ularga nisbatan hamisha qattiqqoʻl boʻlib keldik!”
“Devid bilan hamon yaqin insonlarmiz. Doim oʻzaro mehr koʻrsatishga harakat qilamiz. Har haftada yolgʻiz uchrashuv tashkil qilib, sokin restoranda taom tanovul qilish uchun albatta vaqt topamiz”.
“Salomatligim haqida jiddiy qaygʻuraman. Sport bilan har kuni shugʻullanaman, faqat foydali taomlar yeyman. Ammo oʻzimni vaqti-vaqti bilan siylashni ham unutmayman”.
“Rashk - sogʻlom tuygʻu emas. Devidga qarab turib, uning qanchalar chiroyli ekanligi, u bilan ekanligim omadim boʻlganini xayol qilaman. Qolaversa u - ajoyib ota. Men bilan bir hil fikrlaydigan odamlarni buning uchun ayblashim mumkinmi?”
“Biz qalban yaqinmiz. Baʼzan ustimizdan chiqindi ham agʻdarishadi, ammo olgʻa borishda davom etamiz. Buni uddalay olishing esa aniq emas. Oila qurgan paytda kelgusida parvozlar ham, yiqilishlar ham boʻlishini yaxshi bilasan. Biz boshqalarning koʻz oʻngida yashaganimiz uchun ham hayotimiz biroz murakkabroq. Ammo buni allaqachon qabul qilib boʻlganmiz. Bizlar uchun faqatgina oʻzimiz va oilamiz muhim”.
“Agar biror ishni boshlasam uni 110%lik natija bilan tugataman. Yoʻqsa bu bilan shugʻullanishdan maʼno nima? Ustiga-ustak, ish sizdan eringiz yoki farzandlaringiz uchun sarflashingiz mumkin boʻlgan vaqtni olib tursa... Umuman olganda, ish oʻzimga yoqsagina uni aʼlo darajada bajarishim mumkin”.
“Juda koʻp ishlayman. Ammo erim va farzandlarim - men uchun muqaddasdir. Oʻzim ish tartibimni bolalarga qarab tuzaman. Xarper doim men bilan birga. Yigitlar ham kichik yoshlarida hamisha birga yurishardi, ammo endi ularning oʻqishlari bor. Men ishlaydigan boshqa onalardan deyarli farq qilmayman. Toʻrtta farzandim bor, ammo hamma narsani uddalayman. Ona boʻlish juda qiyin. Bu borada hech qanday qoidalar yoʻq. Ammo Devid va bolalarim uchun qoʻlimdan kelganini qilishga urinaman”.
Сообщения из Facebook