просмотров
Har bir xona uchun alohida parda tanlanishi zarur. Ko’pchilik uslub va ranglar gammasini hisobga olmasdan, barcha xonalar uchunbir xil pardalar sotib oladi. Bu juda katta xato!
Parda interyerning muhim tarkiblaridan biri hisoblanadi. Ularning vazifasi xonani faqatgina quyosh nurlari va yelvizakdan himoyalash emas, u uyda qulay muhit hosil qilishi kerak. Pardalar tanlovida rang va bezaklar katta ahamiyatga ega. Ko’k va moviy rang salqin, och jigarrang, sariq va qizil ranglar esa iliqlik hissini beradi. Pardadagi ko’ngdalang chiziqlar xonani kattaroq, uzunasiga tushgan chiziqlar esa balandroq ko’rsatadi. Guldor pardalar sizni zeriktirib, yoqimsiz hissiyotni uyg’otishi mumkin. Eng yaxshisi- pardalarni mebel qoplamasiga mutanosib tarzda tanlashdir.
Derazalar uchun parda tanlash chog’ida bir necha murakkab bo’lmagan holatlarni bilib olsangiz, parda bino uslubi bilan chiroyli tarzda uyg’unlashadi.
Yorqin bezaklarga ega pardalar yoz faslida uyingizga yanada ko’proq go’zallik va ko’rkamlik baxsh etadi. Unutmang, quyoshli xavoda mato kuyib ketadi, shuning uchun bu mavsumda juda qimmat pardadan foydalanmang. Qish vaqtida iliq koloritdagi pardalarni osish maqsadga muvofiq.
Pardalar xonaning dizayniga mos kelishi lozim. Pardaning kengligi deraza kengligidan 3 barobar kattaroq bo’lishi darkor. Ammo parda kengligini juda oshirib yubormang, bunday holatda karniz pardani tutib tura olmasligi mumkin. Mato tanlashda avvalo uning o’ziga hosligi va qimmatligiga emas, ixchamligiga e’tibor qarating.
Yotoqxona shaxsiy bo’lgani va u yerga begonalar kirmagani tufayli pardani avvalo o’zingiz uchun tanlashingiz lozim. Bu xona uchun och jigarrang, shaftolirang, tillaranglar mos keladi. O’ta yorqin ranglar o’ziga e’tibor tortib, tinch uhlashgan halal beradi.
Yotoqxona derazalariga, ayniqsa ular sharq tomonga qaragan bo’lsa, yorug’lik tushmasligi uchun qalin parda tanlash zarur. Ammo ularni iloji boricha baxmal matodan tanlamang, yo’qsa chang to’planib qoladi. Pardalar xona devorlariga mos tushishi va ximoyalashi kerak.
Сообщения из Facebook