Yana qiziqarli faktlarga murojaat etamiz! Titanikka sayoxat
Yana qiziqarli faktlarga murojaat etamiz! Titanikka sayoxat

"Titanik" kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan biridir. Jeyms Kemeron rejissyorlik qilgan film, kino tarixidagi eng katta daromadli film bo'lib, u butun dunyo bo'ylab 1,8 milliard dollardan ortiq mablag'ni to'plab rekord o'rnatgan. U bu rekordini 12 yil davomida o’zi rejissorlik qilgan "Avatar" uning o’rnini egallaguniga qadar saqlab turdi.

Keling, faktlarga murojaat qilaylik.

1."Titanik" filmi "Titanik" kemasiga nisbatan qimmatoq edi.  "Titanik" kemasining qurilishi 4million funt sterlingga teng bo'lib, zamonaviy pullarda 100 million funt sterlingga to’g’ri keladi, Jeyms Kameron tomonidan yaratilgan filmning narxi  esa 125 million funt sterlingdir.

 2.Filmning ekranlardagi namoyishi  rekord o'rnatdi.  Birinchi premyerasi ekran yuzini 1997 yil 19 dekabrda ko’rgan  va so'nggi sessiya 1998 yil 25 sentyabr kuni bo'lib o'tdi.  Shunday qilib, film 281 kun davomida ekranlarda aylandi.

3. Shuningdek, "Titanik" filmi "Oskar " nominatsiyasi bo'yicha (14 nominatsiya bo'yicha) ikkinchi o’rinni egalladi. Birinchi o’rinda esa  "All About Eve" (1950) filmidir.

4."Oskar" 14 ta nominatsiyasidan tashqari,  birinchi yoki ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor yoki aktrisa nominatsiyalaridan hech birini olmadi.

5."Titanik" ekrandagi namoyishlari boshlanishidan oldin video kasetalari chiqib ulgurgan ilk film edi. 

 6. “Titanik” kemasining burni yo’q edi,  har safar uni suratga olishayotgan paytlarida kompyuter mahsus effektlaridan foydalangan holda suratga olishgan. Bu jarayon arzonga tushmagan va Djeyms Kameron “undan ko’ra kemaning burnini yasaganimiz yaxshi edi” dedi.

7. Film suratga olish ishlari tugaganidan so’ng uning yirik maketini metallonga sotib yuborishgan.

8. Dastlab suv kirish jarayonida , suratga olishda  40 ming galon suvni ko'rish rejalashtirilgan edi.   Biroq, bu yetarli bo’lmadi. Kamerondan gallonni uch barobar ko’paytirishni so’rashdi.  Shundan so'ng, qo'shimcha og'irlikni bartaraf eta olmaydigan sahnaning bir qismini qayta tiklash kerak bo’ldi.

 

9. Kemaning asosiy dekoratsiyasi bilan  gilamlardan tortib qandillar joylashuvi va ko’rinishini xaqiqiy “Titanik” kemasi joylashuvi bilan shug’illangan kompaniya shug’illandi.

10. Filmni suratga olishda ishlatilgan sur’atlar asl nusxalardir. Shunday kartinalardan biri Pablo Pikassoning “Qari gitarist” asaridir. Ushbu asar Parij san’at muzeyi tomonidan suratga olish uchun bajonidil taqdim etilgan. 

 11. Jeyms Kameron tarixga bir oz o’zgartirish kiritdi. Qutqaruv qayiqlariga odamlarni joylash saxnasi tun 1912 yil 15 aprel sanasi oysiz bo’lgan, yulduzlar juda kam yoritganlari bois rejissiyor qanday qilib bo’lsa ham saxnani yoritishi kerak bo’lgan. U qo’shimcha ofitserlarning qo’llariga fanar ushlatgan biroq 1912 yilda ofitserlarda fonar bo’lmagan.

12. Filmda Rozani surati aks ettirilgan asar aynan Jeyms Kameron tomonidan yaratilgan. Kadrdagi qo’llar ham aynan unga tegishli. Jekning albomidagi boshqa rasmlar ham Jeymsning ishlarining natijasidir.

 13. Rozaning suratini chizishdan oldin Jek unga “ana bu yerdagi krovatga mmm…  divanga” deya aytib senariy so’zlarini chalkashtirib yuboradi, aslida esa “divanga yot” deyishi kerak edi.  Biroq Kameronga ushbu ibora ma’qul kelib ohirgi  variantga aynan shu ibora bilan qo'ygan.

 14 . Roza  Jekka sur’ati uchun Ruzvelt surati tushirilgan10 sentlik tangalar to’laydi. Aslida esa bunday tangalar 1946 yilda paydo bo’lgan. 

15. Keyt Wensletning ushbu surati Kameronning mualliflik asari hisoblanadi va ushbu asar auksionda 16 ming dollarga baxolanib sotilgan.  

16. O’z vaqtida Jekning roliga Mettyu Mak Konaxi ham davogar edi. Aslida aynan shu kondedatura birinchi bo’lib ko’rib chiqilgan .

Bundan tashqari Makoley Kalkin ham nomzod sifatida ko’rilgan.

Kristian Beyl ham shu qatorda. Biroq, Kameron birinchi nomzodni rad etdi.  Senariy bo'yicha bosh qahramonlar amerikalik bo’lishlari kerak edi. Kameron Britaniyalik Keyt yetadi deya bosh qahramon qilib Leonardo Di Kaprioni tanladi.   

17.  Kela (Kaledona) roli Maykl Binning shundoqqina qo’llarida edi. Lekin so’ngida Billi Zeynga nasib etdi.

18. "Titanik"  filmida Lindsay Loxan 7 yoshli yo'lovchi Kori Kartmell sifatida paydo bo'lishi kerak edi.  U roli uchun deyarli ma'qullangan edi, lekin so'nggi paytlarda Kameron Lindsayning qizil sochli ekanligiga etibor berib va tomoshabinlar uni Rozaning qarindoshi deb o’ylashlari mumkin deya rad qildi.

Shuning uchun bu rol yosh Aleksandra Ouensga o'tdi.

19.  Robert De Niro "Titanik" sardori Edvard Jon Smitning rolini o'ynashga taklif qilindi, lekin aktyor kasallik bilan og’rib hatto kasalxonada davolanishiga to’g’ri keldi.  Natijada Smitni  Bernard Xillni o'ynadi.

20.  Roza ro’lini Gvinet Peltrou va Kler Djeynslar ham o’ynashlari mumkin edi. Biroq bu rol Keyt Wensletga nasib etdi.

21. Aktrisa Gloriya Styuart senariy bo’yicha 101 yo’shdagi Rozani o’ynayotgan paytda xonimning o’zi 86 yoshda bo’lgan. Aktrisaga yoshini kattaroq qilib ko’rsatish maqsadida qilingan grim unchalik yoqmagan.

U filmda suratga tushganlar ichida “Titanik” kemasi xalokatida 1912 yilda yashagan inson edi.  Bundan tashqari u “Oskar”mukofotining “ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo’yicha qatnashchilar ichida eng Yoshi ulug’i edi. Gloriya Styuart o’sha paytlarda 87 yoshda bo’lgan.

22.  Keyt Wenslet suv to’lgan saxnada  aktyorlar ichida qutqaruv libosini kiyishni hoxlamagan.  Oxir oqibatda kemaning cho’kish jarayonini suratga olish paytida o’pkasini shamollatib qoydi.

23. "Suv" sahnalari suratga olingan ko'llarning chuqurligi taxminan 1metr edi.

24."Titanik" ning xalokatidan keyin suvdan qutqarib olingan yagona ayol "Rose" (Rose Abbott) edi . Ayolning tarjimai holi bilan ekrandagi Roza hikoyasining hech qanday aloqasi yo'q edi, lekin u ham kemaning ko’chib tushgan bo’lagini ushlab o’z hayotini saqlab qolgan. 

25. Roza kema suvga g'arq bo'layotgan paytda kemadan sakrashga xohishsiz tayyor bo’lib turganda , Jek unga  u suvga kirib kelganida his-tuyg'ularni "minglab xanjar tanangizni ag'darib tashlagani " his qilish bilan solishtirish mumkinligini aytadi.  Bu "Titanik" da ishlagan Charlz Litsolderning xotiralaridan olingan. U bu mudhish suvda halokatga uchragan va mo’jizaviy tarzda omon qolgan.

26.Sevishganlar uchun odatga aylangan “Men seni sevaman” so’zini faqatgina Roza film so’ngida bir marotabagina aytadi. Jek esa 3 soatlik film mobaynida umuman ushbu so’zni tilga olmagan. 

27. Kameron Caledon Hockley nomini Kanadadagi Ontario shtatida joylashgan ikkita kichik shaharlardan (Caledon va Hockley) oldi, u yerda Jeyms Kameronning xolasi va amakisi yashaydi.

28. Kemadan suvga qulab tushgan yo’lovchilarning sochlari kiyimlari muzlagan holatini vosk  orqali o’xshatib berdi.  O’gizdan chiqqan parni esa kompyuter yordamida qo’shdi.

29 ."Titanik" bilan to’qnashgan ulkan aysberg  fiberglas va sham bilan qoplangan ko'pikli materialdan tayyorlangan.

30. Maxsus effektlarni yaratishda  Robert Scotak  sovet rejissyori Pavel Klushantsev tomonidan ishlab chiqilgan texnikadan foydalangan. 1997 yilda film “Eng yaxshi maxsus effektlar uchun”  Oskar mukofotiga sazovor bo'ldi.

31. Qaxramonlar asosiy zina oldida to’planadigan o'sha mashxur saxnada katta soat 2:20 ko’rsatardi. Aynan huddi shu vaqt 1912 yil 15 aprelda “Titanik” suv ostida yo’q bo’lib ketgan aniq vaqt.

32. Bir birini quchgan holda kayutada qolgan keksa juflik esingizdami? Xa, aynan shu insonlar aslida ham mavjud bo’lganlar. Ular Ida va Isidor Strauss, Nyu-Yorkdagi do'kon egalari edi.  Ida qayiqchadagi joyga taklif qilindi, lekin u erini tark etishni istamagani uchun rad etdi.  U shunday dedi: "Biz birgalikda yashagan butun hayotimizni birgalikda tark etamiz”.   Filmda ular kabinada ko'rsatildi, u yerda bir birlarini quchoqlashgan holda o’limlarini kutishayotgan edilar. 

33. Bosh zalni suvga to'ldiradigan sahna birinchi navbatdan olinishi  kerak edi, lekin direktor barcha qurilish va mebellarni birdaniga yo'q qilishga to’g’ri kelishini tushundi. Axir hamma narsani qayta tiklab bo’lmas edi.  

34. Roza o’z qaylig’ining yuziga tupuradigan saxna aslida boshqacha bo’lishi kerak edi. Biroq uni Kameron bilan maslaxatlashishgan holda o’zgartirishdi. Aktyor Billi Zeynga esa bu xaqda kadr suratga olinib bo’lingandan so’ng aytishdi. Lekin u “hammasini o’z vaqtida yaxshi tushundi”.  

35. Jek Rozaga tupurishni o'rgatadigan saxnasi ham aktyorlarning improvizatsiyalari bo’lgan.

36. Roza o'z hayotini saqlab qolish uchun Jekka minnatdor bo'lgan sahna ham aktyorlar tomonidan to'liq takrorlanmas improvizatsiyadir.

37. ​​Jekning "Men dunyoning shohiman!" deb baqirgan mashxur  saxnasi ham senariyda bo’lmagan. Ushbu iborani birinchi marta "kino" Titanikning burunida turgan holda aytgan. Kameron buni yoqtirdi va uni filmga qo'shishga qaror qildi.  Keyin ushbu  "Men dunyoning podshohiman"  iborasini Kameron “oskar”ni olgan paytida saxnada gapirdi. 

38. Dvigatel xonasida suratga olishda ishtirok etgan statistlarning bo’yi taxminan 1,5 m balandlikda bo’lgan , bu bilan xonaning bandroq ko’rinishiga erishmoqchi bo’lishgan.  

39. Kameron filmida  qandaydir  qo'shiqni qo'llashga qattiq qarshilik ko'rsatdi.  Shunda  kompozitor Jeyms Horner “ayyorlik” qildi.  Jeymsdan yashirincha u, Villi Jennigs (matn muallifi) va qo'shiqchi Celine Dion bilan birga "My Heart Will Go On"qo'shig'ini yozdi.  Keyinchalik Jeymsga demo lenta topshirildi.  Kameronga  qo'shiq yoqdi va u qo’shiqni film so’ngidagi final matnga  kiritishga qaror qildi.

40.Film qatnashuvchilariga o’zlarini XIX asr odamlaridek tutishlari, o’sha davr odamlariga xos xulq atvor xaqida maruzalar qilindi.  Kameron  iloji boricha ishonchli chiqishi uchun intildi. 

 Biroq, Winslet qahramoni doimo ideal xatti-harakatda emas edi ...

 41. "Titanik" ning quyi qismini tadqiq qilish Rossiya Fanlar Akademiyasi P. P. Shirshov nomidagi Oksikologiya instituti chuqur dengiz uskunalari laboratoriyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook