Yangi 2019 yil uchun munajjimlar bashorati: Kelayotgan yilda sizni qanday hodisalar kutmoqda?
Yangi 2019 yil uchun munajjimlar bashorati: Kelayotgan yilda sizni  qanday hodisalar kutmoqda?
Eshib qoqib kirib kelishga shay turgan yangi yil "Oltin to‘ng‘iz" yili sanaladi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yil uchun taqdim qilinayotgan munajjim bashoratlarida jismoniy, emotsional darajalardagi holat yaxshilanishi, hotirjamlik va pragmatizm va’da etilmoqda.

Mazkur yil insonlarga eski aloqalarning tiklanishi va yangi munosabatlar o‘rnatilishi masalasida ham yordam beradi. 

Astrologlarning aytishlaricha, Oltin to‘ng‘iz unganisbatan g‘ayrat va shijoat namoyon qilgan insonlarga nisbatan ajoyib munosabatda bo‘lish uchun tayyor!  O‘z navbatida o‘zgarishlardan qo‘rqmaydigan insonlar uchun yil davomida qiziqarli hodisalar taqdim etiladi. Mazkur yilning Qisqichbaqa, Chayon hamda Baliq burji vakillari uchun o‘ta omadli kelishi ma’lum qilingan. Bundan tashqari taqdir charxpalagi Buzoq, Yo‘lbars hamda Dalv burji vakillariga ham ajoyib tuhfalarni taqdim qiladi. 

Qo‘y (21 mart - 20 aprel)

 Qo‘y (21 mart - 20 aprel)

Kutilayotgan yil qo‘y burji vakillari uchun betakror imkoniyatlar yili bo‘lishi aytilmoqda. Astrologlar ushbu toifa odamlariga muhabbat, biznes hamda ijodkorlik borasida omad kulib boqishini bashorat qilmoqdalar. Ushbu imkoniyatlar natijasi o‘laroq Qo‘y burji vakillari o‘zlariga nisbatan kattaroq ishonch va qat’iylikka ham ega bo‘lishadi. Bundan tashqari kelgusi yil ular uchun do‘stlar va hamkorlar davrasini kengaytirish uchun ham yaxshi imkon beradi. O‘ziga hos odobi sabab Qo‘y burji vakillari aksariyat holatlarda barchaning diqqat markazida bo‘lib yuradilar.

Mazkur yil davomida ularga barcha jihatdan omad kulishi tahmin qilinmoqda. Faqatgina iqtisodiy masalalar borasida birozgina ehtiyotkor bo‘lishlari lozim. Sababi ushbu yilda ularning katta miqdordagi pul bilan ishlash holatlari ko‘p bo‘ladi. 

Buzoq (21 aprel - 20 may)

Buzoq (21 aprel - 20 may)

2019 yilda Buzoq burji vakillari o‘z oilalariga nisbatan imkon qadar ko‘proq diqqat qaratishlari, farzandlarning ta’lim olishi, xonadonning qulay bo‘lishi va turmush o‘rtoqlarining baxtliroq insonga aylanishi uchun harakat qilishlari lozim. Ushbu yil ularga oilaviy jabhada katta o‘zgarishlar bilan keladi. Hali o‘z yorini uchratib ulgurmagan Buzoq burji vakillari esa yaqinlari va do‘stlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazib turishlari kerak. Bahor faslida esa ish borasida, xususan rahbariyat bilan o‘zaro tushunmovchilik kelib chiqishi mumkin.

Mazkur holatga qaramasdan kelgusi yilda Buzoq burji vakillarini biznes hamda shaxsiy munosabatlarga doir katta omadlar kutadi.

Egizaklar (21 may - 21 iyun)

Egizaklar (21 may - 21 iyun)

Ushbu burj vakillari o‘zlaridagi mehnatsevarlik, tahlil qilish qobiliyati va ma’suliyat hissi sharofati bilan 2019 yilda barcha sohalarda katta muvaffaqiyatga erishadilar. Muhabbat, biznes, oila borasida ham ularga omad kulib boqishi bashorat qilinmoqda. Kelgusi yilning ilk oylaridan boshlab uldar o‘zlarining o‘tgan yildan qolib ketgan muammolarini osonlik bilan hal qilishadi va yangi rejalarni amalga oshirish uchun tayyor holatga keladilar.

Iqtisodiy sohadagi yutuqlar sabab turli-tuman tovlamachilarning asosiy o‘ljasiga ham aylanishlari mumkin. Shu sababli munajjimlar ularga diqqatli va ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilmoqdalar. Bu kabi ogohlik sizga har bir sohada kerak bo‘lishi tayin. 2019 yilda o‘z juftini topmagan insonlar  u bilan uchrashish baxtiga musharraf bo‘ladilar.

 

Qisqichbaqa (22 iyun - 22 iyul)

Qisqichbaqa (22 iyun - 22 iyul)

Аgarsiz ham mazkur burj vakili bo‘lsangiz, kelgusi yilda eng avvalo salomatligingizga diqqat qaratishni tavsiya etamiz. Bu yilda boshqalar haqida emas, faqat va faqat o‘zingiz haqingizda qayg‘urishingiz kerak. Bu o‘rinda kundalik turmush tarzini qaytadan ko‘rib chiqish ham zarar qilmaydi. Yangi yil sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri taomlanish jarayonini boshlash uchun ajoyib imkoniyat hamdir! Bundan tashqari mazkur yil yorqin tassurotlarga ham boy bo‘lishi kutilmoqda. Pul masalasiga bog‘liq muammolarning barchasi o‘z-o‘zidan yechim topadi, sababi "Oltin to‘ng‘iz" yili iqtisodiy jabhadagi muvaffaqiyatlar bilan sizni quvontirish uchun shay turibdi. 

Bundan tashqari astrologlar 2019 yilda yaqinlaringiz va oila a’zolaringizga ko‘proq e’tibor berishni tavsiya qiladilar.

 

Sher (23 iyun 23 avgust)

Sher (23 iyun 23 avgust)

Agar kelgusi yilda barcha sohalarning markaziy qismida bo‘lishdan qo‘rqmasangiz, omad sizga haqiqatan kulib boqadi. Shunindek munajjimlar mazkur burj vakilariga ichki rivojlanish hamda barchaning diqqat markazida bo‘lish imkonini ham bashorat qilmoqdalar.

Sizdagi tabiiy jozibadorlik yuqori darajada bo‘ladi, ammo shunga qaramasdan salbiy hissiyotlardan himoyada bo‘lishingiz kerak. Boisi ushbu emotsiyalar tashqi tomondan sizga kattagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.2019 yilga yelib sizdagi xushmuolamalik va mehribonlik sifatlari har doimgidan ham foydali ko‘rinish oladi.

Umumiy qilib aytganda, mazkur yil  Sher burji vakillari uchun omadli va samarali bo‘lishi, yangi tanishuvlar va takliflar yiliga aylanishi kutilmoqda.

 

Sunbula (24 avgust - 23 sentyabr)

Sunbula (24 avgust - 23 sentyabr)

2019 yil Sunbula burji vakillari uchun omad yili bo‘lishi kutilmoqda. Ajoyib imkoniyalar sizga doim g‘ayratli bo‘lish va dangasalik bilan kurashish uchun yordam beradi. Kelgusida yilda sizni juda-juda ko‘p ishlar kutmoqda. Shu sababli ham munajjimlar doimiy ravishda qat’iyat ko‘rsatish va hech bir imkonni qo‘ldan boy bermaslik uchun e’tiborli bo‘lishni tavsiya qilmoqdalar.

Muhabbat masalasiga keladigan bo‘lsak, haddan tashqari quvnoq ham, oddiy bo‘lishingiz ham tavsiya etilmaydi. Bu o‘rinda oltin o‘rtalikni topib olish juda muhim. Yil davomida oshiqlaringiz soni ko‘payib boradi. Bundan tashqari iqtisodiy masalalarga ham jiddiy yondoshgan holatda o‘z istaklaringizni bir chetga surib qo‘yishingiz ham kerak. 

Tarozi (24 sentyabr -23 oktyabr)

Tarozi (24 sentyabr -23 oktyabr)

Kam o‘ylaymiz - ko‘p ishlaymiz! Bu siz uchun 2019 yildagi jarayonlar shiori bo‘lishi kerak! Sababi yil davomidagi imkoniyatlaringiz shunchalar ko‘p bo‘ladiki, ularni tanlash borasida o‘ylanib o‘tirishga vaqtingiz ham yetmaydi. Ammo bu ogohlikni qo‘ldan boy berish kerak degani ham emas.  Sababi u hech qachon hech kimga ortiqchalik qilmaydi.

Yil davomida ish va biznes borasida ko‘plab jiddiy takliflar olishingiz mumkin. 2019 yilda oila va yaqinlar davrasidagi ajoyib muloqotlardan imkon qadar ko‘proq bahramand bo‘lishingiz kerak. 

Chayon (24 oktyabr - 22 noyabr)

Chayon (24 oktyabr - 22 noyabr)

Kutilayotgan 2019 yil mazkur burj vakillari uchun omadli va samarali bo‘lishi kutilyapti. Chayon burji vakillarining barcha ijobiy sifatlari 2019 yilda maksimal darajada faollashadi. Ular o‘z qarshisida turgan to‘siqlarni yengish uchun yana va yana kuchli bo‘lib boraveradilar. Umumiy qilib aytganda, yil omadli keladi, burj vakillari esa doim g‘ayratli, faol va omadli bo‘lib yuradilar.

Shaxsiy hayot masalasida esa bu kabi omadli hodisalar kamroq bo‘lishi mumkin. Astrologlar fikriga ko‘ra, insonlardan imkonsiz narsalarni talab qilmaslik orqali ular o‘z yorlarini osonroq topish imkoniga ega bo‘ladilar. 

O‘qotar (23 noyabr - 21 dekabr)

O‘qotar (23 noyabr - 21 dekabr)

Kelgusi yil siz uchun emotsional uyg‘onishlar va ijobiy o'zgarishlar davri bo‘ladi. Bu yilda yoqimli hayajonlar bilan ko‘p bor to‘qnash kelishingiz ham bashorat qilingan. Shahsiy hayotdagi omad hissi professional jabhadagi ishlaringizni ortda qoldiradi. 2018 yildan farqli ravishda 2019 yilda asosiy e’tiborni karyera hamda atrofdagi yaqinlaringizga qaratishingiz kerak. Munajjimlar bu yilda ish va karyera borasida katta o‘zgarishlar bo‘lmasligini aytib o‘tishgan.

Bu o‘rinda kerakli qarorlar qabul qilish va kirishimli ekanligingiz qo‘l keladi. Yil davomida yangi do‘stlar va hamkorlar bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘yasiz. Paydo bo‘lgan har qanday g‘oya tez fursatda amalga oshish uchun imkoniyatlarni ham paydo qiladi.

 

Tog‘ echkisi (22 dekabr - 20 yanvar)

Tog‘ echkisi (22 dekabr - 20 yanvar)

Kelgusi yil Tog‘ echkisi burji vakillari uchun yoqimli tasodiflarga boy bo‘ladi. Kutilmagan takliflar iqtisodiy sohada ham, shahsiy hayotda ham sizni hayron qilib qo‘yadi. Bundan tashqari mazkur yil yangi tanishuvlarga boy bo‘lishi, bu esa ish masalasidagi ajoyib imkoniyatlarni berishi kutilmoqda. 2019 yilda barcha sohalarda muvaffaqiyat qozonishingiz uchun katta va qulay imkoniyatlar beriladi.

Astrologlar bukabi samaradorlik va yangiliklar salomatligingizga zarar yetkazib qo‘yishidan havotirdalar. Shu sababli ham ish bilan ovora bo‘lish jarayonida sog‘liqqa ham vaqt ajratib turishni unutmang.

Qovg'a (21 yanvar - 20 fevral)

Qovg'a (21 yanvar - 20 fevral)

Mazkur yil davomida fe’l-atforingizdagi ko‘plab sifatlar tufayli kichik muammolarga to‘qnash kelasiz, ammo ularni yaqinlaringiz vositasida hal qilishingiz mumkin bo‘ladi. Shunga qaramasdan, yil davomida bir bora bo‘lsa ham zerikmasligingiz kafolatlanadi. Munajjimlar kelgusi yilning qiziqarli hodisalar va yorqin taassuortlarga boy bo‘lishini bashorat qilganlar.

Pozitiv kayfiyat ko‘plab odamlar bilan tanishishingiz uchun sabab bo‘ladi. Yil davomida do‘stlaringiz va yaqinlaringiz davrasida hotirjam hayot kechirasiz.

Baliq (21 fevral - 20 mart)

Baliq (21 fevral - 20 mart)

Munajjimlar fikriga ko‘ra, kelgusi yilni o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish uchun sarf qilasiz. Foydasiz illyuziyalardan nariroqda bo‘lsangiz, muvaffaqiyatga erishishingiz ham kafotlatlanadi. Ijodiy imkoniyalaringizni namoyon qilish uchun ham qulay palla yaqinlashib kelmoqda. Yangi g‘oyalar esa rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Garchi kelgusi yilning iqtisodiy jihatdan omadli bo‘lishi aytilsa-da ogohlikni qo‘ldan boy bermang va pulni bekorchi narsalar uchun sarflamang. Yil davomida katta va foydali haridlar qilishingiz aytib o‘tilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook