просмотров
Pishloqli buterbrod
Diyetalog-olimlarning ta’kidlashlaricha, kraxmalga boy non bilan tarkibida oqsil bo’lgan pishloq inson organizmi uchun yaxshi ta’sir qilmaydi. Bu mahsulotlarning so’rilishi uchun turli xil fermentlar zarur bo’ladi. Buterbrod oshqozonga tushishi bilanoq pishloqning oqsili birinchi navbatda hazm bo’la boshlaydi. Nonning kraxmali esa fermentlar ta’sirida chiriy boshlaydi.
Go’sht va kartoshkali taom
Bu ham keng tarqalgan taom. Uglevod va oqsillar bitta oshqozonga tushgandan keyin ularning hazm bo’lishi qiyinlashadi. Go’shtdagi oqsil oshqozon osti bezi ishlab chiqaruvchi kislota ta’sirida, kartoshkadagi uglevodlar esa ishqoriy ta’sirga ega bo’lgan so’lak fermentlari ta’sirida ichakda hazm bo’la boshlaydi. Ma’lumki, ishqor va kislota neytral muhitni yaratadi, demak, hazm qilish jarayoni ham juda sekinlashadi.
Bodring va pomidorli salat
Pomidor va bodringli salat ham har qanday bayram dasturxonining bezagi. Biroq kimyo qonuniga ko’ra, pomidordagi kislota bilan bodringdagi ishqor bir-biriga to’g’ri kelmaydi. To bodring hazm bo’la boshlaguncha, pomidorlar ivib, qorinni dam qiladi. Bundan tashqari, bodring tarkibida pomidordagi vitamin C ni yemirib yuboruvchi ferment bor.
Mevali desert
Har bir bayram dasturxoniga mevalar ham albatta tortiladi va odat bo’yicha ovqatdan keyin iste’mol qilinadi. Biroq diyetologlarning ta’kidlashlaricha, mevalarni ovqatdan keyin emas, alohida yengil tamaddi sifatida qabul qilish lozim. Mevalar xillariga qarab, 30-60 daqiqa davomida hazm bo’la boshlaydi. Og’ir va issiq taomlarning hazm bo’lishi esa ko’p vaqtni talab etadi. Shunday ekan, ovqatdan keyin qabul qilingan mevalar o’zlarining navbatini kutib, hazm bo’lishga ulgurmay, oshqozonning o’zidayoq chiriy boshlaydi.
Сообщения из Facebook