Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yoz fasli hamisha intiqlik bilan kutiladi. Bolalarda yozgi kanikul boshlanadi, kattalar esa ishdan ta’tilga chiqadilar. G’animat yoz faslini foyda bilan o’tkazish va imkon qadar sayohatga chiqish zarur. Serquyosh O’zbekistonimizning sayohat qiladigan joylari va dam olish maskanlari serob. Biroq ba’zi odamlar yozgi ta’til vaqtida chet elga sayohat qilishni, dengiz bo’yida hordiq chiqarishni xohlaydilar.

Malaziya davlatida joylashgan mashhur Petronas minoralariyu, Langkavidagi Osmon ko’prigini, sirli Perxetianlaru, Borneo orollarini kim ham ko’rishni istamaydi deysiz?

Malaziyada yil bo’yi issiq bo’lib, quyosh charaqlab turadi. Shuning uchun bu yerning ob-havosi mavsumlarga bo’linmaydi, qishin yozin bir xil qulaylikda dam olish mumkin. Birgina salbiy tomoni yuqori darajadagi namlik bo’lishi mumkin.

Malaziyaga yozda dam olishni xohlaganlarga Janubi-Xitoy dengizidagi orollarga (Tioman, Borneo, Pedang, Perxetiana) borish tavsiya etiladi. Yoz fasli bu yerdagi plyajda hordiq chiqarish va dayving bilan shug’ullanish uchun ajoyib davrdir. Ayniqsa Redang va Perxentiana orollari. Qishki mavsumda bu orollar turistlar uchun yopiladi, ammo suv osti olamining tabiati va boyliklari bu yerga kelib, ularni ko’rishga arziydi.

Hind okeanidagi Penang va Langkavi orollariga esa yozda boorish tavsiya etilmaydi. Chunki bu davrda bu yerda yog’ingarchiliklar ko’p bo’ladi. Ammo eng katta xavfni yozda meduzalar keltirib chiqaradi.

Mashhur yo’nalishlar: Tioman, Borneo oroli, Perxetian oroli, Redang.

14.AQSH

14.AQSH

AQSH katta mamlakat, bu yerga tashrif buyurgan har bir sayyoh o’ziga nimanidir tanlaydi: ulkan megapolislar va milliy bog’lar, qoyilmaqom Florida hamda unutilmas Gavayi orollari, hamisha sergavjum Las Vegas va jozibador Los Anjeles.

AQSH da yozni ocean bo’yida o’tgazgan afzal, Tinch okeanmi, Atlantika okeanimi, farqi yo’q. Unisi ham, bunisi ham dam olish uchun juda ajoyib joylardir! Kaliforniya, Florida va Gavayi esa ushbu mamlakatdagi dam olish uchun eng qulay maskandir!

Mashhur kurortlar: Gavayi orollari, Kaliforniya (Malibu, Santa Monika, San Diyego), Florida (Mayami, Ki Vest, Fort Loderdeyl) va boshqalar.

15.Singapur

15.Singapur

XXII asrning eng ajoyib shahar mamlakati! Mashhur o’yin-kulgu va sayr-tomosha oroli – Sentoza oroli hamda Singapurning boshqa plyajlari aynan ana shu yerda joylashgan. Singapurning iqlimi qo’shni Malaziya hamda Indoneziya mamlakatlarinikiga o’xshaydi. Yil bo’yi havo harorati bitta ko’rsatkichda turadi. Ammo yozda havo baribir issiq bo’ladi! Bunday paytda bu yerda faqatgina zajirama issiqdan qo’rqmaydigan sayyohlargina dam olishlari mumkin. Iyun oyi eng issiq oy hisoblanadi, iyul oyida esa tinmay tropic yomg’ir yog’adi. Agar sizni yurak va qon-tomir kasalliklari bezovta qilmasa, yozda bemalol Gingapurga otlanishingiz mumkin.

16.Tunis

16.Tunis

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook