просмотров
Tunis mamlakati arab koloriti bilan Yevropa servisi uyg’unlashgan diyordir. Bu yerda siz Sahroi Kabirning oltin qumlari bilan birgalikda O’rta Yer dengizining moviy suvlarini ko’rishingiz mumkin. Yozda bu yer juda issiq va quruq. Bu issiqni faqatgina sohil bo’yida ko’tarish mumkin, sahroga esa oyoq ham bosib bo’lmaydi – u yerda chidab bo’lmaydigan jazirama. Dam olish uchun eng qulay oy iyun oyidir. Iyul oyida esa havo harorati +35 darajadan oshib ketishiga qaramasdan Tunisning barcha plyajlari sayyohlar bilan to’lib ketadi va tabiiyki narx-navo ham ko’tariladi. Ammo eng issiq oy bu avgustdir, havo harorati +50 dan ham oshib ketadi. Yana bir yomon tomoni bu davrda Tunis qirg’oqlartiga meduzalar suzib kelishidir. Meduzalar tishlab olishi mumkin, bu og’riq beradi, ammo hayot uchun xavfli emas. Meduza tishlarining izi bir oydan keyingina so’rilib ketadi. Yaxshiyamki, O’rta Yer dengizining bu jonivorlari har yili yoki har kuni odamlarga hujum qilmaydi, bunday hodisalar kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi.
Mashhur kurortlar: Hammamet, Monastir, Suss, Jabra oroli, Mahdiya.
17.Turkiya
Sayohat uchun eng ommabop mamlakatlardan biridir. Kurortlar bu yerda juda ko’p, narxlar esa hamyonbop. Turkiyada ham yoz oyio kurort mavsumi hisoblanadi. Iyun oyi havo ancha qulay bo’ladi, narx-navo ham hali ko’tarilmagan bo’ladi. Iyul, avgust oylariga kelib kunlar qizib ketadi, havo harorati +40 darajagacha ko’tarilishi mumkin. Biroq shunga qaramasdan bu davrda ba’zi kurortlarning narxi yuqoriligacha qolaveradi.
Turkiya sivilizatsiyalashgan mamlakat bo’lgani bilan, Ramazon oyi ro’zasidan keyin bu yerda sayohat qilish huddi BAA, Misr, Marokash, Tunis va Iordaniyadagi kabi o’tadi. Ramazon oyida ko’pgina muassasalari, kafe va transportlar to’liq bo’lmagan ish kunida ishlaydilar. Ramazon oyi tugashi bilanoq hamma dinidan qat’iy nazar dam olishga oshiqadilar. Bu paytd mehmonxonalarning narxi oshib ketadi, aviachiptalar ancha oldin sotib bo’linadi, plyajlar esa odamlar bilan to’lib-toshib ketadi.
Mashhur kurortlar: Alaniya, Antaliya, Kamar, Balak, Marmaris, Bodrum va boshqalar.
18.Frantsiya
Frantsiya – bu muhabbat shahri bo’lmish Parij, mashhur Moviy qirg’oq, degani, chiroyli manzara va romantika mamlakatidir! Frantsiyada yozda havo iliq va juda qulay. Bu paytda fransuz Rivyerasi yoki Atlantika sohil bo’yida dam olish uchun boorish kerak. Parijda havo juda qulay bo’ladi, Disneylend esa 22.00 gacha ishlaydi.
Frantsiyada yozda dam olish juda ommalashgan, narx-navolar ham iyun oyidan boshlab ko’tarila boshlaydi. Iyul oyi mavsumning eng qizg’in pallasidir, bu davrda bu yerda turli festivallar o’tkaziladi va do’konlarda chegirmalar boshlanadi. Avgust oyida Atlantika sohilbo’yida havo sovuqlasha boradi. Moviy q’irg’oqda esa turistlar turistlar soni kamaymaydi. Yozning oxiriga kelib, vinochilik bayramlari boshlanadi, bu ajoyib ichimlikni ta’tib ko’rish uchun qulay imkoniyatdir.
Mashhur kurortlar: O’rta Yer dengizida – Moviy qirg’oq (Nitssa, Antib, Sen Trope, Kann va boshqalar)
Atlantik sohil bo’yida – Akvitaniya, Bretan, Normandiya
Korsika oroli
Сообщения из Facebook