просмотров
1. Xeyli Biberning sevimli ichimligi fundukli frappuchino hisoblanadi.
2. Jastin Biber rafiqasi uchun go‘zallik timsoli - Margo Robbidir.
3. Xeyli o‘z vaqtida balerina bo‘lishni orzu qilgan. Amerika Balet teatr maktabida ushbu raqs turidan saboq olgan va oyoq sohasidan jarohat olgani sababli ham raqsdan voz kechishga majbur bo‘lgan.
4. Modellik faoliyatini 2014 yildan boshlagan.
5. Biberning sevimli sport turi boks bo‘lib, bir necha yil avval mazkur sport turi bilan shug‘ullangan va uni raqsga qiyoslagan.
6. U professional model sifatida ovqatlanish sifatiga juda ko‘p e’tibor beradi va hech qachon fast-fud iste’mol qilmaydi.
7. Uning sevimli xonandasi Adel bo‘lib, xonandaning qo‘shiqlari uni ko‘z yosh to‘kishga majbur qilar ekan.
8. Xeyli jinsi shimlarini qaychi bilan qo‘lbola usulda o‘zi kesib olishni yaxshi ko‘radi.
9. Xeyli Jastin Biber bilan 2009 yilda tanishib qolgan. Uning otasi Stiven Bolduin o‘z qizini "Today Show"ga olib boradi va bo‘lg‘usi juftlik shu yerda ilk bor to‘qnash keladilar.
10. Xeyli 8 sinfdan keyin maktabga bormagan va o‘qishni uyida davom ettirgan.
Сообщения из Facebook