Zaytun yog’i va uning foydali jihatlari haqida
Zaytun yog’i va uning foydali jihatlari haqida
Zaytun yog’i qadim zamonlardan beri eng foydali mahsulot sifatida tan olingan. Olimlarning aniqlashicha, zaytun daraxtining vatani qadimgi Misr bo’lib, misrliklar uni sexrli daraxt deya e’zozlashgan.

Foydasi

Zaytun yog’i antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga boy bo’lganligi sabab uni “suyuq oltin” deya atashgan. Shuningdek, u suyak hamda mushak to’qimalarini, ichak devorlarini mustaxkamlashga yordam beradi. 

Zaytun yog’i E vitaminiga boy bo’lib, qanday holatda iste’mol qilinishidan qat’i nazar oshqozonda gastrit va yara paydo bo’lishini oldini oladi. Bundan tashqari, yog’ tarkibidagi xlor ichak faoliyatini yaxshilaydi.

Zaytun yog’i boshqa o’simlik yog’lariga nisbatan inson organizmidan yengil so’rilib, uni doimiy iste’mol qilishlik arterial bosimni me'yorlashtiradi.

Zaytun yog’i kalsiyga boy bo’lib, uni bolalar ovqatiga qo’shib berish ancha foydali. Mahsulot tarkibida lanolin kislotasi mavjudligi bois, jaroxat va kuygan joylarga surtilsa, tez bitadi.

Go’zallik maqsadida

Zaytun yog’i nafaqat tibbiyotda balki kosmetologiyada ham keng qo’llaniladi. Undan turli krem, surtmalar hamda yuz, soch va teri uchun turli balzamlar tayyorlanadi.

Qadimda ayollar zaytun yog’idan yuz tozalovchi va yallig’lanishga qarshi vosita sifatida foydalanishgan. Yog’ tarkibidagi fenol moddasi teri qarishini sekinlashtirib, uni yumshoq va mayin qiladi.

Zarari

Zaytun yog’ini o’t pufagi yallig’langanda, ya’ni xolesistitda iste’mol qilmagan ma’qul, sababi, yog’ kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.

Aksariyat dietologlar zaytun yog’ini bir kunda 2 oshqoshiqdan ko’p iste’mol qilmaslik kerak, deya ta’kidlaydilar. Chunki u yuqori kaloriyali bo’lib, 100 gr. zaytun yog’ida 900 kaloriya mavjud. Zaytun yog’ini hech qanday termik ishlovlarsiz iste’mol qilish kerak, shunda uning foydasi yaqqol seziladi.

Zaytun yog’i qanday tanlanadi?

Zaytun yog’i ikki xil- rafinadlangan va rafinadlanmagan turda bo’ladi. Barcha foydali moddalar ozroq qizdirilgan va rafinadlanmagan yog’da mavjud.

Mahsulotni sotib olayotganda uning ishlab chiqarilgan sanansiga e’tibor bering, chunki yog’ tarkibidagi foydali moddalar 5 oy davomida saqlanadi, xolos.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook