просмотров
Bosh rol ijrochilari tomoshabinlarni qahramonlar bilan birga yashash, ular bilan g‘am chekish, ular bilan birgalikda shodlanishga unday olganlar.
Fikret Kushkon (Ogoh Karachay)
Fikret Kushkon 13 yoshlik paytlarida otasidan ayrilib qoladi. Oilasi esa Tokat shahriga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi. Oradan uchyil vaqt o‘tib bo‘lg‘usi ijodkor tahsil olish uchun Istanbulga qaytib keladi. Aktyor ikki marta uylangan. Birinchi rafiqasi bilan ajrashgan, ikkinchi rafiqasi bilan besh yildan beri baxtli hayot kechirib kelmoqda. Fikret Kushkon “Eng yaxshi aktyor” sifatida turk kino mukofotini uch marta qo‘lga kiritgan.
Mine Tugay (Sheniz Karachay)
Aktrisaning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar ko‘pemas. Ma’lum bo‘lgani, Mine oila qurmagan va hozircha farzandlari yo‘q.
Mine Tugay yoga bilan shug‘ullanadi, kasbini esa judayaxshi ko‘radi. Aktrisa bo‘lish istagi Mineni bolalikdan tinch qo‘ymas edi. U kollejda o‘qib yurgan vaqtlaridan beri namoyishlarda ishtirok etardi. Kollejni tamomlagan qiz konservatoriyaga o‘qishga kirdi, aktyorlik mahorati fakultetini tamomlab, teatr va kino aktrisasiga aylandi. Ijodkor 2009 yilda eng muvaffaqiyatli aktrisa deya e’tirof etilgan.
Deniz Ugur (Saxar)
Iqtidorli aktrisa, ssenariynavis va go‘zal ayol Deniz Ugur bir necha o‘nlab film hamda seriallarda suratga tushgan, shu bilan birga teatrda ham faoliyat olib boradi. Deniz Ugurning hayoti ayanchli hodisalarga to‘la. Bo‘lg‘usi aktrisaning onasi balerina, otasi esa opera xonandasi bo‘lgan. Shu sababli uning kelgusida aktrisa bo‘lishi aniq edi. Qiz juda yosh turmushgachiqqan, oradan uch yil o‘tib esa ajrashgan. Bir necha yildan keyin turmushga chiqqan aktrisa juda baxtli yashayotgandi, ammo ikkinchi eri fojiali tarzda halok bo‘ladi. Uchinchi bor turmushga chiqib, ajrashganida esa eri uning o‘z farzandlari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qiladi. Tez orada aktrisa saraton kasalligiga chalinadi. 2012 yilda muvaffaqiyatli operatsiyani boshdan kechirgan ijodkor ayni vaqtda ijod bilan mashg‘ul.
Ozan Dolunay (Jenk Karachay)
Ozan Dolunay serialdagi qahramoni kabi Turkiyaga AQSHdan tahsil olib qaytgan. Aktyor 1991 yilda dunyoga kelgan, ayni vaqtda yoshi 30 ga yaqin kelib qolgan bo‘lishiga qaramay, oila qurish haqida o‘ylaganicha yo‘q. Ammo, muxlisalari va oshiqlari son-sanoq bilmaydi.
Berker Gyuven (Nedim Karachay)
Berker Gyuven 1994 yili Turkiyaning Izmir shahrida dunyoga kelgan. Aktyor “Zolim Istanbul” filmi bilan bir qatorda “Vatanim sensan” filmida Aleksey rolini ijro etgan.
Sera Kutlubey (Jemre)
1994 yilda Anqarada dunyoga kelgan Sera Kutlubey ilk bor 2016 yilda “Qahrabo” filmida o‘zining debyut rolini ijro etgan. Aktrisaning kelajagi porloq ekani tahmin qilinmoqda. Sera aktrisalik bilan bir qatorda modellik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
Bahor Shaxin (Jeren)
Aktrisa 1997 yilda Artvinda dunyoga kelgan. Bahor talabalik yillaridanoq o‘zini daromad bilan ta’minlash uchun ishlashni boshlagan. Qizning ota-onasi 14 yoshlik paytlarida ajrashib ketgan edilar. Yosh ijodkor murakkab ruhiy holatda ekanligiga qaramay, karyera qilish va kino olamida muvaffaqiyatga erishishni uddalay oldi.
Сообщения из Facebook