Derrik Lin ishda bo’lganida qo’l ostidagi jihozlar bilan o’zini ovutadi. Zerikib ketganida u quvnoq miniatyuralar yaratadi, va ularni “miniatyurali ofis” deb ataydi.
“Men reklamada ishlayman, mening har kunim odatda turlicha va kutilmagan holda o’tadi. Men stress ustun bo’lib qolishiga yo’l qo’ymayman, shuning uchun jahlni ijobiy tomonga o’giraman va miniatyuralarni yarataman” – deydi Derrik.
Materiallar sifatida u kitoblar, bloknotlar, ruchka, qalam va qistirgichlarni – umuman olganda, oddiy ofis ishchisi stoli ustida nima topish mumkin bo’lsa, o’shalarni ishlatadi. Suratlarni u stol usti lampasi yorug’ligi ostida iPhone ga oladi.
Сообщения из Facebook