просмотров
Kamoliddin Behzod - Buyuk miniatyurachi musavvir
Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori - Kamoliddin Behzod - Hirot miniatyura maktabi asoschisi, muzahhiblarning yetakchisi va ustozi bol'gan.
Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Kamoliddinn Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqoshoʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, unirivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan ekan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad kabi xattotlar ijod bilan band boʻlganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda — Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan.
Kamoliddind Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487- yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga aylangan. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behzod" yoki "Behzod akademiyasi" deb ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod bilan band boʻdgn, koʻplab moʻtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qilgan, maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining — Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrai kushoylarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi.
Kamoliddin Bekzod
(1455 yil — Hirot shahri, Temuriylar davlati — 1536 yil - Hirot shahri, Safaviylar davlati)
1507—10 yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil Hirot shahri safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun Behzodni oʻz saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behzod katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda Behzod Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, Behzod hayotining oxirida ona shaxri - Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Koʻhi Muxtorning (hozirgi Afg'oniston hududida) xushmanzara joyida joylashgan.
Oʻrta Sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab bergan Behzod ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Behzod oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular oʻzaro uygʻun. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va taʼsirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis ishlangan. Portretlarida inson maʼnaviy qiyofasi, ruhi, his-tuygʻulari, xulq-atvorini aks ettirishga ahamiyat bergan.
Kamoliddind Behzod (chapda) va Muhammad Shayboniyxon
Saʼdiyning "Boʻston" asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) rasmlari, Attorning "Mantiq-ut-tayr" asari qoʻlyozmasiga (1483, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-yil chizilgan rasmlar, Navoiyning "Hamsa" qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning "Paygʻambar oʻz sahobalaribilan", "Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda", "Moniy Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda" va boshqa miniatyuralar Behzodga nisbat beriladi. Saʼdiyning "Boʻston" asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan, naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan) —12 rasmdan 6 tasida Behzodning imzosi bor: "Sulton Husayn saroyida ziyofat" (qoʻsh rasm), "Doro va otboqarlar", "Masjiddagi bahs", "Olimlar suhbati", "Zulayhoning Yusufga iltijosi" nomli rasmlar Behzod tomonidan yaratilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins universitetida) xattot Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8tasi (15-asr 90-yillari) Behzod asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda Samarqanddagi Bibixonim masjidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining xattot Sulton Muhammad Nur koʻchirgan nusxasiga (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) Behzod rasmlar chizgan.
Сообщения из Facebook