2019 yilda vafot etgan o’zbekitonlik mashhurlar
2019 yilda vafot etgan o’zbekitonlik mashhurlar
Ketayotgan 2019 yil har birimizning hayotimizda o’ziga yarasha iz qoldirdi va ko’pgina yaxshiliklar olib keldi, albatta. Eski yilni kuzatar ekanmiz, shu yil mobaynida oramizdan ketgan mashhurlarni eslab o’tishni lozim topdik.

Rustam Ubaydullayev

Rustam Ubaydullayev

2019 yilning 9 yanvar kuni Doston Ubaydullayevning otasi – taniqli san’atkor, mashhur doirachi Rustam Ubaydullayev 66 yoshida vafot etdi.

Rustam Ubaydullayev 1952 yilning 2 sentyabr kuni Toshkent shahrida tug’ilgan. Doira san’ati ustasi bo’lgan. 

Dilbar Abdulazizova

Dilbar Abdulazizova

2019yil 15 mart kuni O’zbekiston davlat Yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, O’zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. 

Damir Salimov

Damir Salimov

2019 yil 29 mart kuni taniqli rejissyor Damir Salimov 82 yoshida vafot etdi.

Damir Salimov 1937 yilda Samarqandda tavallud topgan.1960 yilda Butunittifoq kinomatografiya institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. Ko’pgina badiiy filmlar hamda bir necha hujjatli filmlarga rejissyorlik qilgan. “Shum bola”, “Yo’ldosh Oxunboboyev” shular jumlasidan.

Mirg'iyos Soatov

Mirg'iyos Soatov

2019 yil 9 may kuni To’ti Yusupovaning turmush o’rtog’i, dublyaj ustasi Mirg’iyos Soatov 88 yoshida olamdan o’tdi.

Yayra Abdullayeva

Yayra Abdullayeva

2019 yil 14 may kuni O’zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi.

Yayra Abdullayeva 1930 yil 14 avgust kuni Toshkent shahrida tug’ilgan. U ko’p yillar davomida O’zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib keldi. 1964 yilda O’zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo’ldi. 1998 yilda “Do’stlik” nishoni, 2011 yilda esa “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Tohir Malik

Tohir Malik

2019 yil 16 may kuni O’zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 72 yoshida vafot etdi.

Asl ismi Tohir Abdumalikovich Habilov, 1946 yil 27dekabr kuni Toshkentda tug’ilgan. 2002 yilda O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni bilan taqdirlangan.

Ortiq Otajonov

Ortiq Otajonov

2019 yil 19 may kuni O’zbekiston, Qoraqalpog’iston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi.

Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvar kuni Xorazm viloyatining Bog’ot tumanida tavallud topgan. 1991 yilda O’zbekiston, 1993yilda esa Qoraqalpog’iston hamda Turkmaniston xalq artisti unvonlariga sazovor bo’ldi. 

Gulbahor Yo'ldosheva

Gulbahor Yo'ldosheva

2019 yil 12 iyun kuni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, aktrisa Gulbahor Yo’ldosheva 60 yoshida vafot etdi.

Gulbahor Yo’ldosheva 1958 yilda tug’ilgan, 2012 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist unvoniga sazovor bo’lgan edi. 

Gavhar Sharipova

Gavhar Sharipova

2019 yil 19 noyabr kuni aktrisa Gavhar Sharipova 39 yoshida vafot etdi.

Gavhar Sharipova 1980 yil Navoiy shahrida tug'ilgan. 2001 yilda O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat oliygohining drama-teatr va kino aktyorligi yo'nalishini tamomlagan.  

Tohir Miraliyev

Tohir Miraliyev

2019 yil 5 dekabr kuni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Tohir Miraliyev vafot etdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook