Qanday poyabzal kiyishni yoqtirasiz?

Bunday poshna kiyishni yoqtiruvchi ayolar barchaning diqqat-eʼtiborida boʻlishni yoqtiruvchilar sirasiga kiradi. Ular birmuncha injiq, tantiq boʻlib, koʻpincha biror narsaga erishish uchun ayollik latofatidan ustalik bilan foydalanadilar. Bu ayollar yuzaki oʻylaydiganlar hilidan, lekin biror qarorga kelishlarida bu qusur unchalik bilinmaydi.

Baletkalarni sevib kiyadigan ayollarimiz yoqimtoy, ammo biroz zerikarli tuyuladilar. Bolalik hotiralari, bolalarga hos feʼl-atvordan voz kechishga shoshilmaydilar. Samimiy koʻringanlari bilan juda odamovi, begonalarni oʻzlariga yaqinlashtirmaydilar. Ular juda eʼtiborli, kuzatuvchan, ziyrak, bagʻrikeng, shu bilan birga, modani juda yaxshi tushunadilar.

Platforma kiyishni yoqtiruvchi ayollar birdaniga hamma narsaga erishishni istaydilar, lekin buning mushkulligini tan olgilari kelmaydi. Ular toʻgʻrisoʻz, oʻzlariga ishonchlari qatʼiy, buyruq berishni yaxshi koʻradilar va bunga erishadilar ham.

Tumshugʻi uchli poyabzallarni hush koʻradigan ayollar tanqidni yuragiga ogʻir oladilar, mulohazalarga chuqur beriluvchan boʻladilar. Ular mustaxkam irodali, oʻz kuchiga tayanib ish koʻradi, biroz jizzakiligi ham yoʻq emas. Kiyinish borasida talabchan: sifatsiz kiyim, notekis choklar, tushib qolgan tugma va shunga oʻxshash holatlar ularni ranjitishi aniq.

Botinkalarni kiyadiganlar indamas va biroz hudbin, hammadan oʻzini yuqori qoʻyadigan ayollardir. Ular odamlarga ishonmaydilar. Shiorlari: “Agar oʻzinga yaxshi boʻlishini istasang, oʻsha ishni oʻzing bajar”. Bu intelektual qobiliyat egalari nozik qalb egalari hamdir.

Lofer poyabzallarni tahliliy mushoxada yuritadigan, boshqalardan ajralib turuvchi ayollar tanlaydi. Ular sabr-toqatli va matonatli boʻlib, nimaga intilayotganlari va maqsadlarini yaxshi anglaydilar. Atrofdagi odamlardan oʻzlari kutgan natijaga erishmasalar, jazavaga tushishlari aniq. Bunday ayollar erkaklar bilan munosabat oʻrnatishda qiynaladilar.

Krossovka va keda kiyadigan ayollar sayoxat qilishni yaxshi koʻradilar va bir joyda uzoq oʻtirolmaydilar. Ular doimo doʻstona mexr-muhabbat qurshovida boʻlishni xohlaydilar. Hayotiy qarashlariga koʻra nafaqat poyabzal, balki butun hayotlari muqim, qulay va osoyishta boʻlishi kerak.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



