Qanday qilib uy sharoitida kofeda chizish mumkin?

Kayfiyat shu zamonni oʻzida koʻtariladi, kofe yanada mazaliroq boʻladi, va u yordamida isinish yanada yoqimliroq deb tuyuladi. Shuning uchun biz sizga kofe ustidagi rasmlar haqida gapirmoqchi va uy sharoitlarida rasmlar chizishni oʻrgatmoqchimiz!



Kofeda chizish uchun sizga 62-65 gradusgacha isitilgan, 3,4 % yogʻli koʻpikli sut va sifatli pishirilgan espresso kerak boʻladi, boʻlmasa, bezak aytgandek chiqmasligi mumkin. Koʻpikli idishni kofeli stakandan 5 santimetr uzoqlikda tuting, stakanni sal eging va koʻpikni aylanma harakatlar bilan soling. Eng oxirida koʻpikli idishni kofega juda yaqin keltiring va hosil boʻlgan aylanani “yoping”.

Espresso ichiga sutni mayin chiziq holatida soling. Koʻpikli stakanni kofening ustida balandroq tuting.Undan keyin sutli idishni chapga va oʻngga asta silkita turib suzing. Oxirgi harakat bilan rasmni “yoping”.

Koʻpikni kofe ichiga suzing. Stakan yarimigacha toʻlganida, bir nechta yurakcha hosil qiling va ularni sutli chiziq yordamida boʻling.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



