Qaysi sabzavot va ichimliklar chanqoqbosdi sanaladi?

Chanqoqni faqat suv yordamida emas, barcha spirtsiz ichimliklar bilan qondirish mumkin. Chunki suv ularning asosiy tarkibini tashkil qiladi. Ammo tanlash chogʻida tozalash va tayyorlash uchun yuqori sifatli texnologik tizimlarni qoʻllavchi ishlab chiqaruvchilargagina ishonish darkor. Shu bilan birga, koʻproq sabzavot va mevalar isteʼmol qilish lozim. Ular oʻz tarkibida faqat kletchatka va vitaminlarnigina emas, suvni ham saqlaydi. Oʻz tarkibida suv (90 foizdan koʻp) saqlash boʻyicha sabzavotlar orasida bodring, rediska, pomidor, selderey ustunlikka ega.

Taomnomadagi turli-tuman ichimliklar organizmga yaxshi taʼsir koʻrsatishi allaqachon oʻz isbotini topgan. Mashxur brendlarning gazli ichimliklari inson organizmi uchun mutlaqo zararsiz boʻlib, u sogʻlom va balansga tushirilgan taomnomaning ajralmas qismi boʻlib hizmat qiladi.

Qancha ichish kerak: formulaga koʻra hisoblaymiz.
Charchash hissi, terining erta qarishi, qabziyat, bosh ogʻrigʻi – bularning barchasi organizmga namlik yetishmasligidan yuzaga kelishi mumkin. Salomatlik bilan bogʻliq muammolarga uchramaslik uchun kunni suyuqlik ichish bilan boshlash va kun davomida ichimliklar ichish zarur. Organizmga qancha suyuqlik zarurligini qay usul bilan aniqlash mumkin? Mutaxassislar quyidagi formulaga amal qilishni tavsiya etadilar: 20 darajadan yuqori boʻlgan iqlim sharoitida vaznning har bir kilogrammi uchun 20 ml dan suyuqlik iching. 40 darajadan yuqori ob-havoda ushbu miqdorni 2 barobar koʻpaytirish mumkin.

Yoʻqotishlardan holi. Sport bilan shugʻullanishdan oldin suyuqlik iching- bu usul bilan siz ter uchun mustaqil suv zaxirasini yuzaga keltirasiz. Shiddatli mashqlar chogʻida yoʻqotilgan suyuqlik miqdorini har 15 daqiqada toʻldirib turish lozim. Jismoniy mashqlar vaqtida yoʻqotilgan har 1000 kkal uchun 1000ml suyuqlik kerak boʻladi.

Muhim: chanqoq hissini kutib oʻtirmang – uni sezguningizga qadar suyuqlik ichavering. Biz chanqoqni his qilgan chogʻimiz organizm suvsizlikdan azob chekayotgan boʻladi. Oʻgʻizda hosil boʻlgan quruqlik esa suvsizlikning eng ohirgi belgilaridan biridir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



