Qirolicha Yelizaveta II ning hayoti toʻgʻrisidagi koʻpchilik bilmaydigan 18 maʼlumot

Yelizaveta 1945 yilda ayollar oʻzini mudofaa qilish guruhlariga qoʻshildi. U hech qachon jangovar harakatlarda qatnashmagan, ammo mexanik mutaxassiligini va yana koʻp foydali koʻnikmalarni xosil qilishga erishgan.

Qirolicha Jeyms Bond (Deniel Kreyg) bilan qisqa metrajli filmda suratga tushgan va xatto eng zoʻr “Bondning dugonasi” deb tan olingan ham.

Qirolicha oʻz tugʻilgan kunini 2 marta nishonlaydi: 21 aprelda (oila davrasida) va rasmiy ravishda yozning boshida. Bu anʼana noyabrda tugʻilganiga qaramay oʻz tugʻilgan kunini rasmiy ravishda yilning issiq faslida oʻtkazishni yaxshi koʻrgan qirol Eduard VII tomonidan joriy qilingan.

Yelizaveta tugʻilganidan keyin taxtga faqat 3-chi nomzod edi, shuning uchun ham, uni qachonlardir qirolicha boʻlib qolishini hech kim kutmagan edi. Biroq, Yelizavetaning amakisi taxtdan voz kechdi, shuning uchun, uning otasi Georg VI toj sohibi boʻlib qoldi. Shunday qilib, u toʻgʻridan toʻgʻri merosxoʻr aylandi.

1940 yilda, 14 yoshligida, xamma uchun qiyin davrda qirollik bolalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yelizaveta radio orqali rasman soʻzga chiqqan.

Qachonlardir Yelizaveta suzish bilan jiddiy shugʻullangan va xatto qutqaruvchi guvohnomasini qoʻlga kiritishga sazovor boʻlgan.

Yelizaveta oʻzining boʻlachak eri Filipp Mauntbattenni 8 yoshligida uchratgan edi. U bir qarashdanoq sevib qolgan, lekin Filipp dastlab javoban oʻz xissiyotlarni namoyon qilmagan. Yelizavetaning butun oilasi ularning nikohiga qarshi boʻlgan, lekin Yelizaveta xamma narsani yengib 21 yoshida sevgan insoniga turmushga chiqqan.

Uning 4 farzandi, 8 nabirasi va 5 chevarasi bor

Uning xukmronligi davrida 7 rim papasi, 2 bosh vazir va 7 kenterberiya arxiepiskoplari almashdi.

“Tetcher xonim men gapirganimda hech qachon quloq somaydi”, — deb noligan edi bir marta qirolicha.

Unga juda koʻp xatlar keladi va nafaqat Britaniyadan. Qirolichaga xar kuni bir necha tavakkaliga tanlab olingan xatlarni oʻqib eshittirishadi va u maktublarga javob beradi. U shunday qilib qirolichalik davrida 3,5 milliondan ortiq xatga javob bergan.

1981 yilda parad paytida bir oʻspirin qirolicha tomonga bir necha paxtavon patron bilan oʻt ochgan edi. U shlyapasini toʻgʻrilab qoʻyib, yoʻlini davom ettirgan.

Omma oldida qirolichaga uning eridan tashqari hech kim qoʻl tekkizishi mumkin emas. Shunga qaramay, bu rasmiy qonun-qoidalar majmuini qirolichani yarim quchgan 2 bosh vazir va Mishel Obama buzishga ulgurdilar.

1992 yildan buyon Yelizaveta koʻngilli ravishda daromad soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga rozi boʻldi.

Yelizaveta omma ichida ajralib turish uchun faqat yorqin ranglardagi va faqat Britaniyada ishlab chiqarilgan kiyim kiyadi. Odob-axloq qoidalariga koʻra qirolicha qora kiyimda faqat motam paytida paydo boʻlishi mumkin.

Yelizaveta uning yordamida xizmatkoriga ishoralar beradi. Masalan, agar u marosimdan zudlik bilan ketgisi kelsa va buning uchunga unga bahona kerak boʻlsa, u sumkachasini stolga qoʻyadi.

1990 yillarda malika Diana va shaxzoda Charlzning ajralishlari tufayli qirolicha va uning oilasining mashhurligi keskin tushib ketgan.

Yelizaveta mana yarim asrdirki bir hil markadagi va bir hil fasondagi poyabzalni kiyib yuradi. Bu taniqli britaniyalik firma ishlab chiqargan, katta boʻlmagan turgʻun poshnali tuflidir. U qimmat poyabzal boʻlgani tufayli undan koʻproq muddat foydalanish maqsadida Yelizaveta tuflisidagi poshnasini tez-tez almashtirib turadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



