Qishda uyqudan turish nima uchun qiyin? Buning 8 sababini aniqlaymiz!

Tan olish kerakki, issiq koʻrpa ichidan sovuq xonaga chiqish juda qiyin va murakkab ish. Agar yoningizda issiq shippaklar boʻlsa, egningizga tashlab olish uchun paxmoq xalat tayyorlab qoʻysangiz-chi? Buning natijasida tezlik bilan isinib olishingiz va tonggi erinchoqlik nima ekanligini unutishingiz mumkin. Shunday ekan, bu haqida bir kun oldin oʻylab qoʻying.

Tong paytida erta uygʻonish kerak boʻlsa, ammo deraza ortida hamon yorugʻlik koʻrinmasa oʻzingizni turish uchun majburlashingiz qiyin. Shu sababli budilnikni uzoqroq joyga yoki boshqa xonaga joylashtiring, faqat uning ovozi karavotdan sizga eshitilib turishi kerak. Uni eshitgan paytingizda oʻchirish uchun oʻrningizdan turishga majbur boʻlsangiz, shu tariqa tana ham uygʻonishga ulguradi.
Yana bir muhim narsa. Agar soat 7:00 da uygʻonish kerak boʻlsa, budilnikni ham aynan shu paytga qoʻying. 7:15 ga sozlangan soatni 7:30 ga qayta sozlash ham juda oson ekanligini bilasiz-a? Soat jiringladimi, darhol yostiqdan bosh koʻtaring.

Uygʻonishingiz zahoti barcha chiroqlarni yoqib chiqish boshqalarni ham uygʻotib yuborishingizga sabab boʻladi. Agar ularga halal berishni istamasangiz oshxonaning chiroqlarini yoqib qoʻyishingiz zarur.
Yorugʻlik tanadagi uyqu uchun javob beradigan melatonin gormonining ishlab chiqarilishini kamaytiradi, shu tariqa organizmning uygʻonib olishi ham osonroq boʻladi.

Tungi niqoblar yoz paytida, quyosh erta koʻrinish beradigan va sizning dam olishingiz uun kerakli vaqt boʻlganidagina ishlatilsa arziydi. Ammo qish paytida tabiiy sharoitlar oʻzgacha boʻladi. Agar erta turishingiz zarur boʻlmasa va uxlab olish uchun vaqtingiz boʻlsa tabiiy yorugʻlik bilan uygʻonishingiz yaxshi, albatta. Aytib oʻtilganidek, u tanadagi melatoning gormonining ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Biroq erta uygʻonish kerak boʻlgan paytlarda tungi niqob vaziyatni ogʻirlashtirib yuborishi mumkin.

Oʻzingizning uyqu tartibingizni tahlil qilib koʻring. Qish paytida 5 soat uxlagancha tong chogʻi karavotdan sakrab turishingiz amri mahol. Shu sababli ham bu faslda toʻyib uxlash uchun harakat qiling.
Imkon qadar ertaroq yoting (oqshom tushishi bilan buning uchun kerakli sharoit ham boʻlishi kerak). Katta yoshli sogʻlom odam uchun har kun 7-9 soatlik uyqu taʼminlanishi lozim. Meʼyorida uxlamay turib, erta tongda uygʻonishga umid ham qilmang.

"Yana uygʻonish kerak, charchab kettim, qaniydi biroz uxlasam" kabi fikr bilan uygʻonadian boʻlsangiz, sizda tonggi tetiklik oʻrnini charchoq va lanjlik egallagan boʻlsa, yana va yana uxlagingiz kelaversa hayratga tushmang.
Demak uxlash oldidan yaxshi narsalar haqida emas, alam, nafrat, koʻz yoshi, umuman olganda salbiy fikrlar toʻgʻrisida oʻylagansiz.
Tong payti uchun oʻzingizga yoqimli boʻlgan biror mashgʻulot oʻylab toping. Bu mazali qahva boʻladimi yoki sevimli musiqa - aslo farqi yoʻq. Muhimi u sizga lazzat va qoniqish hissini bera olsin. Shunda tongning ajoyib tarzda boshlanishi ham kafotlanlanadi.

Bilsangiz, sitrus mevalar hidi tong paytida osonroq uygʻonish uchun yordam beradi. Bu xushboʻy yogʻ bilan toʻldirilgan aromalampa, tozalangan apelsin yoki mandarin ham boʻlishi mumkin. Uni tong paytida isteʼmol qila olsangiz yana ham yaxshi. Eng muhimi, uning tetiklashtiruvchi hididan toʻyib bahra olish sanaladi.
Aytganday, agar sizni tetiklashtiruvchi asosiy vosita qahva boʻlsa, yaqinlaringizdan birortasiga tong payti qahva damlab berishini iltimos qiling.

Kerakli paytda uxlaysiz, barcha joy yorugʻ boʻlsa ham, budilnikni boshqa xonaga qoʻysangiz ham baribir uygʻona olmayapsizmi? Bu oʻrinda sitrus mevalarning ham yordami sezilmayaptimi?
Unday boʻlsa shifokorga murojaat qiling. Muntazam ravishdagi uyquchanlik tanadagi magniy (yoki boshqa turdagi mikroelementlar) yetishmovchiligidan ham kelib chiqishi mumkin. Mustaqil ravishda davolanishga urinmang, yaxshisi qon tahlillarini topshiring-da, doktor yozib bergan muolajalarni oling.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



