Qiziqarli dunyo: Arab sheyxlari ayollarining hayoti qanday?

XXI asrning sharq goʻzallari faqatgina paranjida yurmaydi. Ular oʻzlarining stili, latofatli goʻzalligi va qiziqarli hayoti bilan lol qoldiradi.
Raniya al-Abdulla

Iordaniya qirolichasi, qirol Abdalla II ning rafiqasi va shahzoda Husaynning onasi. Raniya instagramdan faol foydalanadi, yaqin sharqda ayollar huquqi uchun kurashadi va anʼanaviy kiyimlarni oʻzgartirish uchun namoyishlar qiladi. Qirolicha Giorgio Armani kiyimlarini yoqtiradi va moda jurnallariga surʼatlarga ham tushadi.
Amira at-Tavil

Saudiya Arabistonining malikasi oʻz mamlakatidagi reformalar uchun ochiq namoyishlar oʻtqazadi va oʻzining naʼmunasida – qonun va stereotiplar emas, koʻngil aytganidek yashash kerakligini isbotlaydi. Amira AQShda oliy maʼlumot olgan,avtomobil haydaydi va xattoki, turmush oʻrtogʻI bilan ajrashgan. Hozir malika “Alwaleed Philanthropies” ehson fondini boshqaradi
Dina Abdulaziz al-Saud

Musulmon dunyosining eng stilli malikasi, Saudiya Arabistonining va Qatar poytaxtining bir necha moda butiklari boshligʻi. 2016 yilda Dina Vogue Arabia jurnalining bosh redaktori boʻldi. Feshn sanoatiga boʻlgan muhabbatiga qaramasdan, malika oila davrasida vaqt oʻtqazishni yoqtiradi va uchta bolaning onasidir.
Moza bint Naser al-Misned

Avvalgi Qatar Amirining ikkinchi ayoli va mamlakat boshqaruvchisining onasi. Moza Qatarning taʼlim, ilim va jamoat rivojlanish fondining boshligʻI va YUNESKO vakili. U erkin OAV rivojlanishi uchun kurashadi. Yetti farzandning onasi.
Xayya bint al-Huseyn

Iordaniya qirolining singlisi va Dubay sheyxi Muhammad ibn Rashid al-Maqtumning rafiqasi. Oksfordda taʼlim olgan. Xayya hayriya bilan shugʻullanadi va BMT vakili. Ot sporti bilan qiziqadi.
Lalla Salma

Marokko qiroli Muhammad VI ning ayoli. Ushbu ayol maroko qirolligining yuzini ochgan ayollaridan birinchisi boʻlgan va oʻzining zamonaviy axborot tizimlari muhandisi kasbi bilan maqtansa boʻladi.
Fatima Kulsum Zohar

Maita bint Muhammed ben Rashid al-Maqtum

Dubay sheyxi Muhammad bin Rashid al-Maqtumning qizi. Bu qiz shunchaki sportga qiziqmaydi,u BAA ning karate boʻyicha terma jamoasi kapitani. U oʻzining koʻplab yutuqlari bilangina emas, balki oshiqlari soni bilan ham maqtansa arziydi.
Dana al-Xalifa

Modaga qiziqadigan malika. U The Overdressed blogini olib boradi va Instagram yulduzi hisoblanadi. U oʻzining gʻayrati bilan dunyoning minglab qizlarini ilhomlantiradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



