Qiziqarli dunyo: 13 yil avval yʼoqotilgan brilliant koʻzli nikoh uzugi tomorqadagi sabzining tanasidan chiqib keldi


Bu ayol 2004 yilda oilaga qarashli tomorqada yerni chopayotganida uzugi qoʻlidan tushib qolgan. Uni qidirishga harakat qilgan, biroq topa olmagan. Bunday qimmatbaho uzugini yoʻqotgan Meri tushkunlikka tushgan, chunki bu nikoh uzugi edi. Biroq boʻlib oʻtgan voqeani oʻgʻlidan boʻlak hech kimga aytmagan. Oʻgʻil onasiga huddi shunday, faqat arzonroq uzuk sotib olib bergan. Meri yillar davomida shu uzukni taqib yurgan va hech kimga sir boy bermagan.

Yaqinda, 2017 yilning 13 avgust kuni hozirgi vaqtda shu fermada yashovchi Merining kelini toʻsatdan sirni fosh qildi. U tomorqada yetishtirilib, kavlab olingan sabzilarni yuvayotganida, qiyshiq sabzini koʻrib hayron qoladi. Chunki sabzining bel qismida uzuk bor edi. Ayol eriga bu gʻalati sabzavotni koʻrsatadi.

Sabzi urugʻi koʻp yillar davomida yerda yotgan uzukning orasiga tushgan va aynan uning orasidan oʻsib, qimmatbaho taqinchoqning yer yuziga chiqishiga sababchi boʻlgan.
Meri Greyningning oʻgʻli bu uzuk kimga tegishli ekanligini darrov fahmladi va onasiga qoʻngʻiroq qildi.

Brilliant koʻzli nikoh uzugining topilganidan ayol xursand boʻldi, biroq bu voqeani eridan sir tutib kelganiga afsuslandi. Uning eri bundan besh yil burun vafot etgan edi, u bu gʻaroyib hodisani koʻrib, hazil qilishi tayin edi.

Meri Grey turmush oʻrtogʻidan xotira boʻlinb qolgan va yoʻqolganidan 13 yildan keyin yna qaytib topilgan ushbu qimmatbaho uzugini endilikda asrab-avaylashga vaʼda berdi.

Bu tomorqada topilgan brilliant haqidagi yagona yangilik emas. 2011 yilda Shvetsiyada shunga oʻxshash voqea roʻy bergan. Unda ham bir ayolning yoʻqotib qoʻygan brilliant koʻzli nikoh uzugi 16 yildan keyin tomorqadan kavlab olingan sabzi orasiga kirib qolgan holda topilgan edi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



