Qiziqarli dunyo: Dunyoning buyuk fokuschilari

Hamma ham uni takrorlay yoki haqiqiy moʻjiza qanday sodir boʻlishini tushunishga ham ojiz. Quyida – tomoshabinlarni chindan ham oʻz qobiliyatlari bilan hayratlantiruvchi eng mashhur sehrgarlar roʻyxati koʻrsatilgan.


Gudini, uni zanjirband qilib koʻprikdan tashlashlari, hech qanday havo yoʻq, yerdagi yogʻoch quti ichiga koʻmishlari kabi usullarni bajargan va illyuziyachi bularning barchasidan chehrasida kulgi bilan chiqqan. Uni dunyoning eng mustahkam qamoq va kameralarga qamashgan, ammo u deyarli bir necha daqiqa ichida ular ichidan chiqqan, shuningdek, uni bogʻlagan holda ichi qoʻla suv qutilarga boshi bilan pastga qaratib tushirib qoʻyishgan, oʻshanda unda oʻlimdan oʻzini qutqarish uchun qandaydir 2-3 daqiqalar boʻlgan.
Bu uning dunyo sharining turli nuqtalarida koʻrsatgan usullaridan bir qismi xolos. Shunday afsona ham borki, Gudini butun olamni ming yillar davomida boshqarib kelayotgan masonlar ordeni qatnashchisi boʻlgan emish. Garri hech kimga oʻxshamaydigan inson boʻlgan, turli fokuschilar va illyuzianistlarning sirlarini ochib bergan. Uning koʻpgina namoyishlari siri haligacha topilmagan. Gudini deyarli yuz yil oldin vafot etgan, ammo uning shaxsi bugungacha toʻliq oʻrganilmagan.

Uning haqiqiy ismi – Harry August Jansen. Siz “Sim Sala Bim” soʻzini Akopyan oʻz bolalar shousida oʻylab topdi deb oʻylaysizmi? Yoʻq, bu soʻzni Dante oʻz tomoshalariga sirli hissiyotni qoʻshish va tomoshabilar fantaziyasini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatgan. Keyinchalik bu soʻzlarni boshqa fokuschilar va illyuziyachilar nusxalashgan va oʻz tomoshalarida undan foydalanishgan. U butun dunyo boʻlyab, 24 ta dan 35 ta gacha artistlar ishtirokidagi truppa bilan gastrollarga brogan. Oʻsha zamonda u dunyo boʻylab “Dante sehrgar” nomi ostida mashhur boʻlgan.

U “Buyuk Xitoy devori orasida oʻtish”, “Ozodlik Haykali yoʻqolishi”, “Niagara sharsharasida yonayotgan kemadan qochish” kabi usullari bilan koʻp kishiga mashhur. Devid Kopperfild shoularini Rossiyada koʻrsatishgan, balkim, koʻp kishi ayni telezion shou paytida jonli efirda sahna ustida uchganini, hamda u taklif qilgan belgilar orqali ekran oldida oʻtirgan tomoshbinlar bilan muloqot qilganlarini eslasa kerak.
Soʻzsiz, Devid Kopperfild oʻz zamonining buyuk illyuzionisti, va uning ismi doimiy ravishda sirlar, moʻjizaviy fokuslar va tryuklar bilan bogʻliq, va u bugun ham hammani hayratda qoldirib kelmoqda!




Barton oʻz mahoratini Ronald Reygan va Yelizaveta II oldida koʻrsatgan. Aynan uning shousi uchun ataylab teatr qurilgan, va Lens Barton oʻsha yerda oʻz sehrini namoyish etib kelmoqda.





Illyuziya sanʼati haqida maʼlumotni oʻzida saqlagan birinchi hujjat, bu Vestkar nomli qadimiy misrlik papyrus hisoblanadi. Uning bunday nomi boshida u joylashgan kongressning egasi nomiga atab nomlangan. Bu hujjat m.a. 2900 yilga tegishli boʻlgan anʼanalarni oʻz ichiga oladi, oʻsha zamonlarda firʼavn Xufu hukmdorlik qilgan. Baʼzi bir hikoyalarda yozilishicha, Djedi ismli hayvonlar murabbiyi kesilgan gʻoz boshini qayta tika olgan, shuningdek, xavfsizlik arqonlarisiz orqasidan kelayotgan sherni boshqara olishga qodir boʻlgan.

Avval bosh kesilib, keyin qaytib birlashtiriladigan fokuslarni Italiyalik fokuschi Balduchchi amalga oshirgan. Oʻz amalida u tirik xoʻrozdan foydalangan, yaʼni uning boshi avvaliga qanoti ostida bogʻlangan holda saqlagan. Uning oʻrniga boʻyinga boshqa xoʻrozning boshi bogʻlab qoʻyilgan. Fokuschi xoʻrozga chopishni buyurgan, boshini “kesgan” va hamma joy qonga belangan. Keyinchalik u ushbu kesilgan boshni qiziqqon tomoshabinlarga koʻrsatgan. Soʻng u qushni ustida yopgan, qanot tagida yashirilgan boshni ochgan va kesilgan boshni yashirgan. Oxir oqibatda, xoʻroz hech narsa boʻlmagandek turib, yugurib yurgan.






Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



