Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday? (II qism)

Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday? (II qism)
Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday? (II qism)

Oʻquv yili davomiyligi: 11 oy/haftasiga 5 kundan
Taʼlim oilish davomiyligi: 12 yil
Taʼlim olish yoshi: 5-11 yil
Uy vazifasi: yoʻq
Maktab formasi: ha
Baho tizimi: 100 ballik
Bilimni sinash: testlar, insholar va dokladlar; baholar yiliga ikki marta pochta orqali yuboriladi; uchinchi sinfdan boshlab har ikki yilda imtihon topshiriladi

Yangi oʻquv yili yangi yil bayramidan biroz keyin boshlanadi, yaʼni yanvarning oxiri va fevralning boshida boshlanib, dekabrning boshlarida tugaydi. Taʼtillar har chorak orasida oʻn kundan iborat boʻladi. Darslar 08:30 da boshlanadi, katta tanaffuslar bilan soat 15:00 gacha davom etadi.

Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday? (II qism)

13 yoshgacha oʻgʻil bolalar shortiklarda yuradilar, keyin esa shimga oʻtadilar. Tepa qismiga pidjak yoki jemfer boʻlishi mumkin, biroq barcha maktablarda oʻquvchilar shlyapa kiyishlari shart. Qizlarning maktab kiyimida getralar ajralib turadi. Yuqori sunf oʻquvchilarining formalari hamma maktablarda har xil, ularga boshlangʻich sinf oʻquvchilarining hududiga kirishi taʼqiqlanadi.

Yettinchi sinfgacha oʻquvchilarni barcha fanlardan bir yoki ikkita muallim taʼlim beradi. Taʼlim olish formal emas, oʻquvchilar sinfda oʻzlarini erkin tutadilar. Ular sinfda yuradilar, bemalol gaplashib ham oʻtiradilar, hatto polda ham oʻtirishlari ham mumkin. 8chi sinfdan 10 chi sinfgacha oʻqituvchilarning soni oshadi. Bolalar matematika va ingliz tilini majbnuriy oʻrganadilar, qolgan fanlarni oʻzlari tanlaydilar. Yuqori, yaʼni 11-12 sinflarda taʼlim olishning murakkabligiga qarab ham boʻlinadilar.

Avstraliya maktablarida bahoning aniq bir tizimi mavjud emas. Boshlangʻich sinflarda baholar umuman qoʻyilmaydi. 3-6 chi sinflarda oʻquvchlilar haftalik test sinovlarini, nazorat ishlarini va diktantlarni topshiradilar. Biroq baholar bir yilda ikki marta qoʻyiladi va ota-onalarga pochta orqali yuboriladi.

Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday? (II qism)

Oʻquv yilining davomiyligi: 10 oy/5 kun
Taʼlim olish davomiyligi: 9 (12) yil
Taʼlim olish yoshi: 6-15 (18) yil
Uy vazifasi: bor
Maktab formasi: bor
Baholash tizimi: 100 balllik
Bilimni sinash: testlar, imtihonlar

Tayvanlik oʻquvchining har tongi 07:30 da ertalabki badantarbiya va maktabni tozalash bilan boshlanadi. Maktabda tozalik qattiq nazorat qilinadi. Oliy taʼlim muassasalarida ham talabalar yil davomida universitet hududini tozalaydilar va buning uchun ularga zachyot ham qoʻyiladi. Agarda ular koʻngildagidek tozalamasalar, majburiyat choʻzdiriladi. Darslar 08:30 da boshlanadi va 10 daqiqalik tanaffus bilan 16:30 gacga davom etadi. Faqat lanch uchun yarim soatlik tanaffus belgilangan.

Hozirgi kunga kelib esa mamlakatning baʼzi maktablarida oʻquv kunini bir soat keyinga surish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

2018 yilda yuqori sinflarda taʼlim reformasini yakunlash rejalashtirilmoqda. Unga muvofiq bolalar fanlarning asosiy qismini oʻzlari tanlaydilar hamda iqdidorlariga qarab ularni oʻrganadilar, yaʼni har bir oʻquvchining oʻzining shaxsiy dars jadvali boʻladi.

Oxirgi reformaga muvofiq oʻqituvchilar taʼtilga uy vazifasini bermaydilar. Hukumat bolalar koʻproq dam olishlari kerak, degan qarorga keldi. Maktabdagi intizomga esa qattiq qaraladi. Har bir oʻquv maskanining oʻz shaxsiy formasi bor. Bu formani kiyishni xohlamaganlar uchun esa jazo qoʻllaniladi, masalan qaysidir xonani qoʻshimcha tozalash. PISA reytingi boʻyicha, Taybey viloyatining maktablari eng yaxshi taʼlim muassasalarining oʻntaligidan bir necha marta joy olgan.

Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday? (II qism)
Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday? (II qism)

Oʻquv yilining davomoyligi: 10 oy/haftasiga 5 kundan
Taʼlim olish davomiyligi: 9 yil
Taʼlim olish yoshi: 7-16 yosh
Uy vazifasi: deyarli yoʻq
Maktab formasi: yoʻq
Baholash tizimi: 10 ballik
Bilimni sinash: imtihonlar bekor qilingan, bilim bahosi 4 chi sinfdan boshlab qoʻyiladi

Finlyandiyaning oʻquv yili biznikiga oʻxshaydi. Avgust oyida boshlanib, may oyida tugaydi. Kuzgi mavsumda 3-4 kunlik taʼtil boʻladi va yangi yil arafasida boshlanadigan ikki haftalik taʼtil ham bor. Undan tashqari bahorda ham oʻquvchilar dam olishga chiqadilar. Darslar haftaning begim kunlari ertalabki soat 8 yoki 9 da boshlanadi va tushlikkacha davom etadi. Darslar 45 daqiqa davom etadi va ularning orasida 15 daqaiqalik tanaffus boʻladi.
Farqli tomonlari ham bor. Imtihonlarning oʻrniga bu yerda fanlar boʻyicha oʻrta baho tizimi mavjud boʻlib, ularning asosida kolledj va litseylarga qabul amalga oshiriladi ( bu taʼlimning ikkinchi pogʻonasi boʻlib, undan keyin ishlash yoki Oliy taʼlim muassasasiga kirish mumkin).

2020 yilga kelib, darslar boshqacha koʻrinishga ega boʻladi. Finlyandiyada maktab reformasi boʻladi, unga asosan oʻquvchilar har xil alohida fanlarni oʻzlashtirmasdan, bir mavzuga oid boʻlgan qator fanlarni oʻrganadilar. Masalan, iqlim oʻzgarishi haqidagi soha tanlansa, unda ekologiya, tabiatshunoslik, iqtisodiyot va siyosat oʻrganiladi. Bunday mashgʻulotlar uch soatga yaqin boʻladi. Fin maktablari ham bir necha marotaba eng yaxshi taʼlim muassasasi reytingidan joy olgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar