Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida taʼlim tizimi qanday?


Oʻquv yilining davomiyligi: 11 oy/ haftasiga 4 kun
Taʼlim davomiyligi: 11 yil
Taʼlim olish yoshi: 3 (6) – 15 (17) yosh
Uy vazifalar: yozma ishlar taʼqiqlangan
Maktab formasi: yoʻq
Baholash tizimi: 20 balllik
Bilimni sinash: nazorat ishi, imtihonlar
Oʻquv yili sentyabrdan boshlanib, iyul oyigacha davom etadi. Taʼtil vaqtida yoʻllarda tirbandliklar sodir boʻlishining oldini olish maqsadida Frantsiya uchta hududga boʻlingan boʻlib, ular galma-galdan yozgi taʼtilga chiqadilar.
Oʻquv haftasining davomiyligi oxirgi oʻn yil ichida ikki marta oʻzgartirildi. 2008 yilda sobiq prezident Nikolya Sarkozining farmoniga muvofiq oʻquvchilar haftasiga toʻrt kun – dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari kuniga olti soatdan oʻqishar edi. Qolgan kunlari esa dam olish kuni hisoblanardi. Hukumat tepasiga Fransua Olland kelgandan keyin esa reforma natijasida oʻquvchilar maktabda chorshanba kuni uch yarim soatdan, boshqa kunlari esa bech yarim soatdan oʻqiy boshladilar. Dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari boʻldi. Yaqin kunlarda Frantsiyada yana bir reforma boʻlishi kutilmoqda. 2018 gacha kommunalar chorshanba dam olish kuni yoki yarim oʻqish kuni boʻlishiga oydinlik kiritadilar. Eng asosiysi, taʼlim olish vaqti haftada 24 soatdan oshmasligi kerak. Maktablarda oddiy tanaffuslardan tashqari 1,5-2 soatlik tanaffuslar ham bor.

Frantsiyada boshlangʻich maktab olti yoshdan boshlanadi, biroq undan oldin uch yil bolalar bogʻchasini eslatuvchi “ekol maternel” maktabiga boradilar. Oʻrta maktabni bitirayotgan oʻquvchilar davlat imtihonini topshiradilar. Oʻn ball toʻplagan oʻquvchi oily taʼlim muassasasiga qabul qilinadi. Boshlangʻich maktabdan boshlab nazorat ishi bajariladi.
Boshqa mamlakatlar qatori Frantsiya taʼlim tizimida ham sinfda qolish yoki sinfdan sinfga sakrash hollari uchrab turadi. Baʼzi ota-onalarga sinfdan sinfga sakrash holati yoqmaydi. Bu narsa ularning fikricha maktab dasturining mukammal emasligidan dalolat beradi. Ular shuningdek, oʻquvchining sinfda qolishi ham uning ruhiyatiga taʼsir qiladi, deb hisoblaydilar. Frantsiya maktablarida reformalar sodir boʻlayotganligi ham koʻpchilikni qoniqtirmaydi. Noroziliklarda oʻqituvchi, professorlar bilan birga oʻquvchilar ham ishtirok etadilar.

Oʻquv yilining davomiyligi: 11 oy/ haftasiga olti kun
Taʼlim olish davomiyligi: 10 (12) yil
Taʼlim olish yoshi: 6-15 (17)
Uy vazifasi: bor
Maktab formasi: bor
Baholash tizimi: 100 ballik
Bilimni sinash: yiliga bir necha martalik imtihon
Yurtimizda va boshqa koʻpgina mamlakatlarda oʻquv yili sentaybrda, daraxt barglari sargʻayganda boshlansa, Yaponiyada bahor faslida, sakura gullaganda boshlanadi. Birinchi qoʻngʻiroq aprelning boshlarida jaringlasa, oxirgi qoʻngʻiroq martning oxirida chalinadi. Oʻquv yilining boshlanish va yakunlanishining aniq muddatini har bir maktab alohida oʻzi belgilasa-da, taʼtil bor yoʻgʻi bir hafta davom etadi. Ana shu davrda dam olish hamda carchoqni chiqarib yuborishga ulgurish lozim.

Yaponiyada oʻquvchilarning kiyinishi boshlangʻich maktablarda oddiy, forma ham shart emas. Oʻrta maktabda oʻquvchilarning yoʻnalishlar boʻyicha kurslarni tanlash huquqlari bor. Undan tashqari ularni katta hajmgagi uy vazifalari, imtihonlar va uniforma kutib turadi.
Forma nafaqat shahar va perfekturalar boʻyicha, balki maktablar boʻyicha ham farq qilib turadi. Biroq ularning hammasida dengiz mavzusi asos qilib olingan. Ayniqsa Britaniya qirollik flotining formasiga taqlid qilingan. Qirolicha Vikroriya oʻgʻilchasini dengizchilar kiyimini kiydirganida, shu uslub bolalar modasida keng tarqaldi hamda 19-asrning oxiri va 20 asrning boshlarida urfga kirdi. Bu kiyim uslubi Yaponiyaga ham yetib bordi va u yerda milliy mutaassiblik sifatida qolib ketdi.
Yaponlar – mehnatsevar xalqdir. Maktablarda darslar soat 8:30 da boshlanadi va kechgacha davom etadi. Koʻpchilik bolalar dzyuku – qoʻshimcha taʼlim muassasalariga ham boradilar va u yerda turli xil fanlardan bilimlarini oshiradilar. Haftada olti kun oʻqilsa-da yakshanba kunlari ham qoʻshimcha bilim olish normal holat hisoblanadi. Bolalarning bilim olish darajasi 100 ballni tashkil etishi shart.
Ota-onalarning ham, jamiyatning fikricha, yaxshi bilim olish va shunga yarasha yaxshi balllarni toʻplash juda muhimdir. Yaxshi ball boʻlsa universitetga kirish uchun kerak, u yerda olingan bilim esa munosib ish topishga sabab boʻladi.
Yaponiyada maktabga borish va uy vazifasini bajarish imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtishni kafolatlamaydi. Imtihonlar oʻrta maktabdan boshlanadi va har bir trimestrda boʻlib oʻtadi. Demak, oʻquvchining kuni shunday oʻtadi: avval maktabga boradi, u yerdan qaysidir toʻgarakka oʻtadi, soʻngra esa – dzyuku. Maktab bolasi uyiga kechki payt qaytadi va uyqu oldidan uy vazifasini qilishgagina ulguradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



