Qiziqarli dunyo: Eshkaklarni quriting: Polshalik nafaqaxoʻr Atlantikani baydarkada 100 kundan ortiq vaqtda suzib, kesib oʻtdi.



2010 yili u Atlantika okeanini bir kishilik baydarkada, eshkaklarda suzib oʻtgan birinchi odam boʻlib, Senegaldan Braziliyaga boʻlgan masofani kesib oʻtgan. 2013 yili Doba 37 yoshligida, Lissabondan Floridagacha boʻlgan masofani bosib oʻtib, suzishni qaytargan.

Ikki galda ham Aleksandr Doba rekordlar oʻrnatgan boʻlib, ochiq baydarkada odamning eng uzoq davom etgan suzishlari boʻlgan.

Dobaning jamoasi Facebook da uchinchi sayohatini u “charchagan va baxtiyor” yakunladi deb yozgan.

“Suzish aql bovar qilmas darajada emosional va qiyin boʻldi. Ob-havo sharoitlari, kuchli oqim va Chelbaxeb orolidagi shamollar unga qarshi edi.”

Yomon sharoitlat tufayli Doba qirgʻoqqa kelib tushish joyini ham oʻzgartirishga majbur boʻldi.

Facebook dagi post quyidagi soʻzlar bilan tugagan edi: “Agar siz Bretanda boʻlsangiz, Le-Konkega hush kelibsiz. Biz haqiqatdan ham tarixiy onlarni nishonlamoqdamiz”.

70 yoshlik Doba Fransiya qirgʻoqlariga yetib kelgunigacha, dengizda 119 kun oʻtkazgan.

Yoʻlning barchasini Doba eshkaklarda oʻtdi.




В 2015 году National Geographic вручил 68-летнему Алесандру Добе награду «Путешественник года».
2015 yili National Geographic 68 yoshli Aleksandr Dobaga “Yil sayyohi” mukofotini berdi.
Bu sinov qanchalik qiyin ekani haqida tasavvurga ega boʻlish uchun bir oylik suzishdan keyin qoʻllar qanday koʻrinishda boʻlishini koʻrsatamiz. Kadrni Instagramda britaniyalik eshkakchi va ikki karra chempioni Aleks Gregori nashr qilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



