Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

1945 yilning 6 avgustida Yaponiyadagi Xirosima shahri AQSH tomonidan bombardimon qilingan, uch kundan soʻng esa ushbu koʻrgilik Nagasakining ham boshiga tushgan.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Ikkita bomba – Little boy (“bolakay”) va Fat Man (ʼSemiz kishi”) – turli maʼlumotlarga koʻra 150 dan 246 ming kishigacha jon olib ketgan. Ushbu qadam bilan AQSh ikkita muammoni hal qilgan: Yaoniya kapitulyatsiyasini tezlashtirdi va yadroviy qurolni haqiqiy muhitda sinab koʻrdi. Shundan beri, yadroviy qurol xavfi boʻlsa ham, hech qaysi shaharga bunday bostirilmadi. Yapon madaniyatida esa ushbu fojianing aks sadolari qoldi.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Yapon tilida 被爆者(xibakusya) degan soʻz bor, u “portlashda zararlangan odam” degan maʼnoni anglatadi. Bu nom bilan Xirosima va Nagasaki portlashlarida tirik qolgan odamlarni atashadi.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

6 ta ginkgo daraxti portlash joyi yaqinida oʻsib, omon qolgan. Vaqt oʻtib zararlangan daraxtlar qaytadan yangi kurtak ochgan. Shundan beri ginkgo daraxti yapon madaniyatining umid belgisini bildiradi.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Mashxur yapon maxluqi Godzilla yaratilganida Xirosima va Nagasakidagi portlashlarga metafora sifatida oʻylangan.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Yadroviy qurol portlagan joydan omon qolgan shaxslarning bolalarida hech qanday mutatsiya yoki muhim patalogiyalar kuzatilmagan.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Biroq bombadan omon qolgan shaxslar va ularning farzandlari kuchli diskriminatsiyaga uchragan. Asosan jamoatdagi nurlanish natijalari haqidagi fikrlar sababli. Bunday odamlar ish topishga yoki turmush qurishga juda qiynalgan, chunki koʻpchilik kasallik zararli deb oʻylagan.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Shaharlar dunyoda yadroviy qurol likvidatsiyasi uchun kurashmoqda. Xirosima shahrining meri esa Tinchlik va yadroviy arsenalning 2020 yilgacha likvidatsiya qilish harakati prezidenti.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Oleandr – Xirosima shahrining rasmiy guli: yadroviy udardan soʻng birinchi gullagan gul.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

1958 yildagina Xirosima aholisi soni 410 ga yetib, urushdan oldingi sonini tikladi. Hozirda shaharda 1.2 million aholi yashaydi.

Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi

Xirosima va Nagasakidagi portlash qurbonlarining 10% koreyaliklar boʻlgan. Ularning asosiy qismi majburiy ishchi boʻlib, yaponlar uchun qurol va aslaha ishlab chiqarardi. Hozirgi kunda ham ikkala shahar koreys jamoatlariga ega.

Har yili 6 avgustda Xirosimaning memorial parkida xotira marosimi oʻtqaziladi va bomba portlagan vaqt 8:15 da jimlik daqiqasi eʼlon qilinadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar