Qiziqarli faktlar: Marokko mamlakati haqida hayratlanarli faktlar


Ajablanarlisi shu-ki, Marokkoda – issiq janubiy mamlakatda – qishki sport trulari: changʻi, snoubord va boshqalarini rivojlantirishga imkon beruvchi qishni, va shunchalik katta hajmdagi qorni uchratish mumkin. Qorli qavat bu yerlarda dekabrdan aprelgacha turadi. Shuning uchun Marokko sayohatchilarni dam olish uchun yilning turli fasllarida taklif qiladi.

Marokkodagi tabiat shunchalik noyob va takrorlanmaski, u oʻziga qadimgi zamonlardan buyon kinematografchilarni jalb etib kelgan. 60- yillarda “Araviyalik Lourens” oʻsha yerda suratga olingan, natijada – 1983 yilda hatto “Atlas” nomli dunyodagi eng yirik kinostudiyalardan biri ochilgan. Marokkodagi peyzajlarda eng zoʻr tarixiy filmlar suratga olingan, masalan, “Gladiator”; shu zaminlarda “007: Spektr” va “Taxtlar oʻyini” dagi hodisalar suratga olingan.

Ulardan biri – “nonni tashlash mumkin emasligi”. Uy hayvonlari bor oilalarda, nonni hayvonlarga ozuqa sifatida berishadi. Boshqa ortiqcha non mahsulorlarini esa boshqa biror narsaga, uy uchun foydali narsaga, masalan, idish-tovuq yuvish mahsulotida almashtirishlari mumkin.
Ikkinchi taʼqiq – “rakvinaga issiq suvni quyish mumkin emas”. Marokkandliklar Djinlar haqiqatda ham mavjudligiga ishonishadi, va ular suv quyiladigan joylarda yashaydi deb oʻylashadi. Issiq suv djinni bezovta qilishi yoki jahlini chiqarishi mumkin, va bu uyda paydo boʻladigan katta noxushliklarga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun, agar qaynoq suvni rakvinaga quyish kerak boʻlsa, parallel ravishda sovuq suvli quvurni ham ochish kerak boʻladi.

Toʻrtinchi taʼqiq – “chap qoʻl bilan yeyish mumkin emas”. Bu qoʻl arablarda “toza emas” qoʻl hisoblanadi. Ovqat isteʼmol qilishda faqat oʻng qoʻl bilan yeyish, asosan uch barmoqni: bosh, koʻrsatgich va oʻrta barmoqlarni ishlatib yeyish lozim.


Qirollikda eng qimmat yogʻoch oʻsadi. Uni tui – marokkolik Atlass togʻlarida oʻsadigan daraxtlardan tayyorlashadi. Bu daraxt yogʻochi dunyodagi eng nufuzli avtomobillardan biri – Rolls-Royce ning salonini jihozlash uchun ishlatiladi.

Marokko yashovchilari shahar binolari ranglanishiga katta eʼtibor qaratishadi. Ayniqsa, ular koʻk rangni xush koʻrishadi. Trotuarlardan to uy devorlarigacha va hatto panjaralargacha, hamma narsa koʻkka boʻyalgan butun bir shahar ham bor. Ular uchun bu dengiz, osmon, tinchlik va salqinlik belgisidir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



