Qiziqarli faktlar: Qadimgi Xitoy haqida qiziqarli faktlar

Hozirgi kungacha Qadimgi Xitoy haqida koʻgina qiziqarli faktlar yetib kelgan. Ular zamonaviy insonlarni lol qoldirib, shu bilan birga ilhomlantirib kelmoqda. Bu maʼlumotlarning qiymati balandligi soʻzsiz muhimdir, chunki ular insoniyatning asl tarixini oʻzida saqlab kelmoqda.
1. Qadimgi Xitoy – futbol dunyoga kelgan joydir.

Xitoylik tarixchilar aytishlaricha, futbol Qadimgi Xitoyda paydo boʻlgan. Xitoyliklar bu sport turi bilan hali m.a. 1000 yillarda shugʻullanganliklariga tasdiqlar mavjud. Ancha keying eslatmalar m.a. 205 yillarga taaluqli – bizning asrimizning boshlanishi vaqtiga. Bu vaqtda, Xan sulolasi boshchiligida, futbolning ilk koʻrinishi “chju ke” oʻyini keng tarqalgan edi.
2. Qoʻziqorin – qadimgi xitoyliklarning eng sevimli mahsulotidir.

Hujjatdagi dalillarga qaraganda, xitoyliklar oʻz ratsioniga qoʻziqorinni 3000 yil oldin kiritishgan. Sevimli yegulik sifatida qoʻziqorinlar kam sonli xitoyliklar ratsioniga kiritilgan.
3. Dunyodagi birichi kalendar - xitoylarniki.

Oy kalendari m.a. 2000-yillarda yaratilgan. U oʻz ichiga 12 ta burjni oladi, birta oddiy siklning davomiyligi esa 60 yilga teng.
4. Xitoyliklar ardarholarni mehribon hayvonlar deb qabul qilishgan.

Boshqa xalqlarning eʼtiqodiga qaramasdan, Qadimgi Xitoyda drakon hurmatga sazovor mavjudot sifatida qabul qilingan. Unga afsonalarda doimo musbat mavjudot sifatida qaralgan. Ushbu fikr hozirgi kungacha saqlanib kelinmoqda.
5. Qadimgi Xitoyning eng keng tarqalgan emblemasi - qushlar.

Xitoyda eng hurmatga sazovor uchta qush turi bor. Bular qaqnus, laylak va oʻrdaklar. Qaqnus imperatorlik kuchni va hukmni anglatadi. Laylak – uzoq umrni. Oʻrdaklar – er va xotinning bir-birga sadoqatini va oilani. Bu belgilar boshqalaridan koʻproq kiyim va idish-tovoqlarda aks ettirilgan.
6. Xitoyliklarda garemlar bor bo'lgan.

Qadimgi Xitoyda koʻp xotinlilik keng tarqalgan boʻlgan. Boy xitoyliklar garemlarga ega boʻlishgan, chunki ular shunga yarasha xarajatlarni qoplay olish imkoniyatiga ega boʻlganlar. Imperatorlar garemlarida yuzlab ayollar yashagan.
7. Qadimgi Xitoy mifologiyasi boʻyicha oyna – bu uy qoʻriqchisi hisoblanardi.

Bu predmet qora kuchlardan uyni himoya qilgan. Unga hurmat bilan munosabatda boʻlishgan va baland oʻrinlarga koʻtarishgan. Shu bilan birga, oyna inson kelajagini koʻrsatadi, degan afsona ham boʻlgan.
8. Kalligrafiya – Xitoy maʼnaviyatini yoritadigan uslub.

Xitoyliklar ishonishganki, ierogliflarni yozish paytida inson oʻzini-oʻzi rivojlantirish jarayonini bosib oʻtgan va ahloqiy xislatlarni tugʻdirgan. Lekin kalligrafiya bilan faqat boy odamlargina shugʻullana olgan, yaʼni hukmdorlar yoki baland tabaqali odamlar.
9. Osiluvchan koʻpriklar – qadimgi xitoyliklarning kashfiyoti.

Haqiqatdan ham osiluvchan koʻpriklar Qadimgi Xitoyda oʻylab topilgan. Bu kabi inshootning birinchi paydo boʻlishi milodiy 25 yillarga borib taqaladi. Bu xitoy muhandislarining yana bir original qurilishi edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



