Qiziqarli maʼlumot: 9/11 yoxud AQSH da 2001 yil 11 sentyabr kuni sodir boʻlgan insoniyat tarixidagi eng dahshatli terakt. Tafsilotlar


Oʻsha kuni tongda Al-Qoida guruhining 19 nafar jangarilari toʻrtta yoʻlovchi samolyotni kuch bilan qoʻlga kiritdilar hamda ulardan ikkitasini toʻgʻridan-toʻgʻri Butun Jahon Savdo Markazining egizak binolariga va uchinchisini esa Pentagonga qarab yoʻnaltirdilar. Obyektlar bilan toʻqnashgan samolyotlar portlab, yonib ketgan va barcha yoʻlovchilr halok boʻlgan.

Terrorchilar samolyotlarni hujum qilib qoʻlga kiritganlaridan keyin ularning orasidagi maxsus uchuvchilik kursini oʻtagan jangarilar Boinglarni boshqaruvini oʻz qoʻllariga oldilar hamda Nyu-York va Vashingtonga qarab yoʻnalishni almashtirdilar.

Ikkita Boing Egizak-Minoralarga yoʻnaltirildi, natijada binoning ichida yongʻin boshlandi. Kuchli olov poʻlat konstruktsiyani eritib yubordi va buning oqibatida qurilmaning butunlay yemirilishi sodir boʻldi. Uchinchi Boing esa Pentagon binosiga borib urildi.

Toʻrtinchi samolyotning yoʻlovchilari aloqa vositalari orqali sodir boʻlgan teraktlar haqida eshitib, yangisining oldini olishga kirishdilar. Ular samolyotni olib qochayotgan jangarilarga qarshi kurashdilar va natijada yutqazganlarini bilgan jinoyatchilar samolyotni yerga yoʻnaltirdilar. Samoyot Pensilvaniya shtatida yerga quladi, barcha yoʻlovchilar halok boʻldilar.

Rasmiy maʼlumotlarga qaraganda, ushbu fojiada 19 nafar jangaridan tashqari 2977 kishi halok boʻldi, 24 nafar odam bedarak yoʻqoldi.


Oʻn toʻqqiz nafar jangarilar toʻrtta samolyotning bortiga koʻtarildilar: 11 Amerikan Airlines, 175 United Airlines hamda 77 Amerikan Airlines reyslariga beshtadan va 93 United Airlines reysiga toʻrt nafar jangari yoʻlovchi sifatida kirib oldi. Ularning oʻn besh nafari asli Saudiya Arabistonidan, ikki nafari Birlashgan Arab Amirliklaridan, bittasi Misrdan va yana bittasi Livandan boʻlgan. Jangarilarning olti nafari teraktning asosiy tashkilotchilaridan boʻlib, ularning toʻrt nafari uchuvchi boʻlgan. Qolgan oʻn uch nafar jangari esa guruhning oddiy aʼzosi edi.

*2001 yil 11 sentyabr kuni soat 8:46 da 11Amerikan Airlines reysi – Boing 767 samolyoti Butunjahon Savdo Markazining shimoliy minorasining taxminan 94-98 qavatlariga kelib urildi.

*Oʻn olti daqiqadan keyin soat 9:59 da 175 United Airlines reysi Boing 767 samolyoti Savdo Markazining janubiy qismidagi minoraning 78-85 qavatlariga kelib urildi. Bu xodisa birinchi toʻqnashuvning asoratlarini suratga olayotgan televideniyaning suratga olish guruhi tomonidan muhrlanib qolindi.

*Soat 9:37 da 77 Amerikan Airlines reysi – Boing 757 samolyoti Pentagon binosiga kelib urildi.

*Soat 10:03 da 93 United Airlines reysi – Boing 757 samolyoti Pensilvaniyaning janubi-gʻarbiy hududiga kelib qulagan. Samolyot Vashingtonga, Oq uyga qarab yonalayotgan boʻlgan. Taxmin qilinishicha, yoʻlovchilar hamda ekipaj aʼzolari jangarilarga qarshi chiqib samolyot boshqaruvini oʻz qoʻllariga olmoqchi boʻlganlar. Oʻrtada chiqqan kurash samolyotning qulashiga sabab boʻlgan.

Samolyotlar orqali uyushtirilgan hujum natijasida Butunjahon Savdo Markazining uchta binosi butunlay qulab, yer bilan yakson boʻldi. Janubiy minora yongʻindan 56 daqiqa keyin, shimoliy minora esa 102 daqiqa davom etgan yongʻindan keyin quladi. Uchinchi minora esa soat 17:20 da kuchli yongʻin hamda ketma-ket gazlar portlashi natijasida butunlay vayron boʻlib quladi.

Boʻlib oʻtayotgan voqealar butun AQSH hududida yirik masshtabli algʻov-dalgʻovga sabab boʻldi. Barcha tijorat reyslari bekor qilindi, Amerika havo hududiga samolyotlarning kirib kelishi taʼqiqlandi. AQSH ga qarab kelayotgan barcha samolyotlarning yoʻnalishi oʻzgartirilib, Meksika va Kanada aeroportlariga qarab yoʻnaltirildi. Amerika Harbiy Havo Kuchlari hamda Milliy Gvardiyaga qarashli qiruvchi samolyotlar jangovar holatga keltirildi.

Favqullodda holatlarda hukumat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda hukumat tepasidagi rahbarlarni evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqildi.

Terakt qurbonlarining soni 19 nafar jangarini hisobga olmaganda 2977 kishini tashkil etdi: 246 nafar odam samolyotning yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari edi, 2006 kishi – Nyu-Yorkda, Savdo Markazi va koʻchalardagi odamlar, 125 nafar kishi Pentagonda halok boʻlganlar. Halok boʻlganlarning asosiy qismi AQSH fuqarolari edi, shuningdek 91 ta mamlakatning fuqarolari ham bor edi. 24 nafar odam bedarak yoʻqolgan.

Savdo Markazining shimoliy minorasining yuqori qavatlarida boʻlgan 1366 nafar odamlar halok boʻldilar. Ularning koʻpchilik qismi samolyotning binoga kelib urilishi natijasida, qolganlari yongʻin va binoning qulashi oqibatida halok boʻlganlar. Janubiy minorada esa qariyb 600 nafar kishi halok boʻlgan, pastki qavatda boʻlgan 18 nafari qochib qutulishga ulgurgan. Minoralarning yuqori qavatida olov iskanjasida qolgan 200 ga yaqin odam chiqish yoʻllari berkilib qolganidan, majburlikdan oʻzlarini pastga otganlar. Pastda turgan odamlar bu dahshatli voqealarning guvohi boʻlganlar.


Halok boʻlganlarning ichida 341 nafar oʻt oʻchiruvchilar, 60 nafar politsiyachi, 8 nafar tez yordanm xodimlari ham boʻlgan. Nyu-Yorkda 1600 ta odamning jasadi tan olingan, qolgan 1100 tasining jasadini aniqlashning imkoni boʻlmadi. BBC ning bergan xabariga koʻra 2013 yilga kelib BSM (Butunjahon Savdo Makazi)da halok boʻlgan 2750 kishidan 1634 tasining jasadi aniqlangan. Qolgan halok boʻlganlarni aniqlash ishlari DNK tahlili orqali hamon davom etmoqda.


9/11 fojiani oʻrganish Komissiyasining xulosasiga koʻra, BSM ning pastki qavatlaridagi 16 000 odamlar yongʻin paytida, bino qulashidan avval evakuatsiya qilingan.

Terakt natijasida Egizak-Minoralardan tashqari ularning yaqinida joylashgan binolarning 10 ga yaqini butkul vayron boʻldi, 40 ga yaqin inshootlar jiddiy zarar koʻrdi. Shuningdek, televideniye, kommunikatsiya va antenna qurilmalari yaroqsiz holga keldi.Vayronaliklar oqibatida mihim arxiv hujjatlari, noyob sanʼat asarlari yoʻq boʻlib ketdi. Yongʻin qariyb uch oy davom etdi.

BSM minoralarining qulashi natijasida ming tonnaga yaqin zararli axlat hosil boldi. Bu toksinli axlat quyidagi zaharli moddalardan iborat edi: 50% qurilish axlati, 40% shisha axlati, 9,2% tsellyuloza, 0,8% asbest, shuningdek qoʻrgʻoshin va simob. Bundan tashqari bir necha oy davom etgan yongʻin natjasida havoga katta miqdorda digoksin, politsiklik uglevodlar koʻtarildi. Havoga shuningdek kantserogen moddalar singib ketdi, ular jigar, buyrak, asab kasalliklari va hattoki saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu narsa keyinchalik qutqaruv ishlari bilan shugʻullanganlar orasida turli kasaslliklarni keltirb chiqardi. Undan tashqari Manxetten aholisining sogʻligʻiga ham jiddiy putur yetdi.

AQSH hukumati ushbu terakt oqibatida halok boʻlganlarning oilasiga 1,8 million dollardan pul ajratdi. Teraktni uyushtirgan tashkilotchilar qoʻlga olindi. Yer bilan yakson boʻlgan BSM ning Egizak-Minoralarining oʻrnida terakt oqibatida halok boʻlganlar xotirasiga memorial inshoot barpo qilindi.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



