Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: Bu nima qargʻishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida oʻz izini qoldirgan laʼnatlar

Qiziqarli maʼlumot: Bu nima qargʻishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida oʻz izini qoldirgan laʼnatlar
Qiziqarli maʼlumot: Bu nima qargʻishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida oʻz izini qoldirgan laʼnatlar

 Axir qargʻishlarning borligi hammaga ayon: buhaqda gazetada yozadilar, televizorda koʻrsatadilar, ularni oʻrganadilar. Qargʻishlar katta aqlli insonlarni ham bir emas, bir necha yuzlab yillardan buyon bezovta qilib kelmoqda. Zamonamiz taraqqiy etganligiga qaramay tasavvuf va gʻayritabiiy kuchlar borligiga hamma ishonadi. Ushbu maqolamizda shunday gʻayritabiiy hodisalar haqida bir necha misollar keltirib oʻtamiz.

Qiziqarli maʼlumot: Bu nima qargʻishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida oʻz izini qoldirgan laʼnatlar

Bu voqea 1922 yilda Misr firʼavni Tutanxamon sagʻanasi ochilganidan keyin boshlandi. Aytishlaricha, qabrdan tosh topilgan boʻlib, unda “Firʼavnning tinchini buzganlarni yaqin kunlarda oʻlim oʻz domiga tortadi” degan qoʻrqinchli ogohlantiruvchi yozuv boʻlgan. Misrshunos olimlar – Govard Karter hamda lord Karnarvon bu yozuvga eʼtibor bermadilar va sagʻanani ochishda hamda firʼavn jasadini oʻrganishda davom etaverdilar.

Koʻp oʻtmay ekspeditsiyada ishtirok etganlar birin-ketin beʼmani va ayanchli oʻlim topa boshladilar.

Lord Karnarvon yer osti sagʻanasiga kirganidan toʻrt oy keyin vafot etdi. Olim qonning zaharlanishi hamda zotiljamni keltirib chiqargan chivinning chaqishidan joni uzildi.

Amerikalik moliyachi Jorj Gould Tutanxamon sagʻanasiga kirib chiqqanidan keyin bezgakka chalinib, olti oydan keyin vafot etdi.

Millioner Vulf Joel sagʻananing ichidagi holatni koʻrishga kirib chiqqanidan bir necha oy oʻtib, nomaʼlum kimsalar tomonidan oʻldirilgan.

Lord Karnarvonning oʻlimidan bir necha kundan keyin esa ushbu arxeologik guruhning aʼzolaridan biri – Karter Artur Meys ham margimush bilan zaharlanib oʻldirildi. Karterning shaxsiy kotibi ham ayanchli oʻlim topdi –  u 1929 yilda oʻz oʻrnida boʻgʻib oʻldirilgan holda topildi.

Aslini olganda ekspeditsiyadigilarning hammmasi ham bunday bemaʼni oʻlim topmadilar. Guruhning koʻpgina aʼzolari qarilik gashtini surib, vafot etdilar. Ammo firʼavnlar laʼnati haqidagi voqea butun dunyoga ovoza boʻlib ketdi.Olimlarning bu borada oʻzlarining taxminlari bor. Ularning fikrlaricha, Karter ekspeditsiyasi aʼzolarining oʻlimiga sagʻanada bir necha asrlar davomida yigʻilib qolgan zaharli bakteriya va zamburugʻlar sababboʻlgan. Aynan ana shu zaharli moddalar arxeologlarning salomatligiga putur yetkazib, keyinchalik vafot etishlariga sababchi boʻlgan. Biroq boshqa bir qancha oʻlimlar zoʻravonlik bilan sodir etilgan. Demak, bu yerda bakteriyalar aybdor emas.

Qiziqarli maʼlumot: Bu nima qargʻishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida oʻz izini qoldirgan laʼnatlar

Bu voqea oʻtgan asrning oxirlarida sodir boʻgan. 1991 yilda Alp togʻlari choʻqqisining Etstal vodiysi hududida alpinistlar muz ichidan odam tanasining qoldiqlarini topib oldilar. Alpinistlar oʻlgan odamni togʻlarda sodir boʻladigan qor koʻchkisining qurbonlaridan biri, deb oʻyladilar. Qoyachilar odam  qoldiqlarini muz tagidan koʻchirib olib, qoida boʻyicha oʻlikxonaga topshirdilar. Patologoanatomlar– oʻlikni tekshiruvchi ekspertlar hayratdan qotib qoldilar: bu oʻlgan odams uyagining yoshi 5300 yilga teng boʻlib, u Bronza davrida yashaganligi maʼlumboʻldi. Aniqlanishicha, bu odam qor koʻchkisining qurboni boʻlmagan. U boshiga urilgan qattiq zarbdan halok boʻlgan, qoʻlida esa kremniyli pichoq ushlagan holda qolib ketgan. Olimlar muz asirini Etsi deb nomladilar.

Koʻp oʻtmay bu sirli topilma bilan toʻqnash kelgan barcha odamlar sirli tarzda halok boʻla boshladilar. Masalan, Rayner Xenn, jasadni tekshiruvdan oʻtkazgan sud tibbiy eksperti topilmadan bir oy oʻtib, avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu voqeadan sal oʻtib esa jasadni koʻchirish bilan shugʻullangan togʻdagi yoʻlboshlovchi Kurt Frits qor koʻchkisining ostida qolib, halok boʻldi. Muz ostidagi Etsini birinchi boʻlib koʻrib qolgan alpinist Xelmut Simon 2004 yilda oʻsha hududning oʻzida jarlikka qulab halok boʻlgan.

Simonning dafn etish marosimidan ozgina oʻtib, guruh boshqaruvchisi Diter Varnike yurak hurujidan vafot etadi. 2005 yilning aprel oyida esa Etsi ustida tekshiruv olib borgan olimlarning rahbari – professor Konrad Shpindler insultdan vafot etadi.

Qiziqarli maʼlumot: Bu nima qargʻishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida oʻz izini qoldirgan laʼnatlar

Oʻrta Osiyolik buyuk sarkarda va sohibqiron Amir Temur qabrining ochilishi ham katta yoʻqotishlarga sabab boʻlgan.

1941 yilda Iosif Stalinning buyrugʻi bilan Amir Temur dafn etilgan Samarqand shahriga bir guruh arxeologlar yoʻl oldilar. Ularning maqsadi sohibqironning qabrini ochib, uni oʻrganish edi. Bunday reja mahalliy aholi hamda din peshvolari oʻrtasida noroziliklarga sabab boʻldi. Aytishlaricha, Amir Temurning maqbarasida quyidagi yozuv boʻlgan: “Kimda-kim mening qabrimni bezovta qilsa, qonxoʻr bosqinchilar uchun yoʻl ochgan boʻladi”. Bunday ogohlantirishga qaramay, sohibqironning qabri baribir ochildi.

Qabr ochilgan kunning ertasigayoq – 1941 yil 22 iyun kuni Adolf Gitlerning fashistlar armiyasi Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi. 1942 yilda Stalin Amir Temurning jasadini Samarqanddagi qabriga qaytib qoʻyishni hamda uni qayta taʼmirlashni buyurdi. Stalinning buyrugʻi bajarildi. Aynan ana shu vaqtda nemis askarlari Stalingrad ostonasida magʻlubiyatga uchradilar–  aynan ana shu magʻlubiyat esa urush taqdirini hal qildi.

Qiziqarli maʼlumot: Bu nima qargʻishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida oʻz izini qoldirgan laʼnatlar

Buni yana “AQSH prezidentlariga urgan qargʻish” deb ham ataydilar. XIX asrda, Amerika mintaqasida hindular qabilalari bilan urush olib borilayorgan vaqtda, qabila boshliqlaridan biri – Tekumse, jon chiqarpaytida ushbu mamlakatning boʻlajak rahbarlarini laʼnatladi . U prezidentlar birin-ketin vafot etishlarini bashorat qildi. Uning gapiga hech kim eʼtibor bermadi. Biroq 1980 yilda prezidentlikka yangi saylangan Uilyam Genri Garrison oʻpka shamollashidan toʻsatdan vafot etdi. Aynan u Indiananing birinchi gubernatori boʻlgan hamda Tekumsening askarlarini tor-mor qilib, hindularning magʻlub boʻlishiga erishgan edi. Shundan keyingina qargʻishning kuchiga ishona boshladilar.

Navbat Avraam Linkolnga yetdi: birinchi muddatga 1860yilda saylanib, 1864 yilda ikkinchi muddatga qayta saylandi. 1865 yilda esa suiqasd natijasida otib oʻldirildi.  

Keyingisi 1880 yilda prezidentlikk saylangan  Jeyms Abram Garfild boʻldi. U prezidentlik postida yarim yildan kamroq muddat faoliyat yuritdi va u ham suiqasd natijasida yaralanib, uning asoratidan vafot etdi.

Toʻrtinchi galda 1896 yilda prezidentlik lavozimiga kirishgan Uilyam Mak-Kinli boʻldi. 1900 yilda qayta saylangan bu prezidentga1991 yil 14 sentyabr kuni suiqasd uyushtirildi va yarador qilindi. Buning asoratida ichki aʼzolarida gangrena rivojlanib, uning vafot etishiga sabab boʻldi.

Beshinchi oʻrinda – 1920 yilda prezidentlik kursisini egallagan Uorren Xarding boʻldi. U 1923 yilda nomaʼlum sababdan vafot etdi.Taxmin qilishlaricha yurak xuruji yoki insultga uchragan.

Oltinchi oʻrinda – Franklin Ruzvelt, AQSH prezidenti lavozimining toʻrtinchi muddatida faoliyat yuritayotgan vaqtda miyasiga qon quyilishi natijasida jon bergan.

Oxirgi oʻrinda esa hammaga maʼlum boʻlgan Jon Fitsjerald Kennedi boʻldi. U 1960 yilda prezidentlik lavozimiga saylandi, 1963yil 22 noyabr kuni esa Li Xarvi Osvald tomonidan otib oʻldirildi.

2000 yilda AQSH prezidentligi lavozimini egallagan kichik Jorj Bushga ham bir necha marotaba suiqasd uyushtirildi, lekin u oʻlmadi.Aftidan, qargʻishning muddati tugagan koʻrinadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar