Qiziqarli maʼlumot: Fermi paradoksi yoxud oʻzga sayyoraliklar mavjudmi va nima uchun biz hanuzgacha ular bilan uchrashmaganmiz?

Koinotning cheksizligini hisobga olganda, Yer sayyoramiz kabi tsivilizatsiyalar galaktikada bir necha mingdan ziyod boʻlishi kerak. Galaktikaning yoshi 10 milliard yilga teng ekanligini hisobga olgan holda olimlar intellekt darajasidagi sizilivatsiyalarning bir-birlari bilan allaqachon bogʻlanib boʻlgan boʻlishlari kerak edi, deb taʼkidlamoqdalar. Shularni barchasini hisobga olgan holda, oʻrinli savol tugʻiladi: agar nazariya boʻyicha oʻzga sayyoraliklar mavjud boʻlishi kerak boʻlsa, unda nima uchun odamzot ular bilan hanuzgacha toʻqnash kelmagan.


Yer sayyoramizning noyob va betakrorligi haqidagi nazariyaning taʼkidlashicha, sayyoramizda hayotning vujudga kelishiga sabab boʻlgan hodisalar zanjiri shunchalik murakkabki, uning takrorlanishining boshqa ilojisi yoʻq. Toʻgʻri, Yerimizga oʻxshash boshqa sayyoralar boʻlishi mumkin, biroq ularning birortasida ham ongli hayot rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar uygʻunligi mavjud emas. Boshqacha qilib aytganda, odamlarning oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganliklarining sababi – yoki ular haqiqatdan ham yoʻq, yoki ular odamlardan shunchalik uzoqda joylashganlarki, ularning uchrashish ehtimoli juda kam. Yerning hayot uchun yaroqli boʻlishiga uning noyob orbitasi hamda Quyosh bilan orasidagi masofa sababli uzoq muddatli barqaror iqlim sharoiti asos boʻlgan.

“Buyuk filtr nazariyasi” ga koʻra, oʻzga sayyoralarda ham hayot bor, biroq bu ongli hayot vakillari hozircha koinot aloqalari yoki koinot boʻylab sayohat qilish uchun texnologik jihatdan rivojlanmaganlar. Mazkur nazariyada aytilishicha, zamonaviy kosmik kemalar, yoʻldoshlar va radiostantsiyalar odamlarni bu lahzaga yaqinlashtirayotgan boʻlsa-da, insoniyat yengib boʻlmaydigan qandaydir toʻsiq yoki halokatga duch keladi. Bu narsa oʻzga sayyorlaliklar bilan texnologik jihatdan aloqalar oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi. Bundan tashqari, hammaga maʼlumki, Yer sayyoramizda vaqti-vaqti bilan halokatli tabiiy ofatlar sodir boʻlib turadi. Shunday ekan, bunday ofatlar boshqa sayyoralarda ham boʻlishi va ongli hayot yana tosh davriga qaytib borib qolishi mumkin. Yoki boʻlmasa, insoniyat yadroviy urushlar sababli oʻzini-oʻzi yakson qilayotgan boʻlishi mumkin. Mazkur filtr qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, hech qanday yaxshilikka olib bormaydi.

Futurolog olimlarning taʼkidlashlaricha, ongli oʻzga sayyoraliklar qachonlardir bizning Koinotda mavjud boʻlganlar, biroq ular shunchalik mukammallashganlarki, yangicha rivojlanishni boshlaganlar. Boshqacha qilib aytganda, oʻzga sayyoraliklar shunchalik taraqqiylashib ketganlarki, koinot bilan ishlari boʻlmay qolgan, ular oʻzlarining ichki olamlari bilan ovora boʻlib qolganlar.
Ushbu nazaroyani kompyuterlarning yillar davomida kichrayib borishi bilan taqqoslash mumkin. Eslab koʻring, kompyuterlar bir paytlar juda ulkan boʻlib, bir xona kattaligida boʻlgan. Texnoligiya rivojlangan sari, kompyuter ham kichrayib boraverdi. Endi u choʻntakka ham sigʻadi. Mazkur nazariya tarafdorlari ham ongli hayot shunday usulda rivojlanib borganligini taʼkidlamoqdalar. Ularning aytishlaricha, oʻzga sayyoraliklar takomillashgan sayin zichlashib borganlar hamda boʻshliq, vaqt, quvvat va materiyani samarali sarflay boshlaganlar.Natijada ushbu tsivilizatsiya vakillari shunchalik kichiklashib ketganlarki, bizning boʻshliq davrimizdan tashqari boʻlgan qora tuynuklarda yashay boshlaganlar.

Oʻzga sayyoraliklarga Yer va unda yashovchi odamlar haqida oʻylash qiziq emas, degan nazariya ahmoqona koʻrinishi mumkin. Ehtimol, hayot uchun boshqa qiziq va mos keladigan joylar bordurki, ongli mavjudodlar vaqtlarini Yerga emas, afzalroq boshqa joylarga sarflamoqdalar. Bu nazariya Yer sayyorasining noyobligi haqidagi taxminning butkul aksidir. Oʻzga sayyoraliklar uchun minglab yorugʻlik yillariga teng boʻlgan masofalarga sayohat qilish va aloqa oʻrnatish hamda insonlar bilan muloqot qilish istagi odamning pashsha bilan qiziqqanidan ham sustroqdir.Bundan tashqari, kelgindilar oʻzlarining ajoyib texnologiyalarining ustunligiga egadirlar, ularga bizning resurslarimiz kerak emas. Shunday ekan, Somon yoʻli galaktikasida Yerga oʻxshash 8,8 milliard sayyora boʻla turib, oʻzga sayyoraliklar sayyoramizga yetib kelishlari uchun bir talay quvvatlari sarflashlariga ehtiyoj bormikan.

Oʻzga sayyoraliklarning bizga koʻrinmasliklarining taxminlaridan biri – “planetariya nazariyasi” dir.Bizning olam “virtual borliq shakli” hisoblanadi, yaʼni Koinotning boʻshligi sarobini beradi. Odamlarning oʻzga sayyoraliklarni koʻra olmaganliklarining sababi, bu narsa programmalashtirilmagan. Baʼzi olimlarning fikricha, biz oʻzga sayyoraliklar tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter ichida yashamoqdamiz. Ongli mavjudodlar galaktikadagi quvvat va materiya boshqara oladilar.

Oʻzga sayyoralarda hayot bor boʻlsa-da, bizning sayyoramiz boshqalaridan shunchalik uzoqda joylashganki, aloqa oʻrnatishning imkoni yoʻq. Yer sayyoramiz boshqa aholisi bor sayyoralardan shunchalik olisdaki, uni payqashning oʻzi boʻlmaydi, oʻzga sayyoraliklar esa oʻzlariga yaqin boʻlganlar bilan muloqot qiladilar.
Taniqli olim Stiven Xoking insonlar oʻzga sayyoralarning signallarini tutib olsalar ham, oʻzlarini koʻrsatib, bildirishlari kerak emas, aks holda amerikalik hindularning taqdiri boshimizga tushishi mumkin. Yaʼni kelgindilar bizning sayyoramizni egallab olishlari, oʻzimizni esa siqib chiqarishlari mumkin.

Yana bir qator olimlarning taʼkidlashlaricha esa, oʻzga sayyoraliklarning mavjudliklarining dalil-isboti yoʻqligi ularning haqiqatdan ham yoʻqliklarini bildirmaydi. Oʻzga sayyoralarni kuzatish uchun yirik loyihani ishga tushirish lozim, kelgindilar ovi” deb nom olgan ushbu dasturga esa davlat tomonidan moliyaviy mablagʻ ajratilmaydi. Yillar davomida yerliklardan boshqa ongli mavjudodlarni kuzatishda olimlar faqatgina radioteleskoplar va chegaralangan vaqtgina foydalana oladigan boshqa texnikalardan foydalanganlar. Bu kabi kamchiliklar har qanday real taraqqiyot uchun toʻsiq boʻldi.
Shunga qaramay baʼzi bir yaxshi yangiliklar bor. 2007 yilda atayin Yerdan tashqari signallarni qidirish uchun moʻljallangan, kengligi 6 metrli 42 ta alohida teleskoplardan tashkil topgan Allen Telescope Array nomli ulkan radioteleskop ishga tushirildi. Uning ishlab chiqarishi uchun Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri Pol Allen homiylik qilgan.

Agarda boshqa sayyoralarda hayot bor boʻlsa ham, u yerning aholisi biz – odamlarga oʻxshashi shart emas. Ehtimol, ular bizdan shunchalik farq qiladilarki, ularning signallarini eshitmay yoki aniqlay olmay qolamiz. Misol uchun, koʻrshapalaklar ovozli toʻlqinlarni his qiladilar, odamlar esa faqatgina yorugʻlik toʻlqinlarini koʻra oladilar. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, insonlar va oʻzga sayyoraliklarning his qilish organlari tubdan farq qilishi mumkin.
Kosmolog va astrofizik olimlarning aytishlaricha, biz oʻzga sayyoraliklarning hattoki koʻziga qarab, ularni tanimay oʻtib ketishimiz mumkin. Gap shundaki, odamlar oʻzga sayyoraliklarni oʻzlariga oʻxshash bir maxluqot, deb biladilar. Aslida esa ularning koʻrinishi biz hayolimizga keltirmagan shakllarda ham boʻlishi mumkin. Oʻzga sayyoraliklar biznikidan ham ilgʻor kommunikatsiyalardan foydalanishlari mumkin (masalan, neytrino yoki gravitatsion toʻlqinlar). Bunday texnologiyani Yerda tushunib boʻlmaydi.

Palentolog olimlarning oʻylab topgan nazariyalariga koʻra, inson va boshqa maxluqotlar “oʻzini halok qilish” xususiyatiga egadirlar. Mazkur nazariya “Buyuk filtr teoriyasi” ga mos tushmoqda. Yaʼni odamlar rivojlanish jarayonida shunchalik taraqqiylashib ketadilarki, oʻzga sayyoraliklar bilan aloqaga kirishishdan avval halokatga yuz tutadilar.

Bu taxmin fantastika boʻlib tuyulishi mumkin, lekin oʻzga sayyoraliklar odamlarning orasida hamma qatori yashab, ishlab yurgan boʻlishlari ham mumkin. Masalan, Kanada davlatining Mudofaa vaziri Pol Xellayer 2014 yilda – Yer yuzida 80 nafar turli begona hayot turlari mavjudligini taʼkidlagan edi. Ularning baʼzilari huddi insonlarga oʻxshaydi, shuning uchun biz ularning oʻzga sayyoralik kelgindi ekanligini sezmaymiz. Baʼzilari esa odamlardan berkinib, ularga koʻrinmay yuradilar. Vazir Xellayerning bu taxminiga amerikalik bir qator olimlar ham qoʻshilganlar. Ularning fikricha, Fermi paradoksi oʻz yechimini topgan – oʻzga sayyoraliklar haqiqatdan ham bor va odamlar oʻzlari bilmagan holda ular bilan muloqot qiladilar va buni sezmaydilar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



