Qiziqarli maʼlumot: Oy haqida biz bilmagan 20 ta fakt


Oy toʻqnashuv natijasida vujudga kelgan. Olimlarning fikricha, Oy Yerning parchalari va Mars kattaligidagi koinot obʼyektidan hosil boʻlgan.

Kechasi ham huddi kunduz kunday yorugʻ boʻlishi uchun 300 ga yaqin Oy kerak boʻladi, shulardan 206 ming 264 tasi toʻlinoy davrida boʻlishi shart.

Odamlar doimo Oyning faqat bir tomoninigina koʻradilar. Yerning tortishish maydoni Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishini sekinlashtiradi, shuning uchun ham Yer yoʻldoshining oʻz oʻqi atrofida aylanishi Yerning atrofida aylanish vaqtiga teng.

Oyning orqa tomoni bizga koʻrinadigan tomonidan koʻra togʻliklarga boydir. Yerning tortishish kuchi Oyning poʻstlogʻi yupqaroq tomoni bizga qarab qolishiga sababchidir.

Yer sayyoramizda oʻsayotgan 400 tadan ortiq daraxtlar Oydan keltirilgan. Bu daraxtlarning urugʻlari “Apollon 14” ekipaji tomonidan 1971 yilda olib kelingan edi. Bu ekipaj oʻshanda Oyning orbitasida boʻlib, Yerga qaytgan edi.

Yerning boshqa tabiiy yoʻldoshi ham boʻlishi mumkin. Kruitni asteroidi Yer bilan orbital rezonansda harakat qiladi va sayyoraning atrofini770 yilda toʻliq aylanib oʻtadi.

Oyning yuzasidagi kraterlar meteoritlar tomonidan 4,1-3,8 mlr yil avval qoldirilib ketilgan. Geologik tomondan qaraganda Oy Yer kabi faol emas, shuning uchun bu kraterlar koʻrinib turadi.

Ha, oyda suv bor. Yer yoʻldoshida atmosfera qobigʻi yoʻq, biroq kraterlar hamda Oy tuprogʻining ostida muzga aylangan suv bor.

Oy aslida dumaloq shar koʻrinishida emas. U Yening tortishish kuchi sababli tuxumsimondir. Undan tashqari uning ogʻirlik markazi koinot obʼyektining oʻrtasida emas, undan taxminan 2 km chetroqda joylashgan.

Oydagi kraterlar taniqli olimlarning ham, mashhur rassomlarning ham, tadqiqodchilarning ham nomlari bilan atalgan , keyinchalik esa ularga amerikalik va rossiyalik kosmonavtlarning nomlari qoʻyilgan.

Yer yoʻldoshi boʻlmish Oyda ham silkinish boʻlib turadi. Bu Yerning gravitatsiyasi sababli sodir boʻladi. Silkinishlarning epitsentri Oy yuzasidan bir necha km ichkarida joylashgan.

Oyning atmosfera qobigʻi boʻlib, u ekzosfera deb ataladi. U geliy, neon va argondan iboratdir.

Oyda raqsga tushuvchi chang mavjud. U Oyning sathida uchib yuradi, shuning uchun ham raqsga tushuvchi, deb ataladi. Gʻubor zarralari elektromagnit kuchlar tufayli tepaga koʻtariladi.

Yer yoʻldoshi koʻproq sayyoraga oʻxshaydi.Yer bilan Oy ikkita sayyora tizimiga oʻxshaydi, huddi Pluton+Xaron kabi.

Oy Yerdagi suv havzalari sathining koʻtarilishi va kamayishini keltirib chiqaradi. Oyning gravitatsion kuchi sayyoramizdagi okeanlarga taʼsir qiladi. Suv sathining eng baland koʻrsatgichi toʻlinoy yoki yangi oy chiqqan pallada roʻy beradi.

Oy borgan sari Yerdan uzoqlashib bormoqda. Dastavval Oy Yerdan 22 000 km uzoqlikda joylashgan edi, hozirda esa ularning oraliqlaridagi masofa 400 000 km ni tashkil etadi.

Oyda harorat keskin ravishda oʻzgarib turadi. Oy ekvatorida harorat kechasi minus 173 boʻlsa, kunduz kuni Selsiy boʻyicha 127 daraja issiq boʻladi.

Oydagi bir kun Yerdagi 29,5 kunga teng. Oyda Quyosh ufqni kesib oʻtishi uchun esa Yerning 29,5 kuni kerak boʻladi.

Insonlar Oyga qadam bosmaganlariga 40 yildan ortiq vaqt oʻtdi. Shunga qaramasdan, NASA “Ares I” va “Ares V” nomli yangi raketalar ustida ish olib bormoqda. Bu raketalar Oyga qimmatli yukni olib borib, ortga qaytishlari moʻljallangan.

Bugungi kunning smartfonlari “Apollon” ni Oyga qoʻnishini taʼminlagan kompyuterdan ham kuchliroqdir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



