Qiziqarli maʼlumotlar: Uy hayvonini parvarishi haqidagi eng taʼsirchan hikoya


Bu mashxur surʼat qilingan vaqtda Shep 19 yoshda boʻlgan edi. Hamda u artrit bilan kasal edi. Uning azoblarini sal boʻlsada yengillashtirish maqsadida Djon har kuni Yuqori koʻliga uni olib borar edi. U itni qoʻlga olib suvga chuqur tushardi. Suv shu darajada itga oʻzini boʻsh qoʻyish imkonini berar ediki, ogʻriqlari tinchlanardi va Shep egasining koʻkragida tinchlanib uxlay olardi.

Djon Anger va uning doʻsti Shepni uysiz hayvonlar uchun boshpanadan olishgandi. Bu doʻsti bilan u turmush qurmoqchi boʻlgan edi, lekin 11yil avval ajralib ketishgan va soʻng chuqur depressiyaga tushib qolgan edi.

"Men sizlarga toʻgʻrisini aytsam, bu it boʻlmaganida men hayot boʻlmagan boʻlar edi. Kunlardan bir kun men oʻz jonimga qasd qilish fikri bilan uygʻondim. Lekin men bilan Shep bor edi va ... men buni qanday tushuntirib berishni ham bilmayman. U ton maʼnoda meni bu fikrlardan chegaralab qoʻydi. U men uchun shunchalar koʻp narsa qildiki, men unga qarigan vaqtida uning azoblarini yengillashtirish uchun qilayotganlarim - bu u uchun qilishim mumkin boʻlganlaridan juda kichik qismi",-deb Djon, uning uchun kutilmaganda boshiga yogʻilgan mashxurlikdan keyin bergan intervyusida aytgandi.

Djon facebookda sahifa yaratdi va u yerga Shepning yangi surʼatlarini yuklardi va shu orqali yangi doʻstlari bilan muloqot qilar edi. "Odamlar bu surʼatlarni koʻrganlarida, ular bu dunyoda mehr va yaxshilik hali ham bor ekanidan xursand ekanlarini yozadilar", - deb aytib beradi Xanna Xadson - fotograf, Djonning doʻsti va mashxur surʼatini surʼatga olgan. Kommentlarda koʻp odamlar ular oʻz kuchuklarini va yaqinlarini yoʻqotganlari haqida, surʼatga qaraganlarid koʻz yosh toʻkishlarini yozishadi.

Xanna va Djon Yuqori koʻli qirgʻogʻida bir yil avval bekorga koʻrishmagan edilar. Veterinar Djonga itning kasalligi progreslashayotganini va ehtimol, itni uxlatib qoʻyish yaxshiroq boʻlardimi deb aytgan edi. Yaqin orada oʻz eng yaqin doʻstini yoʻqotishini tushunib turgan kishi doʻstidan uni va Shepni esdalik uchun surʼatga olishini iltimos qilgandi. Xannaga juda zoʻr kadr olish nasib qilgan, u nafaqat Djonning, balki butun dunyodagi minglab odamlar yodida qoldi.

Uxlayotgan Shep bilan surʼat mashxur boʻlib ketganidan soʻng, Djon butun dunyodan koʻp sonli sovgʻalar va pul oʻtkazmalarini davolash uchun ola boshladi. Kasal it davolangan klinikaning veterinari koʻplab anonimlar pul oʻtkazayotganlaridan hayratda edi. Uning soʻzlariga qaraganda, Djon yaxshi yigit, lekin boy emas. Biroq oʻz iti uchun uni oxirigacha tuzatib boʻlmasada, barcha imkoni boʻlgan narsalarni qilardi. Uning iti kuchiklar oʻrtacha yashaydigan umrdan koʻp yashagandi.

Mashxurlik Shepni hayotini feyarli bir yilga uzaytirishga va oʻz 20chi tugʻilgan kunini qarshi olishga imkon berdi. 2013 yili 18 iyulda Djon oʻz sevimli uy hayvoni oʻlimi haqidagi tragik xabarni eʼlon qildi: "Men nafas olmoqdaman, lekin nafasimni rostlay olmayapman. Kecha Shep oʻldi".

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



