Qoʻlqoplar haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Volter Skott romanlarida xonimlar sevimli ritsarlarini topishni niyat qilib, qoʻlqoplarni atayin tushurib qoʻyishlari yohud ritsarlar musobaqasida oʻz suyuklisiga taqdim etgani bayon qilingan. Xonimlar shu yoʻl bilan oʻz muhabbatini gʻoyibona tarzda anglatishga harakat qilishgan. Qoʻlqop olishga muvaffaq boʻlgan yigit xoniming ushbu tuhfasini koʻz qorachigʻidek asrab, uni qoʻlga olganda yor vasli koʻz oldida namoyon boʻlgan. Shunday ekan, qoʻlqoplarni maʼlum maʼnoda muhabbat tumori deya atash mumkin.

Ritsarllar kimnidir duelga chaqirishni niyat qilsalar, uning oyoqlari ostiga qoʻlqop tashlaganlar. Hakamlar adolat timsoli sifatida qorday oq qoʻlqop kiyganlar.

Qadimgi rus oʻlkalarida qoʻlqoplar nafaqat qoʻllarni isitish, balki pech ichidagi xumchani tashqariga chiqarish uchun qoʻllanilgan boʻlib, aynan shu sabab u dagʻal teridan tikilgan va ichi moʻyna bilan toʻldirilgan. XVII asrda qoʻlqoplar teri,ipak, toʻr, atlas matolaridan tayyorlana boshladi. Aslzoda ayollar garderobida esa albatta, bir nechta qoʻlqoplar mavjud boʻlishi shart hisoblangan.

XIX asrda ilk qoʻlqop ishlab chiqarishga moʻljallangan dastgoh ixtiro qilindi. Aynan shu vaqtga kelib barmoqlarsiz uzun qoʻlqoplar oʻylab topilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



