Qiziqarli

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Zoʻrlovchi va janjalga molik reklamaning vaqti allaqachon oʻtib boʻlgan. Ziyrak qarorlar va “odamlar uchun” reklamaning vaqti keldi. Chunki bir xil va jonga teguvchi reklama allaqachon hammani charchatdi, va shu uchun, odamlar reklama bilan muomala qilishi kerak, aksincha emas.

Aslida, reklama reklama beruvchiga nafaqat foyda keltirishi, balki, jamiyatga ham foydali boʻlishi kerak, yoki kamida uning oldidan oʻtib ketuvchi odam uchun foydali boʻlishi kerak. Va bunday reklama olamdabor. Biz sizga 10 ta eng foydali reklama misollaridan keltiramiz. Brendlar buni eʼtiborga olishsin!

Reklama foydali boʻlgan vaqt
Reklama foydali boʻlgan vaqt
Reklama foydali boʻlgan vaqt

Oddiy shahar formatidagi baʼzi qiyshiq chiziqlar, va reklama - dam olish uchun skameyka, pandus yoki yomgʻirdan asraydigan yopinchiq kabi yangi funksiyalarni oʻzida mujassamlashtirdi. IBM tashkilotining “Aqlli shaharlar uchun aqlli gʻoyalar” reklama loyihasi butun dunyo boʻyidagi shaharlar unda yashovchilariga qulay boʻlishi uchun yordam beradi.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Peru poytaxti Lima shahri yogʻingarchilik darajasi past, quruq joyda joylashgan, va havo namligi darajasi 98 %ni tashkil qiladi. Loyiha tashkilotchilari bu joyning mana shu xususiyatidan foydalanishga qarorqilishdi.

Billbord suyuqlikni havodan oladi, uni qayta ishlaydi va toza suvga aylantiradi, va busuv sisternlarda saqlanadi. Ulardagi suv, mahalliy yashovchilar uchun iflos quduqlardagi suv oʻrniga kelgan muqobil variantdir.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Loyiha boshlanishidan 3 oy soʻng, billboard 9450 litr suvni jamladi. Har bir qalqon unumdorligi – kuniga 96 litrga yaqin ichimlik suvidir.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Pruhealth — tibbiy sugʻurta borasida xizmat koʻrsatadigan, Buyuk Britaniyalik kompaniya – xalq sogʻligi bilan nafaqat soʻz bilan, balki ish bilan gʻamxoʻrlik qildi. Sugʻurtalovchi reklama avtobus oldi bekatlaridagi qurilmalarni dispenserga aylantirdi, va uning ichidan bir daqiqa ichida bir dona apelsin tushib turadi (faqat, tushgan apelsin olinib boʻlgan boʻlsa)

Har bir mevaga sogʻlikni tekshirish uchun taklifnoma biriktirilgan reklama qogʻozi yopishtirilgan.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Vitaminwater reklamasidan avtobus bekatida smartfon yoki boshqa qurilmani zaryadlash mumkin. Ajralmas USB portly bekatlar Boston, Chikago va Los-Andjelesda joylashgan. 

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Caribou Coffee bekati mikrotoʻlqinli pech sifatida bezalgan boʻlib, yoʻlovchilarni transportni kutish paytida isitadi. Qurilmaning ustki devoridagi isituvchi vosita haqiqiy issiqlikni beradi.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Menyudagi «BigʻNʼJuicy» nomli eng katta gamburgerni tasvirlash uchun, McDonald’s Stokgolmda barcha xohlovchilarga katta qogʻoz paketlarni tarqatardi.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Amsterdamdagi avtobus bekatlarida oʻtirgʻichga tarozi biriktirib qoʻyilgan elektron tablo osilgan. Avtobusni kutish uchun oʻtirgan yoʻlovchi oʻz vaznini koʻrib, kreativchilarnidarhol reklama qilinayotgan fitness-klubga borishga undashi kerak.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

Quyosh koʻp va odamlar juda koʻp vaqtlarini plyajda oʻtkazadigan Braziliyada, Nivea odamlarga nafaqat zagarga qarshi kremdan foydalanishni, balki, oʻz mobil telefonlarini jurnaldagi kremning modul reklamasiga oʻrnatilgan quyosh batareyalari orqali zaryadlashni taklif qildi.

Reklama foydali boʻlgan vaqt

23 fevralga sovgʻa qilingan gʻalati krujka, yoki bir necha yildan beri yuqori tortmalarda changlanib yotgan mikser, yoki hatto sizning bolangiz oʻsib katta boʻlgan qishki oyoq kiyimi boʻlmasin, har bir odamda bunday kerak boʻlmagan, ammo tashlash achinarli boʻlgan narsalar bor. Ular yaxshi ahvolda yoki yangi ham boʻlishi mumkin. Axlatxonaga tashlash uchun hali barvaqt, va ular kimgadir kerak boʻlib qolishi mumkin.

Geodzak axlat paketlari keragi yoʻq narsalarni muhtoj odamlarga yetkazishni yengillashtirish uchun yaratilgan. Ularning ichiga siz tashashni xohlamayotgan va tekinga berishga rozi boʻlgan narsalarni qoʻyish, va oddiy axlat paketlari bilan birga chiqarish kifoya, xolos.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar