Foydali

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar
Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

1980 yilda Jorjiya shtatining Atlanta shahri fuqarosi Uilli Jons kasalxonaga kelib tushdi. Bu paytda uning tana harorati 46,5 º C ni tashkil etar edi. Bunday koʻrsatkich hayot bilan nomutanosib boʻlishiga qaramasdan, bemor asta-sekinlik bilan tuzala boshladi va 24 kundan keyin sogʻlom holatda shifoxonadan chiqarildi.

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

Keyingi fakt ham tana harorati bilan bogʻliq. 1994 yilning 23 fevral kuni Karli Kozolofski ismli 2 yashar qizaloq -22 º C sovuqda olti soat davomida qolib ketadi. U kasalxonaga gospitalizatsiya qilinganida tana harorati 14,2 º C ga tushib ketgan edi.

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

42 yoshli ayol mahalliy kasalxona boʻlimiga qornidagi ogʻriq bilan kelib tushdi. Uning qornidan 2 533 ta narsa olingan, shulardan 947 tasi toʻgʻnogʻichlar edi.

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

Bunday voqealar kam boʻlsada uchrab turadi. Masalan, bir ayolning qornidan begona jism olib tashlangan – bu 2,35 kg keladigan soch tuguni boʻlgan.

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

Dunyodagi eng uzoq jarrohlik operatsiyasi 96 soat davom etgan.

280 kilogrammli ayolning tuxumdon kistasi olib tashlandi. Jarrohlik amaliyotidan keyin ayolning vazni 140 kilogrammga tushdi. 

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

Dunyodagi yuragi eng koʻp toʻxtab turgan odam – Yan Revsdal, uning yuragi naq 4 soat urmay turgan. 

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

1977 yilning yozida sportchi Devid Perli 179,8 G ogʻirlikdagi kuchni qarshi olishiga toʻgʻri keldi. Sport musobaqasi paytida dahshatli falokat yuz berdi va poygachi tezlikni soatiga 173 km  dan 0 ga keskin pasaytirishga majbur boʻldi, bunda tormoz masofasi atigi 66 santimetrni tashkil etdi. Ushbu avtohalokat natijasida Devud jiddiy jarohatlar oldi: 29 ta suyak sinishi, 3ta pay choʻzilishi, yuragi esa naq 6 marta toʻxtagan. Poygachining jarohatlanmagan aʼzosi yoʻq edi, lekin shunga qaramay u tirik qoldi!

Tibbiyot sohasida sodir boʻlgan gʻayrioddiy voqealar

Amerikalik Charlz Yensenni omadli odam, deb boʻlmaydi. U 40 yil davomida 970 marta jarrohlik operatsiyalarini boshidan oʻtkazgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar