Qiziqarli

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

Ammo, oradan bir oz vaqt oʻtgach, Sheymus ishidan maxrum boʻldi va oilasi uchun hisob qogʻozlari juda ogʻirlik qildi. Shunda, Fitssimonslar hashamatli uyni sotishga qaror qildilar. Koʻchmas mulk bilan unga tegishli atrofidagi yerlarning narxini 825 ming funt (62 million rubldan ortiq) ga baholashdi. Biroq, uyning shubhasiz goʻzalligiga qaramay, uni sotib olishga xech kim shoshilmayapti. Narxi juda ham baland.

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

Sheymus muammoning notrevial yechimini topdi. U uyini lotereyada oʻynashga qaror qabul qildi. Sayt yaratdi va u orqali besh funtdan lotereya chiptalarini sotmoqda. Oʻyin kelasi yil yanvarda boʻlib oʻtadi.

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

"Biz oʻxshash vaziyatga tushib qolgan odamlarni topdik: ular oʻz uylarini lotereyada oʻynashgan, - deb aytdi Sheymus. - Agar, bu ularga yordam bergan boʻlsa, u holda nima uchun bizga yordam bermaydi? Va biz biron kimsaga, fantastik, shahar tashqarisidagi hashamatli uyni, deyarli tekinga, olishga yordam berishga qaror qildik".

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

Uy haqiqatda ham juda yaxshi. Bu yerga koʻchib kelish oldidan, Fitssimonslar juda ham sifatli taʼmirlash ishlarini qilishgan. Xususiy bir akr bogʻ bor boʻlgan, ikki qavatli katta uyda ettita yotoqxona, kamin, sauna, snuker uchun toʻliq hajmli stol bor boʻlgan bilyard xonasi joylashgan.

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt
Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt
Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

Hamda, ochiq osmon ostida, isitiladigan basseyn ham bor.

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

Chiptalarni sotish tugatiladigan sana, 18 dekabrgacha, Sheymus 250 ming donani berishga niyat qilmoqda. Shunga muvofiq, foyda 1,25 million funtni tashkil etadi. Agar, bu belgiga dekabrdan avval yetishishsa, u holda, Fitssimonslar soʻzlariga koʻra, mablagʻlarining bir qismi saraton bilan kurashish fondiga oʻtkazilar ekan.

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt
Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt

Buyuk Britaniyada bu kabi nolikvid koʻchmas mulkning sotish yoʻli oxirgi yillarda juda ham ommalashgan. Biroq, hamma ham koʻzlangan miqdordagi mablagʻlarini yigʻishga muvaffaq boʻlmaydi. Masalan, 2010 yili Liverpullik juftlik, lotereyani toʻxtatib, barcha yigʻilgan pullarni egalariga qaytarib berishiga toʻgʻri keldi. Chunki, qatnashchilar, uyning bahosi 750 ming funt boʻlganida, 10 ming funt miqdorida, bir necha yuz dona chipta sotib olganlar.

Shotlandiyalik kishi oʻzining muhtasham uyini lotereyada oʻynamoqda. Chiptaning narxi 5 funt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar