Sizdan ham kamroq pul sarflaydigan 8 nafar milliarderlar reytingi

Tejamkorlik – yetarlicha subyektiv tushuncha. Siz taomlanishni biror bir umumiy ovqatlanish muassasasida emas, uyda amalga oshirishni, shu bilan birga, imkon qadar arzonroq aviachipta sotib olishni tejamkorlik deb oʻylashingiz mumkin. Ammo milliaрder uchun tejamkorlik bu Volkswagen yoki Toyotani rulida uni boshqarib bora turib, ishga jinsi shimda va yengil futbolkada borishdir demakdir.
Ular oʻzlari uchun xususiy samolyot yoki oʻz hududiy mulklarini kengaytirish uchun orol sotib olishlari mumkin, biroq bunday qilmaydigan milliarderlar ham juda koʻp. Ayrim misli koʻrilmas darajadagi badavlat odamlar juda kamtarin ekanligi – ishonish qiyin boʻlgan faktlardan biridir.
Ularning har biri oʻzlariga tobe kishilar kabi mahalliy oshxonada ovqatlanishdan tortib to oʻzlari bemalol sotib olishga qurbi yetadigan va nisbatan qandaydir tiyinlarga teng keladigan qiymatdagi uylarda yashashgacha koʻrinish olgan tejamkorlik odatlariga ega.

Bu odam dunyodagi eng kamtarin va dono milliarderlardan biri.Oʻzining oʻta badavlatligi va yuqori mavqeiga ega ekanligiga qaramay, u eski uyidan boshqa yerga koʻchib oʻtishni orzu ham qilmaydi.
U oʻzi bilan birga mobil telefon ham koʻtarib yurmaydi. Uning ish stolida esa kompyuter ham yoʻq. Uorenning doʻsti Bill Geyts Uorren yashaydigan Omaxa shahriga kelganida u Billni aeroportda hamisha oʻzi kutib oladi.
Bundan tashqari Uorenning didi ham oʻta nozik emas. Milliarder fast-fud kompaniyalari, jumladan Coca-Cola, Buger King, Dairy Queen birlashmalarga sarmoya kiritish bilan birga uning oʻzi ham shunday taom bilan tanovul qilishni juda yaxshi koʻradi. Aytishlaricha bu sarmoyador har kuni kartoshka chipslarini isteʼmol qiladi va bir necha butilka kola ichadi.
2014 yilda aktsionerlar yigʻilishida Uorren uning daromadiga bogʻliq boʻlmagan oʻz hayoti toʻgʻrisida gapirib berdi. “Mening xayotim xozirgidan ham koʻra baxtliroq boʻlishi mumkin emas. Aslida, agar mening 6 ta yoki 8 ta uyim boʻlganida ancha battar boʻlar edi. Mening hamma narsam bor. Menga boshqa hech narsaning keragi yoʻq, chunki maʼlum bir paytda xashamat hech qanday mazmunga ega boʻlmay qoladi.”

Milliardlarga qaramay, Mark oʻzining xotini Pristsilla va ikki qizi bilan birga ancha kamtarin xayot tarzini olib borishadi. Bir marta undan nima uchun doimo bir hil futbolka va jinsida yurishlarini soʻrashganida ijtimoiy tarmoq asoschisi oʻzini yoʻqotmay: “Men oʻzimning hayotimni kerak boʻlmagan qarorlar qabul qilishdan nari boʻlishiga qaror qildim, kun davomida esa men ishimni yaxshilashga yordam beradigan qarorlar qabul qilaman”deya javob berdi.
Xashamatli xayot alomatlari 33 yoshli Markda hech qachon alohida taassurot qoldirmagan.2015 yilning oxirida u oʻz umrining soʻngiga qadar aksiyalarining 99 foizini xayr-ehson qilish niyatida ekanligi toʻgʻrisida habar berdi.
Mark koʻpincha Makdonaldsda ovqatlanadi, uning toʻyi esa Palo-Altodagi uyining hovlisida boʻlib oʻtgan. Uning hisob raqamida shunday katta miqdordagi milliardlarning mavjud ekanligiga qaramay Mark oʻz toʻyi uchun bor-yoʻgʻi 7 million AQSH dollari sarf etgan holos.
Mark Sukerberg 2014 yilda oʻzining eski avtomobilini sotib, 30000 AQSH dollari evazia yangi “Golf” sotib oldi.

Meksikalik oligarx Karlos Slim hech narsaga ortiqcha pul sarflamaydi, u oʻzining boyligini turli serdaromad kompaniyalarga sarmoya qilib kiritadi. Oʻzi bilan boʻlgan birinchi intervyuda u boylik - mevali bir bogʻ, bu bogʻni doimo parvarish qilish, uning oʻsishi toʻgʻrisida qaygʻurish kerak, hosilini esa kamdan-kam hollarda terib olish mumkin, deb aytgan edi.
Bugungi kunda Karlos 78 yoshda va u Meksikadagi eng badavlat odam. Lekin unda hamon xususiy yaxtalar yoki samolyotlar kabi hashamat buyumlari yoʻq. U mana bir necha yildirki eski MercedesBenz mashinasida harakatlanadi.
U oʻzining kompaniyalariga ham xuddi shunday tejamkorlik bilan yondoshadi. Xodimlar uchun yoʻriqnomalarda, xatto barqarorlik paytlarida ham odmilikka rioya qilish kerak deb yozilgan.
Karlos 40 yildan koʻproq bitta uyda yashadi. Shuningdek, oʻz farzandlari va nabiralari uchun oʻz qoʻllari bilan bajonidil taom tayyorlab beradi. Uning bir necha qiziqishlari ham mavjud. Bu marhum rafiqasi hotirasiga bagʻishlangan tasviriy sanʼat, sotishga urinib koʻrgan Mantettendagi dangʻillama hovli uy va kuba sigaralardir.

Charlining aytishicha, uning tejamkorligining ildizini Buyuk Depressiya davrida oʻsgan onasining bolaligidan izlash kerak. “Shuning uchun ham mening qizil daraxtdan yasalgan stolim yoʻq” deydi u.
Milliarder har kuni uyidan bir necha buterbrod olib ketadi va yaqin kunlarga qadar chet ellarga safarlar paytida u oʻz xodimlari bilan bir nomerda yashab yurgan.

2016 yilda Zara asoschisi dunyodagi eng badavlat odamlar roʻyhatidagi ikkinchi oʻrinni egallaydi, ammo bu uni tejamkorlikni toʻxtatishga undamadi. Amansio juda koʻp vaqt mobaynida oʻta kamtar tarzda yashab kelgan.
U xotini bilan birga Ispaniya, La-Korunyada tinch va osoyishta bir xonadonda yashagan. U doimo bitta kafega borib, oʻz kompaniyasining kafeteriysida oʻziga tobe xizmatchilari bilan birga ovqatlangan.
Ispaniyalik milliarder juda sodda va kamtarin kiyinib yuradi. Uning tashqi koʻrinishi – oq koʻylak, kulrang shim va koʻk bleyzerdan iboratdir. Ayrimlar uni tejamkor deb boʻlarmikan, axir uning ihtiyorida 45 million dollarga teng shaxsiy samolyoti bor, deyishadi. Shunga qaramay, u juda kam sayohat qiladi, chunki u doimo ish bilan mashgʻul.

Bu shved fuqarosi Yevropadagi eng badavlat odamlardan biri boʻlgan edi. Biroq, Siz u bilan birga samolyotdagi ekonom-klassda yoki IKEA kafesida birga ovqatlanmaguningizga qadar buni tushunmas edingiz.
1960-yillarda yuzaga kelgan isrofgarchilik davrida u xam boʻlgan u dizaynerlar tomonidan yaratilgan kostyumlar kiyib, Proshe avtomobilini haydab yurgan. Ammo, u oʻzining boyligini hisobga olgan holda tezlik bilan juda tejamkor insonga aylanib qolgan edi.
U bir necha yillar oddiygina Volvoda harakatlanib yurdi. Shu bilan birga, u jamoa transportini ham inkor qilmas va koʻpincha avtobusda yurishni yaxshi koʻrar edi. Bu shvedning boyligi 39 milliarddan ortib ketdi, ammo u 40 yil davomida oʻz vatani Shvetsiyada soliq toʻlamay, Shveytsariyada yashadi.
2013 yilda Kamprad Shvetsiyaga qaytdi va kamtarin bir qavatli qishloq uyida umrining oxirgi yillarini yashab oʻtkazdi.

U eng badavlat hind texnologik magnati. 72-yoshli bu odamning boyligi unga bemalol eng qimmatbaho avtomobillarda harakatlanishiga imkon beradi, lekin u aeroportdan uyiga uch gʻildirakli rikshada yetib olishdan hech ham hazar qilmaydi.
Azim doim ekonom-klassda parvoz qiladi, avval isteʼmolda boʻlgan avtomobillarda harakatlanadi, shuningdek,oʻz ishchilariga idoradagi chiroqni oʻchirib yurishlarini ham eslatib turadi.

Bu ayolni Epic Systemga asos solgan tortinchoq dasturchi deb atashadi. Bu dasturiy taʼminotni sotadingan xususiy tibbiy kompaniyadir. Kompaniya 1979 yilda 70000 AQSH dollariga teng sarmoya bilan tashkil etilgan.
Kompaniya tezda muvaffaqiyatga erishdi va oʻz asosichisini milliarderga aylantirdi. Biroq, 74 yoshli Djudi hech qachon oʻzini koʻz-koʻz qilmagan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, oxirgi 15 yil ichida bu ayolda bor-yoʻgʻi 2 ta avtomobil boʻlgan.
U 30 yil eri bilan birga AQSHning Viskonsin shatatidagi Medison shaharchasi yonidagi uychada yashab kelgan. 2015 yilda bu dasturchi ayol oʻz boyligining yarmini xayriya ishlariga sarflashga vaʼda berdi. U quyidagi mazmunda maktub ham yozdi. “Men hech qachon badavlat yashagim yoki milliarderga aylangim kelmasdi. Menga hashamatning keragi yoʻq, men boshqa odamlarning sogʻliqni saqlash, oziqlanish, turar choy va issiqlikka imkoni boʻlishi uchun pul sarflayman.”
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



